Mavzu: Iqtidor va mehnat Reja: Qadimgi ilm maskanlari


Download 19.36 Kb.
bet2/4
Sana10.02.2023
Hajmi19.36 Kb.
#1184273
1   2   3   4
Bog'liq
28-mavzu Iqtidor va mehnat

II.Bog’dod akademiyasi.
VIII asr oxiri IX asr boshida xalifalikning markazi Bag`dodda ilm-fan rivojlandi, qadimgi yunon olimlari Platon (Aflotun), Aristotel (Arastu), Sokrat (Suqrot), Gippokrat (Buqrot), Galen (Jolinus), Yevklid (Iqlidus) kabilarning asarlari arab tiliga tarjima qilindi. Xristian va islom olimlari o`rtasida hamkorlik ishlari amalga oshirildi. Xalifa Xorun ar-Rashid o`limidan (813 yil), so`ng, uning o`g`li al-Ma'mun xalifa etib tayinlandi. U ilm-fan, madaniyatga qiziqqan odam bo`lib, unga qadar xalifalikning Markaziy Osiyo va Xuroson bo`yicha vakili sifatida Marvda (xarobalari hozirgi Mari yaqinida) hokimlik qilar edi. Otasining o`limidan so`ng xalifa sifatida Bag`dodga ko`chgach (819 y.), u yerda ilmiy Markaz tashkil etib, unga barcha musulmon o`lkalari, jumladan, Movarounnahrdan ham olimu fozillarni to`pladi. Bu markazda Movarounnahr, Xurosondan chiqqan Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Marvaziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar faoliyat ko`rsatib. Bag`dod ilmu madaniyatini, arab ilmini olamga mashhur qilishda ulkan hissa qo`shdilar. Bu ilmiy markaz tarixda “Bayt ul-hikma” (“Donishmandlar uyi”) nomi bilan mashhurdir.
Markaziy Osiyoda ilm-fan, madaniyat rivojida X asr oxiri XI asr boshida faoliyat ko`rsatgan Xorazmdagi shoh Ma'mun ibn Ma'mun Abul Abbos boshchiligidagi ilmiy jamoa – akademiya muhim rol o`ynadi.
Ma'mun I ning dahshatli, qonli harbiy voqealar, uzoq-uzoq mamlakatlarga qilingan yurishlar va murakkab siyosiy fitnalar bilan to`lib-toshgan podsholik davri tugagach, bir oz vaqt uning to`ng`ich o`g`li hukmronlik qiladi, shundan keyin Xorazm tarixida yorqin davr – Ma'mun I ning o`g`illaridan bo`lmish Ma'mun ibn Ma'munning davri boshlanadi.
“Bayt ul-hikma”dagi ilm-fan va ilmiy yo`nalishlar.
“Bayt ul-hikma”da asosan riyoziyot, tibbiyot, ilmi-nujum, jo`g`rofiya, astrologiya, handasa va shunga o`xshash boshqa fanlar o`rgatilgan. Olimlardan Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Javhariy, Sobit ibn Qurra, Abu Abdulla Muhammad ibn Yusuf Xorazmiy, al-Xo`jandiy, as-Sijiziy va boshqa olimlar ishlagan.

Download 19.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling