Мавзу: ипотека фондлари: жахон амалиёти ва уни узбекистон шароитида кулланиши
Tijorat banklarida ipoteka kreditini berish holati va uni monitoringi
Download 246.5 Kb.
|
Ипотека кредити. 25.02.19.
3. Tijorat banklarida ipoteka kreditini berish holati va uni monitoringi
Bugungi kunda ipoteka kreditlari «Ipoteka bank», TIF Milliy banki, «Qishloq qurilish bank», «Asaka bank», «Xalq banki», «O’zsanoatqurilishbank» kabi ko’plab banklar tomonidan berilmoqda. Aytish kerakki, har bir bankning ipoteka krediti bo’yicha bir nechta dasturlari mavjud bo’lib, talabgor ularning o’ziga mosini tanlab olishi mumkin. Banklar tomonidan taklif etilayotgan ipoteka krediti muddatlari 10 yildan 15 yilgacha bo’lgan davrni qamrab oladi. Imtiyozli davrlar 12 oydan 36 oygacha bo’lgan muddatni tashkil etadi. Boshlang’ich to’lov 25 foizdan kam bo’lmasligi kerak. Bundan tashqari, dastlabki to’lovning miqdoriga qarab foiz stavkalari o’zgarishi mumkin. Ya’ni, boshlang’ich to’lov qancha ko’p miqdorda amalga oshirilsa, foiz miqdori shuncha kam bo’ladi. Kredit miqdori esa EKIHning 2500-3000 baravarigacha bo’lgan summani tashkil etadi. Bundan tashqari, 2017–2020 yillarda “Arzon uy-joylar” dasturi bo’yicha yurtimizda 50 mingga yaqin ko’p xonadonli uylar qurilishi rejalashtirilgan. Mazkur dastur bo’yicha boshlang’ich to’lov miqdori 12,5%gacha tushishi kutilmoqda. Foizlar Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi darajasida saqlanib qoladi (hozirda – 16 %). Ma’lumki, iste’mol va ipoteka kreditlarining berilishi aholiga respublikada ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Ipoteka kreditlari esa yosh oilalar va boshqa toifadagi aholining uy-joy bilan ta’minlanishi darajasini oshiradi. Bularning barchasi yosh oilalarni moddiy va ruhiy jihatdan qo’llash, barqaror daromad manbalarini shakllantirish va ularning turmush va maishiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan. Yosh oilalar uchun mo’ljallangan kreditlar nafaqat ularning kamroq miqdorda foizlar to’lashini, balki belgilangan imtiyozli davrda o’zlarining moddiy ahvollarining o’nglab olishlari uchun ham zamin yaratadi. Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasida ipotekali kreditlash amaliyotini takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratilganligi tijorat banklari tomonidan berilayotgan ipoteka kreditlari hajmini so’nggi yillarda sezilarli darajada o’sishiga sabab bo’lmoqda. Bu esa o’z navbatida aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash hamda turmush farovonligini oshirishda ipoteka kreditlarining ahamiyati o’ziga xos o’rin tutmoqda. Download 246.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling