Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


-Mavzu: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash


Download 1.8 Mb.
bet66/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

13-Mavzu: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash.

Reja:


  1. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va investitsiya resurslari qiymatini aniqlash
  2. Kapital qiymati tushunchasi


  3. Kapitalning ayrim elementlari qiymati



1. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va investitsiya resurslari qiymatini aniqlash.


Loyiha – bu muayyan maqsadni ko‘zlagan, korxona faoliyatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi maxsus tarzda rasmiylashtirilgan taklifdir.
Investitsiyaviy loyiha – cheklangan vaqt va cheklangan resurslar bilan muayyan maqsadga erishish uchun yo‘naltirilgan, o‘zaro bog‘liq va muvofiqlashitirilgan tashkiliy, texnik va investitsiyaviy tadbirlar majmuasidir.
Loyihalarni, odatda, taktik va strategik loyihalarga ajratadilar. Strategik loyihalarga mulkchilik shaklining o‘zgarishini nazarda tutadigan loyihalar kiradi. Taktik loyihalarga esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini o‘zgarishi, mahsulot sifatini oshishi, uskunalarni zamonaviylashtirish bilan bog‘liq loyihalar kiradi.
Mazkur loyihaga nisbatan investitsiyaviy faoliyatni tartibga solish jarayoni loyiha davri deb atalmish shaklda rasmiylashtiriladi, u quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

  1. Loyihani ifodalash (ayrim hollarda «identifikatsiyalash» atamasi qo‘llaniladi).

  2. Loyihani ishlab chiqish (tayyorlash).

  3. Loyiha ekspertizasi. 4.Loyihani amalga oshirish. 5.Natijalarni baholash.

Investitsiyaviy loyihalar turlari:


  1. Mavjud tadbirkorlik faoliyati miqyoslarini o‘zgartirmasdan, jismoniy eskirgan uskunalarni almashtirish.

  2. Joriy ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida uskunalarni almashtirish (ma'naviy eskirish).

  3. Mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va/yoki xizmat ko‘rsatish bozorini kengaytirish.

  4. Yangi mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida korxonani kengaytirish.

  5. Ekologik yuklamaga ega bo‘lgan loyihalar.

  6. Qaror qabul qilish mas'uliyati borasida muhim bo‘lgan boshqa turdagi loyihalar. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish turli usullar bilan amalga oshiriladi:

    • aksiyadorlik investitsiyalash;

    • byudjetdan investitsiyalash;

    • lizing;

    • qarz majburiyatlari hisobidan banklar kreditlari, yuridik hamda jismoniy shaxslar majburiyatlari evaziga moliyalashtirish;

    • ipoteka (ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish) asosida olib boriladi.


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling