Mavzu: Iqtidor va mehnat Reja: Qadimgi ilm maskanlari
O’tilgan mavzuni takrorlovchi topshiriq
Download 19.36 Kb.
|
28-mavzu Iqtidor va mehnat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Har bir bolada o`ziga xos iqtidor bor.
O’tilgan mavzuni takrorlovchi topshiriq:
Parchani o‘qing, undagi badiiy tasvirga xizmat qilgan ma’nolarni aniqlang. Ifodalangan g‘oya atrofida fikrlashing. Savollarga Nurmomo o‘zlari javob beradilar: – O‘qrayib, bo‘zrayib, g‘o‘dayib, gerdayib, kekkayib... O‘h-ho‘, tilimiz qan chalik boy! Bitta tushunchada qancha ifoda! Ha, chiroqlarim, bu so‘zlar ila atalishdan uzoqroq yuring, takabbur bo‘lmang! Takabburlik – johillikdir! Birov ila uchrashganingizda o‘ng qo‘lingizni ko‘ksingizga qo‘yib: «Assalomu alaykum!» deng. Sizdan oldin salom bersalar, «Vaalaykum assalom!» deya javob qaytaring. Chin insonlik yo‘lidan toymang! Buni o‘shal siz ko‘rib kelgan to‘tiqush ham yaxshi bilur, shunga amal qilur. Shul boiskim, to‘tiqush inson singari burro til, nozik dil paydo qildi. Ha, biz-u sizni oshiq-u shaydo qildi. Shul sababkim, ul dildan sayraydir, uyimiz to‘rida turgan qutlug‘ taxtiravonda yayraydir. Qo‘shaloq tug‘ilgan bu ikki egizak so‘zda – «Assalomu alaykum» birla «Vaalaykum assalom»da yetti olamning kaliti, mehri-yu sehri bor. Aytsangiz, tilsimlar ochilaverar. (Y. Muqimov) III. Har bir bolada o`ziga xos iqtidor bor. Bu iqtidorni ro`yobga chiqarish va kashf etish sirlari nimada ekanligini Buxoro viloyati qorako’l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar maktab-internati direktori, O`zbekiston Respublikasi Xalq o`qituvchisi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Тo`xtamurod Jumayevga murojaat qildik: O`tgan asrning 80-yillarida Boltiqbo`yi respublikalariga sayohatim ko`pdan orzu qilgan maqsadlarimga turtki bo`ldi, — deya hikoyasini uzoqdan boshladi Тo`xtamurod aka, — o`sha paytlarda maktabga tabaqalashtirib o`qitishni ish faoliyatimda tadbiq etib, bir necha markaziy jurnallarda o`tkaziladigan matematika fan tanlovlarida o`quvchilarim qatnashishlari, g`oliblikni qo`lga kiritganliklari iqtidorlilarni tabaqalashtirib o`qitish samara berishiga ishonch tug`dirdi. Bu g`oyani amalga oshirish uchun ancha izlandim. Qadim Buxoro, ayniqsa, Qorako`l vohasidan aniq fanlar sohasida ko`pgina olimlar yetishib chiqqanligi fikrimning isbotidir. Dastlab maktab-internatni ochish uchun o`zim dars berayotgan sinfda matematika fanini chuqurlashtirib o`ta boshladim. Buning ijobiy samarasi — o`quvchilarim “Yosh kuch” jurnalida berilayotgan “Matematika” olimpiadasida sovrinli o`rinlarni egalladi. Demak, astoydil harakat qilinsa, bunday iqtidorli o`quvchilarni bir joyga yig`sa, ilm-fan taraqqiyotga olib kelishini vujudim bilan his qildim. Juda ko`p qiyinchiliklar evaziga 1990-yilda shu maktab-internatni ochishga muvaffaq bo’ldim. Maktab-internatga o`quvchilar qabul qilishda ancha muammolarga duch keldik. Shunga qaramay, maktab-internatga suhbat asosida 8-sinfga 20 nafar, 9-sinfga 40 nafar o`quvchi qabul qildik. 1993-yilda maktab-internatimizning birinchi qaldirg`ochlari parvozi muvaffaqiyatli bo`ldi. 40 nafar bitiruvchilarimizdan 38 nafari oliy o`quv yurtlari talabalari degan nomga musharraf bo`ldilar. Shundan keyin ota-onalarning bizga bo`lgan ishonchi yanada orta boshladi. Respublikamizning deyarli barcha viloyatlaridan o`quvchilarimiz bor. Mana, hozirgi kunga kelib shogirdlarim men orzu qilgan niyatlarni amalga oshirmoqdalar. Ilm-fan va uning taraqqiyoti aslo chegara bilmaydi. Uning sarhadi cheksiz, bu sarhadlarni egallash uchun esa tinimsiz izlanish, ijod qilish, o`qish lozim. ( “Gulxan” jurnali) Download 19.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling