Mavzu: Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va turlari Mundarija Asosiy qism Kirish
Download 66.68 Kb.
|
Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomoddiy xizmatlarni ishlab chiqarish Nomoddiy ishlab chiqarish
- Ishlab chiqarishning asosiy omillari, birikish usullari va iqtisodiy o’sish
2.(jadval) Nomoddiy ishlab chiqarish
3.(jadval) Ijtimoiy ishlab chiqarishning tuzilishi
Ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz bo‘lishi kerak. Uning uzluksuzligini takror ishlab chiqarish jarayoni ta'minlab beradi. Takror ishlab chiqarish tabiatan ikki xil bo‘ladi: oddiy va kengaytirilgan. Oddiy takror ishlab chiqarishdan yil sayin yalpi ishlab chiqarish xajmi o‘zgarmaydi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda yil sayin yalpi milliy maxsulot xajmi ortib boradi. Jamiyat taraaqqiyoti uchun kengaytirilgan takror ishlab chiqarish muxim axamiyatga egadir. 2. Ishlab chiqarishning asosiy omillari, birikish usullari va iqtisodiy o’sish Jamiyat faoliyatining o‘rta muxim jixati bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jaryonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, maxsulotlardan va xizmatlardan iborat xayotiy ne'matlar yaratiladi. Tabiat inomlari va kuchlarini inson extiyojlarini qondirish uchun moslashtirishdan iborat iqtisodiy jarayon-ishlab chiqarish deb ataladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash uchun ishlab chiqarish omillariga (resurslariga) ega bo‘lish zarur. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat'iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishning yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mexnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir, lekin ishchi kuchi insonning o‘zi xam ya'ni , uning mexnati xam emas, balki qobiliyatidan iboratdir. Mexnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mex'nat predmetlariga ta'sir qiladigan vositalarga aytiladi. (mashinalar, stanoklar, tarktorlar, uskunalar va b.) Mexnat predmetlari esa bevosita mexnat ta'sir qiladigan, ya'ni maxsulot tayyorlanadigan narsalardir.(yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar). Mexnat predmetlari tabiatda tayyor xolda uchrashi mumkin, ya'ni oldingi davrdagi mexnat maxsuloti ya'ni xomashyo tarzida bo‘lishi mumkin. Mexnat qurollari va mexnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mexnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi. Shunning uchun xam ishlab chiqarish vositalari xamma ijtimoiy iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining xamma bosqichlari uchun xosdir. Xozirgi fan texnika taraqqiyoti davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mexnat predmetlarining axamiyati ortib bormoqda. Materiallarning tabiatda uchramaydigan yangi turlari yaratilmoqda. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqiqyotini xamma bosqichlari uchun umumiy bo‘lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta'rif berishadi va ularni turlicha tushuntirishadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani tarixida ishlab chiqarish omillari turlicha talqin etilib kelindi. Fransuz iqtisodchisi J.B.Sey ishlab chiqarishning 3 omili nazariyasini asoslab ularga yer , kapital va mexnatni kiritgan. Ularning o‘zaro ta'siri asosida ishlab chiqarish voqye ekanligini qayd etgan. “K.Marks ta'limoti xam ishlab chiqarishning 3 omili birligidan kelib chiqadi. Keyin ularni ish kuchi , mexnat predmetlari va vositalari”[2] deb ataydi. Xozirgi G‘arb mamlakatlarida yirik iqtisodchilar iqtisodiy resurs degan tushunchani olg‘a surib, ularga yer, kapital, mexnat va nixoyat tadbirkorlik qobiliyatini kiritadilar. Turli nazariya namoyondalari ishlab chiqarish omillarini mavjudligidan kelib chiqadilar, lekin ularga talqin berishda xar xil jixatlarni asos qilib oladilar. Marksizm ta'limotida mazkur omillarning sotsial shakligi qayta e'tibor beriladi, ularning ekspluatatsiya qositalari bo‘lishi yoki bo‘lmasligi e'tiborga olinadi. Boshqa ta'limotlarda omillarning umuman ishlab chiqarishdagi o‘rni baxolanib , ularning sotsial shakli nazarga olinmaydi. Mana shu jixat umuminsoniy, uni marksizm xam inkor etmagan. Ishlab chiqarishning umuminsoniy faoliyatiga qaralishi uning shaxsiy insoniy va moddiy ashyoviy omillarini borligini aytib o‘tish kerak. Ish kuchi - bu insonning mexnat qilishiga qaratilgan jismoniy va aqliy qobiliyatidir. Bu qobiliyat soxibi xar bir mexnatga layoqatli kishidir. Jamiyatda mexnatga qobiliyatli kishilar uning resurslarini tashkil etadi. Axoli uch guruxga ajratiladi. Mexnat yoshiga yetmaganlar, ya'ni bo‘lg‘usi mexnat resurslari. Bunga O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar kiradi. Mexnat yoshidagilar, ya'ni amaldagi mexnat resurslari. Bunga 16-59 yoshdagilar kiradi. Mexnat yoshidan chiqqanlar. Bunga 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar kiradi. Ish kuchini faqat jismoniy kuch bilan cheklab bo‘lmaydi. Ish kuchi soxiblari bilim, malaka, maxorat va ish tajribasining xam soxiblari bo‘ladilar. Shundagina ular ishlab chiqarish jarayonidagi maxsulot va xizmatlarni yaratuvchi kuch bo‘la oladilar. Ish kuchining miqdoriy va sifatiy o‘lchami bor. Jamiyatning qancha noz-ne'matlar yarat olishi mana shu ikki jixtaga bog‘liqdir. Ish kuchi ishlab chiqarishning birlamchi omili xisoblanadi. (chunki inson mexnatsiz, uning ishtirokisiz, eng mukammal mashinalari bo‘lganda xam, tirikchilikning buyumlarini yaratib bo‘lmaydi). Inson jamiyatning oliy ishlab chiqaruvchisidir. Ishlab chiqarish uchun moddiy shart sharoit talab qilinadi. Ishlab chiqarishning moddiy ashyoviy omillari xam borki, ularga boyliklar, yaratilgan ashyolar (mexnat predmetlari) va nixoyat mexnat vositalari qurollari kiradi. Ishlab chiqarish xar doim tabiatga tayangan. yer, suv, yer osti boyliklari, o‘rmonlar va boshqalar unga materiallar yetkazib beradi. Uning uchun moddiy sharoit vazifasini o‘tagan. Tabiat in'omi bo‘lgan narsalar qayta ishlanib, ulardan kerakli maxsulotlar olinadi. Ishlab chiqarish omillari ma'lum tizimni tashkil etadi, ular xar xil unsurlardan iborat, bu unsurlar bajaradigan vazifalar bir xil emas. Ular bajaradigan vazifalar bir - biriga moslashgan sharoitda ishlab chiqarish sodir bo‘ladi. Moddyi ashyoviy omillar shaxsiy - insoniy omil bilan birikgan taqdirdagina ishlab chiqarish yuz beradi. Xayot ne'matlari yaratiladi. Ular: 1. Moddiy maxsulotlardan va 2. xar xil xizmatlardan iborat bo‘ladi. O’zbеkistоnda so’m mablaq’larini erkin muоmaladagi valyutaga kоnvеrtatsiya qilish tizimi birinchi navbatda xalq istеъmоli mahsulоtlari va ekspоrtbоp tоvarlarni ishlab chiqarish bilan shuq’ullanuvchi, iqtisоdiqtning asоsiy va еtakchi оbъеktlarin rеalizatsiya qilish bilan bоq’liq, xоrijiy invеstоrlarning fоydasining bir qismi va dividеndlarini rеpatriatsiyasi bilan shuq’ullanuvchi kоrxоnalarning (xоrijiy kapital ishtirоkidagi kоrxоnalar ham shular jumlasidan) ehtiqjini qоndirishga yo’naltirilgan. Inflaytsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o’sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o’sishi bilan bog’lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun molar yetarli bo’lmagan holda aholi qo’lida pulning ortiqcha ko’payib ketishi inflyatsiyaning yanada avj olib ketishiga sabab bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida maqbul sur’atni tanlashga erishiladi. Inflatsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o‘sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o‘sishi bilan bog‘lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun molar yetarli bo‘lmagan holda aholi qo‘lida pulning ortiqcha ko‘payib ketishi inflatsiyaning yanada avj olib ketishiga sabab bo‘ladi. Pul miqdori bilan birga narxlarning ham tobora o‘sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom etadigan giperinflatsiyani keltirib chiqaradi. Bu, o‘z navbatida, milliy ishlab chiqarishning izdan chiqishi, aholi keng tabaqalarining qashshoqlashishi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo‘lishi xavfini tug‘diradi. Tovarlar taqchilligi mavjud bo‘lib turgan hozirgi bosqichda giperinflatsiyaning oldini olish uchun aholi iste’mol fondining o‘sishini ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmatning moddiy hajmi ko‘payishiga bevosita bog‘liq qilib qo‘yish zarur bo‘ladi. Ichki bozorni mollar va xizmatlar bilan to‘ldirish, muomalaga o‘rinsiz ortiqcha pul chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, milliy valuta barqarorligini ta’minlash va xalq turmush darajasini o‘stirishning muhim shartidir. So‘mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o‘sishiga, aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish, mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishi kerak. Inflatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu, o‘z navbatida, import narxlarning barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi. Valuta birjalarida valuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. Milliy valuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatdagi sharti dastlabki bosqichda valutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko‘paytirishga ustunlik berishdir. Istiqbolda esa bu sohadagi siyosat banklararo valuta birjasidagi oborot miqdorini korxona va fuqarolar o‘z pulini xohlagan miqdorda xohlagan valutaga erkin almashtirish imkoniyatini beradigan darajaga yetkazishga qaratiladi. Bunga erishishda milliy ishlab chiqarishda eksport ulushini kengaytirish bilan birga, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «milliy valutamizning joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin almashuvini, ya’ni konvertatsiyasini ta’minlash uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish»1 alohida ahamiyatga ega. Bu sharoit yaratilishi natijasida erkin almashuv amalga oshmoqda. Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy sohalardagi islohotlardan ham asosiy ko‘zlangan maqsad barcha o‘zgarishlarning natijasi va belgisi milliy valutamiz – so‘mimizni mustahkamlash, uni bosqichma-bosqich jahonning kuchli valutalari bilan konvertatsiyalashga, ya’ni erkin almashuviga erishishdir. Pulning baquvvatligiga erishishga qaratilgan davlat dasturlari: ichki bozorni iste’mol mollari bilan to‘ldirish; -davlat xarajatlarini keskin qisqartirish, qat’iy moliya, bank-kredit siyosatini o‘tkazish; -eksport imkoniyatlarini keskin kuchaytirish; -ortiqcha pul emissiyasiga, ya’ni pul bilan ta’minlanmagan ortiqcha pul muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. -mamlakatning oltin zaxirasi bilan; -mamlakatning butun boyligi bilan; -tovar massasining hajmi va tarkibi orqali; -talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni tartibga solish orqali; -narx-navoni tartiblash orqali; -pul muomalasi qonunidan foydalanish orqali. So’mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o’sishiga, aholi qo’lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo’l qo’ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomilaga chiqarilgan pul miqdorining o’zvaqtida qaytarilishiga erishishi, mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishig yo’l qo’ymaslik choralari ko’rilishi kerak. Milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlashning navbatdagi sharti dastlabki bosqichda valyutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko’paytirishga ustunlik berishdir. Bunga erishishda milliy ishlab chiqarishda eksport ulushini kengaytirish bilan birga Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek “…milliy valyutamizning joriy operatsiyalar bo’yicha erkin almashinuvini, ya’ni konvertatsiyalarni ta’minlash uchun barcha zaruriy shart sharoitlarni yaratish”2 alohida ahamiyatga ega. Bu sharoit yaratilishi natijasida erkin almashuv amalga oshmoqda. Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatinig oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Ishlab chiqarish omillari (xar doim) doimo bir xil bo‘lib turmaydi, ular sifat miqdor jixatdan o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi. Ishlab chiqarish vositalari rivojlanib borpgan sari smurakkab mashinalar asbob uskualar stanoklar vujudga keladi. Shuning uchun, ish kuchi xam yangi , malkasi oshgan, yangi mashinalarni yaratadigan, ulardan unumli foydalanadigan bo‘lib boradi. Ishlab chiqarish omillari bir- biriga bog‘liq va o‘zaro ta'sirda bo‘ladi, birining o‘zgarishi ikkinchisiga ta'sir qiladi. Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro ta'sir usuli texnologiyada o‘z ifodasini topadi. Ishlab chiqarish omillarining va texnologiyaning o‘zgarini ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmun va moxiyatini o‘zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo‘ladi. Ishlab chiqarish qo‘shilish usuli iqtisodiyot uchun katta axamiyatga ega. Chunki, shunga qarab, uni o‘stiruvchi kuch paydo bo‘ladi. Ularning qo‘shilishi (birlashuvi) ikki usulda ro‘y beradi: Bilvosita biriktirish. Bunda o‘zgaga tegishli moddiy omillar o‘zagning ish kuchi bilan birikadi. Xar ikkala omilning egasi xar xil bo‘ladi. Mexnat bir tamonda bo‘lsa, vositalar ikkinchi tomonda bo‘ladi. Shu sababli ishlab chiqaruvchida manfatdorlik va ma'suliyat kuchsiz bo‘ladi. Bevosita birikish. Bundan moddiy va shaxsiy omillar bir qo‘lda bo‘ladi, mulkchilik ularni bir - biridan ajratmaydi. Xam mulk egasi, xam ishlovchi aynan bir shaxs bo‘ladi. Mulk egasi moddiy- ashyoviy omilni samarali ishlatishdan manfaatdor bo‘ladi. Chunki ishlab chiqarish natijalari uning o‘ziga kiradi. Ishlab chiqarish natijasi uning omillarining birikish usuli bilan chegaralanib bo‘lmaydi. U eng avval omillarning sifatiga , so‘ngra miqdoriga va nixoyat ularning nisbatiga bog‘liqdir. Moddiy - ashyoviy va shaxsiy omillar bir – biriga mos bo‘lgandagina ishlab chiqarish rivojlanadi. Ma'lumki ishlab ichqarilgan maxsulot xarakati ishlab chiqarishdan boshlanib va taqsimlash ayirboshlash bosqichi o‘tib , iste'molga tugallanadi. Ishlab chiqarish jarayoni qay tarzda bo‘lmasin, ya'ni individual tartibdami, korxona va xo‘jalik doirasidami, tarmoq va xudud miqyosidami, qaerda bo‘lmasin, ko‘zlanga maqsad iste'mol uchun tovar va xizmatlar yaratishdir. Jamiyat a'zolarining ishlab chiqarishdagi (bir yillik) faoliyati natijasi - bu yaratilgan barcha maxsulotlar va xizmatlarning majmuidir. U naflik va foydalilik xususiyatlariga ega. Ularning foydali xossalari kishilarning extiyojlarini qondira bilish xususiyati , ega bo‘lsa, foydaliligi naf keltirishdan iboratdir. Jamiyatdagi ijtimoiy , iqtisodiy va boshqa muammolarni xal qilishning aosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o‘sishiga erishishdir. Agar iqtisodiy o‘sish bo‘lmasa, xech qanday jamiyat rivojlana olmaydi, eski iqtisodiy tizim o‘rniga yangisi kelmaydi. Ijtimoiy taraqqiyot (progress) yuz bermaydi. Iqtisodiy o‘sish nima? Iqtisodiy o‘sish deganda kishilarning talab – extiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan moddiy maxsulot va xizmatlarni , ya'ni barcha noz- ne'matlarni ishlab chiqarishning ko‘payib borishi tushuniladi. Moddiy ne'matlarning o‘sishi tushunchasi nafaqat noz- ne'matlarni, balki ishlab chiqarish vositalarini, ya'ni resurslarning ko‘proq ishlab chiqarish degan ma'noni anglatadi. Chunki o‘sish jamiyat a'zolarining joriy iste'molini qondirish bilangina chegaralanmaydi, balki kelajakda ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali bo‘lg‘usi iste'molni qondirish xam mo‘ljallanadi. Ishlab chiqarishf aoliyati jamiyat xayotining birlamchi asosi bo‘lganidan iqtisodiy o‘sish ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy zamin yaratib beradi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar (chuqur va sifat) iqtisodiy o‘sish sur'atlariga qarab yuz beradi. Ijtimoiy o‘sish real yalpi milliy maxsulotni (YaMM) axoli jon boshiga nisbiy narxlarda taqsimlash yoki jamiyat yalpi ishlab chiqarish xajmi ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topadi. Iqtisodiy o‘sish mikro va makro ko‘lamda yuz beradi. Mikroiqtisodiy o‘sish xo‘jalik bo‘g‘inlari, firma yoki tarmoq doirasidagi o‘sishni, makroiqtisodiy o‘sish esa jamiyat miqyosidagi. Ya'ni mamlakat miqyosidagi o‘sishni bildiradi. Iqtisodiy o‘sishning xajmini uning ko‘lami va sur'ati ko‘rsatadi. Iqtisodiyo o‘sish ko‘lami yaratilgan tavar va xizmatlar xajmini bildirsa, uning sur'atlari esa, o‘sish tezligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy o‘sishning natijasi jamiyat a'zolarini ta'minlovchi foydali real moddiy ne'matlardir. Aynan ular iqtisodiy o‘sishning xaqiqiy mezonidir. Ijtimoiy taraqqiyotning oliy mezoni ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti darajasidir. Bu mezonga iqtisodiy o‘sishni aniqlovchi ko‘rsatkichlar muvofiq kelishi kerak. Ular o‘z navbatida statik (statistik ) va dinamik xamda miqdor, sifat ko‘rsatkichlariga egadir. Iqtisodiy o‘sishning ikki jixati borki, ularni bir –biridan farqlash kerak. Birinchidan , uning ko‘lami ishlab chiqarish xajmini bildiradi, aniqrog‘i, butun jamityada qancha maxsulotlar va xizmtalar yaratilishi, ularni o‘sishi qanday kishilarda bo‘lishini ko‘rsatadi. O‘sishning ikkinchi tomoni uning sur'atlari bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni nisbiy jixatdan ifodalaydi, mutloq o‘sishda emas balki, o‘sish tezligini ko‘rsatadi. U o‘sish tezligi ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. Iqtisodiy o‘sishning nafaqat miqdoriy, balki sifat me'yori xam mavjud. Shu sababli yaratilgan maxsulot va xizmatdan miqdoriy ko‘payibgina qolmasdan, o‘z sifati jixatidan talab extiyojni qondirishga qodir bo‘lishi talab etiladi. Iqtisodiy o‘sishga qarab, jamiyatning iqtisodiy axvoliga baxo berish mumkin. 1.Tabiiyresurslarning miqdori va sifati 2. Mexnat resurslarining miqdori va isfati 3. Asosry kapitalning miqdori va tarkibi 4. Texnologiya darajasi Mazkur omillar ishlab chiqarishning miqdoran o‘sishini ta'minlovchi taklif omillari deb ataladi. Iqtisodiy o‘sish talab va taklif omillariga bog‘liq. Resurslarning cheklangan bo‘lishi iqtisodiy o‘sishni xam chegaralaydi. Iqtisodiy o‘sish omillarining ishlab chiqarish taraqqiyotidagi axamiyati xar xil. Masalan: Saudi Arabiston - neft, Yaponiya - ishchi kuchi malakasi. Iqtisodiy o‘sishning ikki turi mavjud: ekstensiv va intensiv. A) Ekstensiv rivojlanishda iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan xolda ishlab chiqarish omillari miqdorini o‘sishi xisobiga maxsulot xajmi ortadi. Masalan: Iqtisodiy o‘sishning bu turi ishlab chiqarish samaradorligiga olib kelmaydi. B) Intensiv iqtisodiy o‘sish yo‘lida yaratilgan maxsulot va xizmatlar miqdorini ko‘paytirish, sifatini yaxshilash, resurslardan tejamli foydalanish, fan-texnika yutuqlarini tadbiq etish va mexnat unumdorligini oshirish xisobiga amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Bu yo‘l ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga uzviy bog‘liq. Ishlab chiqarishni intensivlashtirish unga jalb etilgan resurslarning xar qaysi birligidan olinadigan samaradorlik pirovad maxsulot miqdori va sifatining o‘sishida o‘z ifodasini topadi. Samaradorlik ishlab chiqarish natijalarini xarajatlarga nisbati bilan aniqlanadi. Samaradorlik qancha resurs sarflab, qancha va qanday sifatli maxsulotlar va xizmatlar yaratilganini ifodalaydi. Makroiqtisodiyotda ishlab chiqarish samaradorlikga YaMM- pirovad natija bilan o‘lchansa, makroiqtisodiyot miqyosida esa (korxonada) yaratilgan sof maxsulotning yoki fondning maxsulot tannarxiga nisbati bilan aniqlandi. Garchi iqtisodiy o‘sish samaradorligini intensiv usullar zaminida amalga oshirilganda barqarorlikga erishilsa xam, barqarorlik doimiy tus olmaydi, chunki iqtisodiy o‘sishda uzilishlar xam bir xolatdan ikkinchi xolatga o‘tishlar xam bo‘lib turadi. Bunday xolat iqtisodiy o‘sishning davriyligi deyiladi. Iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning gox tez sur'atda o‘sishi, gox inflyasiya va baxolar darajasining ko‘tarilib borishi, ya'ni barqarorlik xolatlariningyuz berib turishi iqtisodiy o‘sishning sikli deb ataladi. Sikl iqtisodiyotning davriy ko‘tarilishi va pasayishi xodisalarini o‘z ichiga oladigan, iqtisodning tebranib turishi bilan tasvirlanadigan tebranma davrdir. Iqtisodiy sikl xozirgi nazariyalarga ko‘ra 4 bosqichdan iborat: O‘sish cho‘qqisi; Pasayish; Turg‘unlik (depressiya); Jonlanish. Shu bosqichlar ketma-ket yuz beradi. Iqtisodiy o‘sishning asosi moddiy ishlab chiqarishdir. U jamiyatda nafaqat axolining joriy extiyojlarini qondliribgina qolmasdan, shu bilan birga milliy boylikning ko‘payib borishi manbai xamdir. Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning harid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib boorish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshib boradi. Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish zarurki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so’mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag’batlantirib boriladi. So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda korxonalar va barcha sub’yekylarning, jahon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega. So’mning barqarorligini ta’minlashda undan oqilona va tejab tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko’p samara berishiga, olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o’rin tutadi. Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valyutani mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida maqbul sur’atni tanlashga erishiladi. Respublikamizda milliy valyutani rivojlantirish va barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni quyidagi jadval orqali ham ko’rishimiz mumkin Milliy boylik nima? Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida inson mexnati bilan yaratilgan va butun tarixiy taraqqiyot moboynida jamg‘arib kelinayotgan moddiy va ma'naviy ne'matlar, iste'mol qiymatlarining yig‘indisidir. Millyi boylik jamiyatda axoli turmushi va ma'naviy darajasining negizi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning moddiy asosi va pirovad natijasidir. Millyi boylikni tashkil etadigan moddiy ne'matlarning xosil bo‘lishi jixatidan a) bir qismi inson mexnatining natijasi bo‘lsa, b) ikkinchi qismi ishlab chiqarish jaaryoniga jalb etilgan tabiiy boylik resurslaridan iborat. Tabiiy resruslar jamiyat tasarrufidagi yer, o‘rmon, suv, foydali qazilmalardan iborat. Ular milliy boylik moddiy ne'matlar qismining yaratilishi uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Millyi boylikning moddiy qismi jamityada avlodlar mexnati, ya'ni ishlab chiqarish va unumli mexnatning natijasidir. Milliy boylikning o‘ziga xos xususiyatlari: A) uning mexnat maxsuli ekanligi va ko‘payib borishi. B) jamg‘arila borish va takror xosil bo‘lishi. G) muayyan mol-mulk sifatida kishilar tasarrufio‘da bo‘lishidir. Milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishi, uni tashkil etgan qismlarning sifati, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning muxim omilidir, mamlakat iqtisodiy qudratining eng muxim ko‘rsatkichidir. Milliy boylik xajmining ko‘payishi xaq turmush darajasining oshirishi uning muxim shartidir. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida milliy boylik faqat o‘sibgina qolmasdan, yangidan yaratilgan maxsulotlar xisobiga to‘ldirilib va doimo yangilanib boradi. Shu tariqa iqtisodiy taraqqiyotning natijasi yuzaga keladi. Milliy boylikning bir qismi ishlab chiqarish resurslari sifatida sarflansa, ikkinchi qismi iste'mol vositasi sifatida sarflanadi. Jamiyat ixtiyoridagi milliy boylik, uning ishlab chiqarish resurslari shu jamiyatning iqtisodiy kuch-quvvatini, ularning iqtisodiy saloxiyatini tashkil qiladi. Iqtisodiy potensial jamiyatning ishlab chiqara olish qobiliyatidir. Bunday qobiliyat yaratilgan yalpi milliy maxsulotda ishlab chiqarishning pirovard natijasida o‘z ifodasini topadi. Erishilgan iqtisodiy saloxiyat aloxida ishlatilgan saloxiat bo‘lib, uning ishlab chiqarish darajaini bildiradi. Kelajakdagi saloxiyat esa to‘la to‘kis ishlatiladigan saloxiyat bo‘lib, resurslardan maksimal darajada foydalanishni taqazo etadi. Bo‘ljak saloxiyat aloxida erishilgan saloxiyatdan ortiq bo‘ladi. Iqtisodiy potensial quiydagi usullardan iborat: mexnat potensiali , texnika-texnologiya potensiali, ilm-fan (intelektual) va tabiiy saloxiyat mexnat potensiali axolining ishlab chiqarishga layoqatli qismi bo‘lib, uning miqdorini ishga yaroqli kishilar soni tashkil etadi. Sifati esa axolining bilish darajasni, kasbiy va malka tajribasiga bog‘liq. “Rivojlangan mamlakatlarda bu usul iqtisodiy o‘sishning ta'minlashdagi xissasi 20-25% ni tashkil etadi”[3]. Texnika-texnologiya potensiali jamiyat ixtiyoridagi mashinalar, asbob uskulnalarning miqdori, ularning texnik va texnologiya darajasi va tarkibidan iborat. Tabiiy potensial cheklangant bo‘lib, u yer, suv zaxiralari, o‘rmon va yer osti boyliklari, suv boyliklari, iqlimiy qulayliklardan iborat. Tabiiy resurslarning kamyobligi tufayli vujudga keladigan qiyinchilik va to‘siqlarni texnik – texnologik potensial yordamtda bartaraf etish mumkin. Masalan: Yaponiya tabiiy resusrlarining kamyobligini o‘zining yuksak texnik-texnologik potensiali yordamtda qoplaydi. O‘zbekiston boy tabiiy moddiy va mexnat resurslariga ega. Vazifa bu resurslardan oqilona, tejamkorona va samarali foydalanish kerak. Download 66.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling