3. Nom tanlash (“Brand –name”) - Har qanday brendga nom kerak. U tanlangan segmentga mos kelishi zarur, aksincha bơlsa, stereotiplarni engish uchun qơshimcha harajatlar qilishga majbur bơlinadi.
4. Brend imidjini yaratish. (“Brand Image”)“Brend qurilishi” bơyicha mutaxassislarning ayrimlari (“Brand Building”) “brend-zina”ning quyidagi bosqichlaridan foydalanishni taklif qiladilar: - ◊ identifikatsiya (u nima?)
- ◊ ahamiyati (u nima uchun?)
- ◊ reaktrsiya (men u haqida nimani ơylayman?)
- ◊ munosabat ( u bilan qanday assotsiatsiyalar boğliq?).
- 5. Vizual gavdalantirish. Atributlar
- Bu bosqichda logotip, qadoqlash, reklama, mahsulotini ishlab chiqishga yơnaltirilgan texnik vazifalar rasmiylashtiriladi, ayrim vaziyatlarda mahsulotning dizayni ham yaratiladi. Yana yangi brend kirib borishi zarur bơlgan savdo makonini ta'riflovchi brif vazifaga ham ehtiyoj seziladi.
Brend hayotining sikllari. - Brendni chiqarish (dastlabki qadamni bosish va ơsish). Bu brend- eng kơp harajat talab qiladigan bosqichdir. U bir nechta davrlarga bơlinadi. Boshlanğich davr uchun asosiy vazifa ơsish sur'atini oshirish yoki qisqa davr ichida maksimal darajadagi sotuvga erishishdan iborat bơladi.
- Sotishni joriy qilish bơyicha texnik vazifalarni hal qilish va infrastrukturani rivojlantirishdan tashqari abl va btl instrumentlarining barcha guruhlari bơyicha markani bozorga olib kirish uchun kompleks reklama kompaniyasi ishlab chiqiladi.
- Mediarejalashtirish (коммуникация, ахборот етказиш) asosiy urğuni auditori yani maksimal darajada qamrab olishga e'tibor qaratadi. Tovar aylanishi har qanday vaziyatda ơsib boradi (“Pivo Pit” 6 oy davomida oborotni 16% ga oshirdi, ammo shu tushunarliki, bu reklamaga emas, balki yangi tovarga bơlgan reaktsiyadir). Ammo bu davrda realizatsiya reklamaga bơlgan harajatlarni qoplashi mumkin emas, ya'ni bu davrda brend hali sof foyda keltirmaydi.
- Massiv reklama kompaniyasi distributiv tarmoqning ơsishi bilan tơliq muvofiqlashtirilishi zarur. Peshtaxtalarda yơq mahsulotni reklama qilish mumkin emas. Shuning uchun brend-menejment, logistika, sotish jarayoni bitta zanjirning halqalari hisoblanadilar.
- Bu davrda brendni chiqarish katta harajatlar bilan boğliq bơladi, ya'ni u uzoq muddatli investitsiyalarni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |