Мавзу: ипотека фондлари: жахон амалиёти ва уни узбекистон шароитида кулланиши
-jadval Tijorat banklari kredit qo’yilmalarining tarmoqlar bo’yicha
Download 246.5 Kb.
|
Ипотека кредити. 25.02.19.
3-jadval
Tijorat banklari kredit qo’yilmalarining tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishi13.
Tijorat banklari kredit qo’yilmalari etarli darajada diversifikatsiyalangan bo’lib, respublika bank tizimida iqtisodiyot tarmoqlari faoliyati bilan bog’liq xatarlar mo’’tadil darajada shakllangan. Xususan, 2018 yilning 1 yanvar holatiga tijorat banklari kredit qo’yilmalarining 40,9 foizi sanoat, 14,7 foizi transport va kommunikatsiya sohasi, 12,3 foizi jismoniy shaxslar, 4,7 foizi savdo va umumiy xizmat ko’rsatish sohasi, 4,3 foizi qishloq xo’jaligi sohasiga hamda 3,1 foizi qurilish sohasi hissasiga to’g’ri keladi14. Tijorat banklari kredit qo’yilmalari hajmi hisobot yili davomida 58 trln. so’mga yoki 110 foizga (2016 yilda – 32 foiz) o’sib, 2018 yilning 1 yanvar holatiga 110,6 trln. so’mga etdi hamda kredit qo’yilmalarining YaIMdagi ulushi 44,4 foizgacha (2016 yilda – 26,4 foiz) oshdi. Kredit qo’yilmalarining (netto) jami aktivlar tarkibidagi ulushi esa 61,9 foizdan 65,1 foizgacha oshdi. Aholining turar-joyga bo’lgan o’sib borayotgan talabi mavjud bo’lgan sharoitlarda va uning yashash sharoitlarining yaxshilanishi, fuqarolarning moliyaviy bozordan ularni koniktiradigan foizlar asosida uy-joy sotib olish uchun uzoq muddatli pul mablag’larini qarz olishga bo’lgan talabini oshiradi. Ushbu talabni qoniqtirishga banklarning ipotekaviy kreditlash tizimi imkon beradi. Ipoteka kreditini rivojlantirish ikki tomonlama tamoyillar asosida, bir tomondan maqsadli tizim sifatida, ikkinchi tomondan bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi sifatida quyidagi asosiy tamoyillar asosiga qurilishi lozim: Respublikamizdagi ipoteka kreditlashni tashkil qilishda halqaro tajribani chuqur o’rgangan holda amalga oshirish lozim. U O’zbekistonning makroiqtisodiy shart-sharoitlar va qonunchilik bazasiga moslashtirilishi, hozirgacha saqlanib qolgan bank oldidagi uzoq muddatli qarzdorlikdan xavfsirash xususiyatiga ega O’zbekiston aholisining psihologik aspektlarini hisobga olishi lozim. Ipoteka kreditini Respublikamizning barcha hududlarida amalga oshirish imkoniyati bo’lishi zarur. U yoki bu hududlardagi ipoteka krediti rivojlanishi usha hudud ma’muriy boshqaruvining ipoteka kreditini rivojlantirishiga hohishi bor yoki yo’qligi kabi sub’ektiv omillarga binoan emas, balki o’sha hududdagi ob’ektiv iqtisodiy holat, uy-joy va uning taklifiga bo’lgan to’lovga qobiliyatli talabga binoan aniqlashtirilishi lozim. Yaratilgan imtiyozlar va qulayliklar bank-mijoz o’rtasida turlicha taqsimlangan. Yana bir narsani yoddan chiqarmaslik kerakki, har qanday moliya-kredit tashkiloti singari bank ham tijorat tashkilotidir. U birinchi navbatda turli maqsadlarga yo’naltirilgan kreditlar orqali daromad olishni ko’zlaydi. Shuni ta’kidlash zarurki ayni vaqtda Respublikamiz xukumati tomonidan ipoteka krediti tizimiga aholining tura-joy binolariga bo’lgan talabini kondirish, hududlarda qurilish ishlarini jadallashtirishning muhim vositasi sifatida karalmokda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi PF-5106-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko’rsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish yo’li bilan ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 sentyabrda 753-sonli «Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bilan ta’minlashda qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori imzolandi. Qarorga muvofiq 2018—2021 yillarda mamlakat hududlari va yillar bo’yicha uy-joylar qurilishi parametrlari ilova sifatida ishlab chiqilgan. Unda respublika hudjudlarida keyingi 4 yil mobaynida jami 8596 uy-joylar, jumladan, qishloq joylarda 2632 ta uy-joy va shahar hududlarida ko’p qavtli uylar asosida 5964 ta kvartira qurish hamda ishga tushirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, bugungi kunda www.yoshlaruyi.uz degan sayt va shu nomda Telegramda kanal ham ishga tushdi. Mazkur sayt orqali 2018 yil 1 yanvardan respublika komissiyasi tomonidan hisobga qo’yilgan yosh oilalarning navbatini onlayn kuzatib borish imkoni bo’ldi. Bundan asosiy maqsad shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash. 100-o’rinda turgan yosh oila 15-o’ringa chiqib qolmasligining oldini olish. Buni yoshlarning o’zlari onlayn kuzatib borishlari mumkin. Ushbu elektron tizim yoshlar ittifoqi tomonidan 2018 yil yanvaridan ishga tushirildi. Qolaversa, “Yoshlar” uylaridan birini sotib olish uchun hujjatlarini O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) Kengashiga taqdim etgan nomzodlar hududiy hamda Respublika komissiyalari ishini onlayn kuzatib borishning ham elektron tizimi test rejimida ishga tushirilmoqda. Mazkur tizim orqali yosh oilalar hududiy va Respublika komissiyalari xulosasi bilan shaxsan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Bu o’z navbatida shaffoflikni ta’minlash bilan bir qatorda, munosib yosh oilalarning ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishiga zamin yaratadi.
Download 246.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling