Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Iqtisodiyotda lizingning asosiy funksiyalari va afzalliklari


Download 1.8 Mb.
bet64/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

3. Iqtisodiyotda lizingning asosiy funksiyalari va afzalliklari
Iqtisodiy nuqtai nazardan lizingning uchta muhim funksiyasini ajratib ko‘rsatish mumkin (4-chizma).


4-chizma. Lizingning asosiy funksiyalari.

Moliyaviy funksiya tovar ishlab chiqaruvchini zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarining to‘liq qiymatini bir vaqtning o‘zida to‘lashdan ozod qilish va unga uzoq muddatli kredit berishda namoyon bo‘ladi.


Ishlab chiqarish funksiyasi ishlab chiqarishdagi muammolarni mulkdan vaqtinchalik foydalanish hisobiga hal qilishdan iborat bo‘lib, u yangi texnika ishlab chiqarish va moddiy-texnika ta’minotining samarali usuli hisoblanadi hamda texnik xizmat ko‘rsatish, xom-ashyo va ishchi kuchi bilan ta’minlash kabi turli xil servis xizmatlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Sotish funksiyasi o‘z ichiga iste’molchilar doirasi, ya’ni sotuv bozorlarini egallash, shuningdek, lizing sohasiga u yoki bu mulkni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlarni jalb qilishni kiritadi.
Xorijiy mamlakatlar tajribasi va milliy amaliyoti lizingning yana bir funksiyasini ko‘rsatadi. Bu amortizatsiya va soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘lib, quyidagi xususiyatlarga ega hisoblanadi:

  • Lizing mulki tomonlarning kelishuvi bo‘yicha lizing beruvchi yoki lizing oluvchining balansida hisobga olinadi;

  • Lizing to‘lovi lizing oluvchi ishlab chiqarayotgan mahsulot tannarxiga kiritiladi, bu esa soliqqa tortiluvchi foyda miqdorini kamaytiradi;

  • Jadal amortizatsiya soliqqa tortiluvchi foyda miqdorini kamaytiradi va moddiy-texnika bazasini yangilashni tezlashtiradi.

Shu tariqa, ushbu funksiya eng muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki u lizing beruvchiga ham, lizing oluvchiga ham imtiyozlar beradi. Xar bir ishtirokchi uchun lizing quyidagi afzalliklarni beradi:
Lizing oluvchi uchun: texnika ma’naviy eskirayotgan sharoitlarda yangi, ilg‘or texnikalarga ega bo‘lish uchun yo‘l ochilishi: mulkni sotib olish va moliyalashtirish masalalarini bir vaqtning o‘zida hal qilish; sotib olinayotgan mulk qiymatini bir vaqtning o‘zida to‘lashdan ozod etish; lizing shartnomasi amal qilayotgan muddatga mulk solig‘idan ozod qilinish; soliqqa tortiluvchi foyda miqdorini lizing to‘lovlari summasiga kamaytiradi; asbob-uskunalarning ma’naviy eskirish tavakkalchiligining pasayishi; to‘lov tizimining moslashuvchanligi; barcha lizing to‘lovlari amalga oshirilgach asbob-uskunalarga to‘liq egalik qilish.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling