Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja
Download 1.8 Mb.
|
1. MA\'RUZA (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizing mulkini sotuvchi uchun
- Davlat uchun
Lizing beruvchi uchun: ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish va eski mijozlarni saqlab qolish; yangi mijozlarni jalb qilish; o‘zlarining bekor turgan mablag‘laridan samarali foydalanish, shuningdek qo‘shimcha foyda olish; mijozning to‘lov layoqati yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlarning kamayishi; davlat manfaatlariga rioya qilinishi.
Lizing mulkini sotuvchi uchun: mahsulotni sotish bozorini kengaytirish; asbob-uskunalar uchun darhol kafolatlangan to‘lovni olish; asbob-uskunalarning kamchilik va nuqsonlarini aniqlash maqsadida aloqa o‘rnatish; mahsulotni yangilash sur’atlarini tezlashtirish; hisob-kitoblarning qulayligi; yordamchi asbob-uskunalarga talabning mavjudligi; vaqtincha foydalanilmayotgan texnikalardan daromad olish. Davlat uchun: investitsiya qo‘yilmalaridan maqsadli foydalanish kafolati; investitsiya siyosatini faollik bilan amalga oshirish; mablag‘larni asosiy fondlarga an’anaviy moliyalashtirish kanallariga qo‘shimcha ravishda kiritish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishini rag‘batlantirish; ishlab chiqarishning rivojlanishiga qo‘shimcha ma’muriy organlar yaratmasdan, faqat iqtisodiy usullar yordamida investitsiyalar kiritish. Shu tariqa, lizing mulkni ishlab chiqaruvchi uchun ham, uni iste’mol qiluvchi uchun ham, investor uchun ham qiziqish uyg‘otadi. Iste’molchi uchun bu tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan mulkni moliyalashtirish vositasi bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi uchun sotuv hajmini kengaytirishga imkon beruvchi qo‘shimcha sotish kanali hisoblanadi. Investor uchun esa lizing o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish imkonini beruvchi kapital kiritishning foydali usulidir. Lizing to‘g‘risidagi fikrlarning obyektiv bo‘lishi uchun unga xos bo‘lgan bir qator kamchiliklarni ham sanab o‘tish lozim bo‘ladi:1 inflyatsiya tufayli lizing mulkni sotib olish uchun olinuvchi qarzga qaraganda qimmatga tushishi mumkin; fan-texnika taraqqiyoti natijasida foydalanilayotgan mulk eskiradi, lizing to‘lovlari esa shartnoma muddati tugaguncha amalga oshiriladi; lizing oluvchi bankrotga uchragan taqdirda lizing beruvchi shartnomada ko‘rsatilgan badallarning qolgan qismi to‘lanishini talab qilishga haqli emas; lizing muddati tugagandan so‘ng lizing oluvchi eskirgan asbob-uskunalarga ega bo‘ladi. Shu bilan bir paytda lizingda ijobiy xislatlar salbiy xislatlarga qaraganda ancha ko‘p bo‘lib, aksari mamlakatlarda lizingning rivojlanish tarixi jamiyatning xo‘jalik hayotida uning katta ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling