Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Download 1.8 Mb.
bet69/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

Dinamik usullar. Bu usullarda to‘lovlar va tushumlarning vaqt bilan bog‘liqligi hisobga olinadi.

  1. O‘sgan qiymat usuli. Bu usul o‘z kapitalidan muqobil foydalanishni nazarda tutadi.

  2. Diskontlash usuli. Bu usul hozirgi paytgacha o‘tkazilgan barcha to‘lovlarni oldindan belgilangan foiz stavkasi bilan muvofiqlikda olib qaraydi va tushumlarning real miqdorini aks ettiradi.

  3. Annuitet usuli. Bu usul muayyan yillar davomida bir xil summadagi to‘lovlar oqimini o‘rganadi.

  4. Ichki foiz stavkasi usuli (ichki daromadlilik me`yori yoki ichki foyda me`yori yoxud ichki rentabellik me`yori). iqtisodiy adabiyotlarda u yoki bu atamalar uchraydi.

  5. Xarajatlarning qoplanishi dinamik usuli statistik usuldan sof pul oqimlarini diskoshlashni nazarda tutishi bilan farq qiladi.

O‘zbekiston sharoitida investitsiya resurslari qiymatini baholash paytidagi hisob-kitoblarda bank foiz stavkasi, qayta moliyalash stavkasi, valyuta kurslari, soliq imtiyozlari, shuningdek, jadallashtirilgan amortizatsiyadan foydalanishni nazarda tutish lozim.

3. Kapitalning ayrim elementlari qiymati


Kapital qiymatini aniqlaganda marjinal daromad va marjinal xarajatlarni taqqoslash zarur. Kapitalning marjinal qiymati deganda investitsiyadan keladigan daromadning umumiy yig‘indisidagi o‘zgarishlarni (yangi investitsiyalarni hisobga olgan holda) investitsiyalar uchun zarur kapital yig‘indisi nisbatiga aytiladi.
Shunday kilib, investitsiya resurslari qiymati kapital elementlari narxlarining o‘rtacha miqdori sifatida tashkil topadi.
Investitsiyalarni amalga oshirayotgan korxona qarz vositalari qiymati yangi jalb etilgan kreditlar bo‘yicha effektiv foiz stavkasiga teng bo‘ladi.
Imtiyozli aksiyalar yordamida tashkil topayotgan kapital qiymati bitta imtiyozli aksiyadan keladigan yillik dividendni bitta imtiyozli aksiya narxiga nisbatiga teng bo‘ladi.
Sof foyda bo‘yicha daromadlilik modelida soliq to‘lashdan keyin koladigan korxona foydasini dividendlar sifatida taqsimlanadigan foyda asos kilib olinadi.
Mavjud kapital qiymati. Investorlar uchun lozim bo‘ladigan daromadlilik miqdorini aniqlagandan so‘ng korxona o‘zi va investorlar foydasini ta`minlay oladigan daromadlilik darajasini baholashi lozim.
Yangi jalb etilayotgan kapital qiymati. Agar korxona uchun shaxsiy kapital etarli bo‘lmasa, u tashqi manbalardan o‘zining qimmatli qog‘ozlari emissiyasi hisobiga kapitalni jalb qilishi mumkin. Faqat shuni nazarda tutish kerakki, emissiya loyihasining daromadlilik darajasi mavjud kapitalga qaraganda ancha yuqori bo‘lishi kerak.
Investitsiya loyihasini ishlab chiqishda tashqi yoki ichki moliya manbalarining qaysi biridan foydalanishi korxona uchun ratsional bo‘lishini hisobga olish lozim. Shaxsiy kapitalni o‘stirish manbalari sifatida aksiyalar, qarz majburiyatlari, konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar bo‘lishi mumkin. Tashqi qarz kapitalni jalb etish manbalaridan foydalanilganda aksioner kapitalni kengaytirish zayomlar, obligatsiyalarni chiqarishi mumkin.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling