Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Download 1.8 Mb.
bet67/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

Monitoring loyiha holatini kuzatish, uni baholash, loyihaning istiqbolini belgilashni yoki loyihaning amalga oshirilishini kuzatib borishni nazarda tutadi.
Unga quyidagilar kiradi:

    • moliyalashtirilayotgan loyihani amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi hisobotlar tahlili;

    • ishning ahvolini bevosita loyiha amalga oshirilayotgan joyda tekshirish;

    • maqsadli taftishlar, auditorlik tekshiruvlari;

    • loyihaning tugallanganligi to‘g‘risida hisobot tuzish (unda xarajatlarning qoplanishi, mahsulotni sotish chiqimlarini baholash ham nazarda tutiladi).

Investitsiya loyihalarini baholash, tanlash va amalga oshirishda asosiy e`tibor investitsiya imkoniyatilarining tahliliga, jalb etilayotgan resurslar qiymatini baholashga hamda noaniqlik tahliliga, risklarni pasaytirish usullari, ularni investitsiya qatnashchilari o‘rtasida taqsimlanishiga qaratish zarur bo‘ladi.
Investitsiya loyihalari samaradorligini tahlil qilish va baholashda pul oqimlarini diskontlash usuli bilan amalga oshirish talab etiladi. Investitsiya loyihalarining samaradorligini baholashda sof diskontlangan daromad, daromaddorlik indeksi, ichki daromaddorlik me`yori, xarajatlarning qoplanish muddati ko‘rsatkichlaridan foydalanish talab etiladi.

2. Kapital qiymati tushunchasi


Milliy iqtisodiyot darajasida ham, iqtisodiy sub`ektlar darajasida ham yangi investitsiyalarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini (pul kapitalini) topish zaruriyati paydo bo‘ladi. Bu pul mablag‘lari investitsiyalash to‘g‘risida qaror qabul qilishi bilan investitsiya kapitali shakliga ega bo‘ladi.
Investitsiya kapitalining pul kapitalidan tub farqi shundan iboratki, loyiha tahlili asosida biron bir jarayonga, muayyan muddatga, muayyan maqsadda investitsiya kapitalini bog‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Investitsiya kapitalini safarbar etilishida va investitsiya loyihasini amalga oshirish davomida muqarar ravishda aniq va noaniq (oldindan payqashning iloji bo‘lmagan) risklar yuzaga keladi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling