Mavzu: internet vpn reja: vpn haqida


Download 172.34 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi172.34 Kb.
#1057370
  1   2   3
Bog'liq
8-MUSTAQIL ISH KIBERXAVFZILIK

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI KI 21-01 GURUH TALABASI NIMATULLAYEV SHAXBOZ

MAVZU: INTERNET VPN

REJA:

1.VPN HAQIDA

2. VPNNING ISHLASHI

3. VPNNING FOYDASI VA ZARARI

Xo‘sh, VPN nima o‘zi u?

O‘tkir syujetli xorijiy filmlarda ko‘p guvoh bo‘lganingiz bir sahnani ko‘z oldingizga keltiring: jinoyatchi sport mashinasida katta trassa bo‘ylab qochyapti, uni politsiya vertolyoti ta’qib etib kelmoqda. Avtomobil tunnelga kirib ketadi, undan chiqish joyi esa bir nechta. Vertolyotdagilar jinoyatchining aynan qaysi chiqish joyidan chiqib ketishini bila olishmaydi, natijada u ta’qibdan qochib qoladi.

VPN ham xuddi shu kabi, internetdagi bir necha yo‘llarni o‘zaro tutashtiruvchi tunneldir. Unga kirib ketgan avtomobillarning qayerda paydo bo‘lib qolishini tashqaridan hech kim bilolmaydi. Tunelda nimalar bo‘layotganidan tashqaridagilar bexabar qolishadi.

Ko‘pincha VPN’ni tavsiya etishlariga sabab shuki, unda geografik belgisiga ko‘ra cheklangan kontentga kirish, umuman, internetdan foydalanishda xavfsizlikni oshirish mumkin.

Lekin internetga VPN orqali kirish ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishchalik xavfli bo‘lishi mumkin.

VPN qanday ishlaydi?

Uyingizda Wi-Fi-router bo‘lsa kerak, a? Unga ulangan qurilmalar hatto internetsiz ham o‘zaro ma’lumot almasha oladilar. Demak, uyingizda o‘zingizning xususiy tarmog‘ingiz bor ekan, ammo unga ulanish uchun router signali yetadigan yerda bo‘lishingiz talab etiladi.

VPN (Virtual Private Network) – bu virtual xususiy tarmoq. U internet ustida ishlaydi, shuning uchun unga istalgan joydan ulanish mumkin.

Masalan, siz ishlaydigan kompaniya masofadan turib ishlaydigan xodimlari uchun virtual xususiy tarmoqdan foydalanishi mumkin. VPN yordamida ular ishchi tarmoqqa ulanadilar. Bunda ularning kompyuter, smartfon yoki planshetlari virtual tarzda ofisga ko‘chiriladi va tarmoqqa ichkaridan ulanadi. Virtual xususiy tarmoqqa ulanish uchun VPN-server manzilini, login va parolni bilish kerak bo‘ladi.


Download 172.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling