Mavzu: Insoniyatning madaniy yuksalishi va falsafiy tafakkur taraqqiyoti. Reja


Download 50.5 Kb.
bet2/7
Sana04.02.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1162683
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu

Muxokama uchun savollar:
1. Qadimgi Xindi-Xitoy mintakasida qaysi ta’limotga asoslangan xolda vedachilik falsafiy yunalishi vujudga keldi?
2. Konfusiylik va Daochilik falsafiy ta’limotlarining qaysi biri ibtidoiy davrni ideallashtiradi? Buning sabablari nimada?
3. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikdan eramizning VI asrigacha Markaziy Osiyoda madaniyat rivoji qanday xolatda tarakkiy etgan?
4.Qadimgi Bobil va Misr falsafiy tafakkuridagi uxshashlik va farkli tomonlari qaysi yunalishlarida kurinadi?


. Markaziy Osiyoda 1X-X11 asrda falsafa taraqqiyotini SHark uygonish davrining ilk boskichi Markaziy Osiyoda ilm fan va madaniti taraqqiyoti bilan uzviy boglik, ilk uygonish davrning aynan 1X-X11 asrlarda ruy berganligini Arablar istelosi natijasida arab yozuvi joriy kilinishi va u orqali qadimgi shark, YUnon falsafasining kirib kelishi va keyinchalik Markaziy Osiyoda muxim ijtimoiy siyosiy va madaniy uzgarishlar ruy berishi ya’ni Markazlashgan turkiy davlatlarning shakllanishi, kuchli feodal davlat somoniylar sulolasining karor topishi, Markaziy Osiyoda nisbatan tinchlikning urnatilishi bilan izoxlanadi. Ilm fan va madaniyat markazi Bogdod, Damashk, Samarkand, Xiva, Buxoro, Gazna singari shaxarlarning savdo sotik va madaniy aloqalari kuchaydi. Bundan tashkari arablar istilosi va markazlarning karor topishi tufayli qadimgi Rim va Gresiya falsafiy merosini urganish va undan keng foydalanish uchun kulay sharoitlar paydo buldi.
Ana shunday ijtimoiy tarixiy sharoitlar yakin va o’rta SHarkda, Markaziy Osiyoda 1X-X11 asrlarda ilmiy, madaniy va falsafiy uygonish uchun zamin xozirladi. Uygonish davrining ilm fan va madaniyat ravnakiga xissa kushgan komusiy olimlaridan biri Muso Al-Xorazmiy bo’lib u 782 yil Xorazmda dunyoga keldi. Bu alloma Al–jabr algebra fanining asoschisi xisoblanadi. Xorazmiy uzining astronomiyaga oid goyalarni «Al-Xorazmiy jadvali» asarida bayon etilgan. Ana shu asarning 1126 yila lotin tilida ugirilgan nusxasi bizgcha etib kelgan. Uning astronomik asari kirish, 37 BO’LIM, 116 bobdan iborat. Ptolomeyning «Geografiya» asaridan ijodiy foydalanib uzining «Geografiya» asarini yozdi. Xorazmiyning arifmetika ilmiga bagishlab, ilgari surgan boshlangich ibtido bir rakami xaqidagi goyani mutloklashtirib undan iloxiy fikrlarni isbotlash uchun foydalaniladi. Xorazmiyning algebra ilmiga doir asarlarini amerikalik olim D.Sarton uzining «Fan tarixiga kirish» asarida Xorazmiyning fan taraqqiyotiga kushgan buyuk xissasini yukori baxolaydi.
Markaziy Osiyo zaminidan etishib chikkan yana bir buyuk komusiy olim va faylasuf Abu Nasr Farobiy bo’lib, u YAkin va o’rta SHark uygonish davri fani va madaniyatining rivojlanishiga katta xissa kushdi. U Aristotelь maktabining sharkdagi davomchisi shark falsafasida amaliy ilmiy falsafasining sistemalashtiruvchisi edi. Farobiy uzining falsafiy asarlari bilan «Al–muallimi assoniy» ya’ni «Ikkinchi muallim», «SHark Arostusi» kabi sharafli nomga ega buldi.
Farobiy olamning tuzilishi to’g’risida «Masalalar moxiyati», «Uzgaruvchan narsalar xaqida» nomli asarida ollox va olam to’g’risidagi karashlari islom illoxiyot falsafasini moxiyatini ajratib beradi. Farobiy erdagi va ostonadagi barcha jismlarni 6 turga ajratadi.
1.Osmon jismlari. 2.Ongsiz xayovonot. 3.Ongli xayvonot inson. 4. usimliklar. 5.Minerallar. 6.Turt unsur – olov, suv, xavo tuprok sunggi turi bo’lib, moddiylikning asosi xisoblanadi.
Farobiyning «Fozil shaxar odamlarning karashlari», «Baxt saodatga erishuv xaqida risola», «Siyosat xaqida», «Fukarolik siyosati», «Davlat arboblarining xikmatlari», «Urush va tinch-totuv yashash xaqida», «Jamiyatni urganish xaqida» singari unlab asarlari jamiyatning vujudga kelishi maksad va vazifalari ideal shaxar–davlat uni boshkarish to’g’risida usullar, insoniylik, insonni baxt soadatga erishuvi omillari masalalarga bagishlangan.
Uning ilgor goyalari keyinchalik Beruniy, Ibn Sino, Baxmalyor, Nizomiy, Ganjaviy, Sa’diy SHeroziy, A.Jomiy, A. Navoiy, Mirzo Bedil, Ikbol, A.Donish singari ulug mutafakkirlari tomonidan yanada rivojlantirildi.
Jaxon fani va madaniyatiga benixoya katta xissa kushgan shark komusiy olimi Beruniy (973 -1048).
Beruniy tabiatshunoslik, falsafa adabiyot, tarix, geografiya, astronomiya singari 150 dan ortik ilmiy asarlar Beruniy kalamiga mansub bo’lib ularning 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 18 tasi adabiyotga kolganlari esa geodeziya va formasevtika mineralogiya, fizika, etnografiya, tarix, falsafaga taaluklidir. Beruniyning 27 ta asari bizgacha etib kelgan.
Beruniy er kurrasining aylanma masofasini aniqlash, erning kuyosh atrofida aylanishi mumkinligi xaqidagi goyani ilgari surdi, geologik uzgarishlarning davriy xarakteri yangi kismga mavjudligini taxminiy olga surish kabi ilmiy goyalar uning Aql zakovatining maxsulidir. Uning ilmiy falsafiy karashlari Xorazmda shakllandi.
Beruniy 27 yoshida «Qadimgi xalklardan kolgan yodgorliklar» asarini yozib tugatdi. Beruniy voqea va xodisalarni taxlil kilishda ularning tub sabalarini tabiatning uzidan izladi. U tabiatni bir borliq deb, tabiat muayyan qonunlarga buysinadigan barcha tabiiy moddiy narsalarni, olamni xam uz ichiga oladi, dedi. Beruniy uzining «Xindiston», «Qadimgi xalklardan kolgan yodgorliklar» asarlarida kuplab muammolarni kuitaradi. SHunday qilib Beruniy uzining ilmiy falsafiy asarlari bilan ijtimoiy falsafiy tafakkurning keyingi ravnakiga xissa kushdi. SHarkda «SHayx ar- rais», «Xujjat ul- xak», «Xakim ul vazif» unvoni bilan, /arbda esa Avisena nomi bilan ma’lum va mashxur bulgan buyuk adib, komusiy olim va faylasuf Abu Ali Xusayn ibn Abdullo ibn Xasan Ibn Ali ibn Sino 980 Buxoroni Afshona kishlogida tugildi.
Ibn Sino buyuk tabiatshunos faylasuf, astronom, matematik xukukshunos, tabib va shoir edi. U uz asarlari bilan jaxon fani va madanityaining yangi bir boskichiga kutarilishiga munosib xissa kushdi va u falsafiy va sosial siyosiy bilimlar soxasida xam boy meros koldirdi. Uning ijtimoiy falsafiy karshalari X asr oxiri va X1 asrning boshlaridagi murakkab sosial siyosiy va madaniy uzgarishlari bilan boglik bo’lib Platon Aristotelь, Farobiy singari komusiy olimlarning asarlarini urganish bilan shakllandi.
U birinchi ilmiy asarini 7yoshida yozib « Ruxiy kuchlar to’g’risida tadkikot asarini yozdi. Ibn Sino «Donishnoma», «Kitob ash–shifo» asarlarida falsafiy tushunchalar ayrimlik, xususiylik, umumiylik to’g’risida kimmatli fikrlarni bildirdi. Insonning vujudga kelishi xaqida fikrlarni tabiy ilmiy bilmlarni, inson va tabiat xayvonot olami to’g’risida, insondan tabiiy extiyojlarini kondirish to’g’risidagi fikrlari e’tirborga loyik.
Ibn Sino insonning ijtimoiy mavjudot ekanligini uning mexnat faoliyati bilangina emas, balki ishlab chikarish usullari bilan dexkonchilik va hunarmandchilik bilan bogladi. Jamiyatning paydo bulishi kishilarning uzaro mulokotiga muxtoj ekanliklari bilan izoxlanadi. Bu jarayonda til va tafakkurning rolini kursatdi. Jamiyat a’zolarini bajaradigan vazifalariga karab uch guruxga buladilar:

  1. Podsholar. 2.Hunarmandlar 3.Xarbiylar.

U kullarni bulinishini istisno etdi. Ulug faylasuf adolat, tenglik, yaxshilik va xamkorlik xukmron bulgan ideal davlat vujudga kelishining tub sabablarini esa avvalo odamlarning uz tabiatidan, ularning mexnati, odob axloki va tarbiyasidan izladi. Ibn Sino asarlarida Afotunning «qonunlar», Aristotelning «Afina», «Siyosat» Farobiyning «Fozillar shaxri axolisining karashlari» singari asarlarida bayon etilgan goyalarga xamoxang karashlar mavjud.
Markaziy Osiyo ilk uygonish davrining yirik namoyondalaridan biri tasavvuf falsafasi va adabiyotning tanikli vakili A.YAssaviy X1 asr oxirida xozirgi Turkistonning Sayram kishlogida tugilib 1166 yili vafot etgan, u etti yoshidan otasi SHayx Ibroximdan etim koladi. Ilk taxsilni YAssaviy mashxur turk mashoyixi Arslonbobodan oldi. Uning vafotidan keyin esa Buxoroga borib, mashxur mutasavvuf YUsuf Xamadoniy kulida tasavvuf buyicha ilm oldi.
Axmad YAssaviyning falsafiy axlokiy karashlari uning «Devoni xikmat» asasrida uz ifodasini topgan bo’lib, bu unga shuxrat keltiradi. Mazkur asar XX asr boshlarida kozon va Toshkentda kup marta nashr etilgan. A. YAssaviy ijodi xam boshka mutafakkirlar singari muayyan ijtimoiy tarixiy muxitda shaklandi. U feodal iste’dod xukm surgan mexnatkash xalk boshiga cheksiz mashakkat va musibat yogdirilgan, bir tomondan boylikka molu dunyoga xirs kuyish avj olgan, ikkinchi tomondan esa ochlik, kashshoklik, shafkatsizlik, imonsizlik kuchaygan ogir va msurakkab sharoitda yashadi va ijod kildi. Ulug mutafakkir zamon nosozliklariga befark karay olmadi. Uning she’rlarida turk xukmdorlari bulgan koraxoniylar bilan koraxitoylar o’rtasidagi konli urushlarning daxshatli okibatlari uz aksini topdi. Mutafakkir shoir mol dunyoga xirs kuyish avj olgan jamiyatdagi shafkatsizlik va ma’naviy parokandaliklarini ayovsiz koralaydi. Adolatsiz zulm va kashshoklik xukm surgan jamiyatda insoniy mexr shafkat va diyonat zavol topishni afsus va nadomat bilan ta’kidlaydi.
Na onada raxm koldi, na otada.
Oga, ini bir biriga majorada.
Musurmonlar da’vo kilur, ichar boda.
Mastlining bilan karindoshdan tondi kuring.

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling