Mavzu: Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va turlari Mundarija Asosiy qism Kirish


Download 66.68 Kb.
bet7/8
Sana29.03.2023
Hajmi66.68 Kb.
#1307471
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va turlari

2. Institusional o'zgarishlar. Mazkur o'zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi:- mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish; bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investisiya fondlari va h.k.) shakllantirish; - iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish; -bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo'jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.
3. Tarkibiy o'zgarishlar. Tarkibiy o'zgarishlar birinchi navbatda xalq xo'jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo'naltirilgan. Tqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda to'lovga qodir talabga ega bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
4. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunkiu bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o'tkazilib turadi. Bu yo'nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma'muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi, eng awalo va kuchli rav-ishda moliyaviy sohada, ayniqsa, yuqori inflyasiya shaklida namoyon bo'ladi. Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo'lishi bozor munosabatlarining normal qaror topishiga to'sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o'tish davri iqtisodiyoti uchun o'ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta'minlash va boshqalar kiradi.
5. Bozor xo'jaligiga mos bo'lgan aholini ijtimoiy himoya-lash tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan. Bozor tizimining ko'rsatib o'tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining yakuniga yetishi o'tish davri tugaganligidan darak beradi.

4.Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar.
Iqtisodiy jarayonlarni, mamlakatlarning rivojlanish darajasi va o’zaromurakkab xo’jalik aloqalarini tahlil etishda xalqaro tajribada qabul qilingan milliy hisoblar tizimidan faydalaniladi. Bu makro darajada iqtisodiyot rivojiga oid bo’lgan va o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar tizi mining asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
Yalpi ichki mahsulot(YaIM) - bu ko’rsatkich ma’lum davlat hududida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning ma’lum davrda yaratgan pirovard maxsulotlari va xizmatlarining umumiy hajmini aks ettiradi. Ushbu yakuniy maxsulotni hisoblashda hom ashyo, yarim mahsulotlar, boshqa moddalar, yoqilg’i, elektr quvvati hamda ularni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hizmat turlari (qayta hisob bo’lmasligini oldini olish uchun) chegirib tashlanadi. Ayni paytda ba’zi mamlakatlarda yalpi milliy maxsulot (YaMM) ko’rsatkichidan faydalaniladiki, u YaIMdan farqli o’laroq qaysi mamlakatda yaratilganligidan qat’iy nazar shu millat (mamlakat)ning korporatsiyalari, hususiy shaxslari nazoratida bo’lgan ishlab chiqarish hajmini aks ettiradi. YaMMni aniqlash uchun shu mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan chet elliklarning daromadlari (chet el korporatsiyalarining foydalari hamda chet ellik ishchi xizmatchilarining ish haqlari) YaIMdan chegirib tashlanadi, shu mamlakat korporatsiyalari, fuqarolari horijda ishlab topgan daromadlari qo’shiladi. YaIm bilan YaMM ko’rsatkichlari o’rtasidagi tafovut odatda miqdor jihatidan unchalik ko’p bo’lmaydi, nari borsa qariyb 1%ni tashkil etadi. shuni e’tiborga olish lozimki.
YaIM ko’rsatkichi milliy hisoblar tizimi asosoida ishlab chiqiladi. Bu tizim mehnat faoliyatining barcha turlarida mehnat unumli mohiyatga ega, degan qoidaga asoslangan(qiymat yaratilishi nuqtai nazaridan). Milliy daromad (MD) ko’rsatkichi quyidagicha belgilanadi: YaIM minus amortizatsiya (shunda sof YaIM xosil bo’ladi), minus bilvosita soliqlar va qo’shilgan subsidiyalar. Soliqlar mahsulot va xizmatlarning bozor narxlariga tirqaladi. Subsidiyalar narxlarga teskari ta’sir qiladi -bu narxlar ana shu subsidiyalar miqdorida pasayadi. MD ko’rsatkichi ishlab chiqarilgan milliy mahsulot ko’rsatkichiga deyarli to’g’ri keladi. Milliy mahsulotning o’sish sur’ati uzoq muddat nuqtai nazaridan YaIMga deyarli to’la ravishda muvofiq keladi, shung uchun ham asosan YaIM ko’rsatkichidan foydalaniladi.Turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish omillari, taraqqiyot darajasining xilmaxilligi iqtisodiy rivojlanish darajasini biron-bir yagonako’rsatkich orqali baholashga imkon bermaydi. Buning uchun bir qator asosiy ko’rsatkichlar dan foydalaniladi:
1. Yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot yoki milliy daromadning axoli jon boshiga hisobi.
2. Milliyu iqtisodiyot tarmoqlari tarkibi.
3. Axoli jon boshiga hisoblaganda asosiy mahsulot turlarini ishalb chiqarish
(ushbu tarmoqlarning rivojlanish darajasi).
4. Aholining turmush darajasi va uning sifati.
5. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari. Iqtisodiy taraqqiyot darajasini tahlil etishda YaIM, YaMMning axoli jon boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlari bosh mezon hisoblanadi. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda axoli jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM rivojlangan mamlakatlar singari yuqori darajani tashkil etadi, biroq boshqa ko’rsatkichlar (iqtisodning tarmoqlar tuzilmasi, axoli jon boshiga hisoblaganda asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish va hokazolar) yeg’indisiga ko’ra bu mamlakatlarni rivojlangan mamlakatlar toifasiga qo’shib bo’lmaydi. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari guruhi iqtisodiy taraqqiyot darajasinijuda aniq belgilab beradi, nega deganda u bevosita yoki bilvosita -mamlakatda asosiy va aylanma kapitaldan, mehnat resurslaridan foydalanish sifati, holati, darajasidan dalolat beradi. Samaradorliklning asosiy ko’rsatkichlariquyidagilardan iborat:
1) Mehnat unumdorligi (sanoat, qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish tarmoqlari va turlari bo’yicha);
2) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turiga qancha capital sarflanishi;
3) Asosiy fondlar qaytimi koeffitsienti;
4) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turlariga qancha xomashyo sarflanadi.
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning tashqi iqtisodiy aloqalari shunchalik faol va xilma-xil bo’ladi. Demak, mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalardagi ishtroki ham qisman uning iqtisodiy taraqqiyoti darajasidan dalolat beradi.
Barcha tashqi iqtisodiy aloqalarning millliy iqtisodiyotga ta’siri ma’lum bir sifat va qiymat ko’rsatkichlari orqali baholanishi va fodalanishi mumkin. Avvalambor mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi qay darajada ekanligini bilish lozim. Bu ekportning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi orqali aniqlanadi (YaIM). Bu ko’rsatkich mamlakat eksport kvotasi deb ataladi. Ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa, davlatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashish darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Masalan, AQSHning eksport kvotasi 10-15% ga teng, Germaniya, Fransiya, Italiya va Angliyaning eksport kvotasi esa 25-30%, Yaponiyada 18% atrofida, Belgiya, Vengriya, Singapur davlatlarida esa 110-113%. Ammo bu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sifat tuzulishini, stukturasini harakterlay olmaydi. Shuning uchun uni aks ettirish maqsadida yana bir ko’rsatkichdan foydalaniladi. Bu real eksport kvotasi bo’lib, u mamlakatning sanoat ishlab chiqarilishidagi eksportning ulushi orqali o’lchanadi. Rivojlangan mamlakatlarda u tahminan 40-50 foizga teng. Bu barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmi tashqi bozorga olib chiqilishini anglatadi. Mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi shuningdek uning eksportining elastiklik darajasi orqali ham aniqlanadi (YaIM va eksport o’sish sur’atlarining muvozanati). Agar elastiklik birdan oshsa, mamlakat tobora xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi chuqurlashayotganini anglatadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar ta’siri bu sohadagi barcha ishtrokchilar, asosan eksport, import, kredit operatsiyalari faoliyati shuningdek texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatish natijalari oqibatida yuzaga keladi. Shu bilan birga avvalo jamiyat, milliy xo’jalik, davlat, manfaatlari ko’zlangan holda samaradorlikni to’g’ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholashda bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ular qatorida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
• Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi
• Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi
• Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi
• Savdoning narx shartlari, eksport va import narx indekslari
• To’lov balansi , uning tarkibiy qismlari:
• Savdo balasi
• Xizmatlar va nosavdo harajatlar balansi
• Kapital harakati va kredit balansi
• Mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hisobi

Xulosa
Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida milliy valyutamizning joriy operatsiyalar bo’yicha ayirboshlanishini amalga oshirish uchun respublikamizda zarur shart-sharoit mavjud emas edi. O’tgan yigirma o’ttiz yil davomida esa aynan shu shart-sharoitni yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ham bunga to’xtalib o’tilgan: “Biz oddiy bir haqiqatni doimo esda tutishimiz darkor. Ya’ni, sarmoyasiz taraqqiyot yo‘q, ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi”[4]. 2017-yilda moliya sohasini rivojlantirish va investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida mamlakatimizda 13 milliard dollar qiymatidagi kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi, bu 2020-yilga nisbatan 11,3 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining deyarli yarmini, ya’ni 47 foizini xususiy investitsiyalar – korxonalar va aholining shaxsiy mablag‘lari tashkil etgani alohida e’tiborga loyiqdir.
Jalb etilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi – 70 foizdan ortig‘i, birinchi navbatda, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga yo‘naltirildi, eng yangi zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflangan investitsiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkil etdi.
Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish va moliyalashtirish hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi”
Jahon tajribasidan malumki, ko’pgina mamlakatlar bozor munosabatlari ma’lum darajada shakllanib, iqtisodiyotning rivojlanishi muayyan bosqichga etganidagini milliy valyuta konvertatsiyasiga erishishgan. Ushbu davlatlarda amalga oshirilgan barcha islohotlar asosida, shu jumladan, tashqi iqtisodiy aloqalarda ham o’z mamlakati manfaatlari ko’zda tutilgan. Agarda ulardagi islohotlar jarayoni hamda XVF Nizomining 8-moddasini qabul qilish vaqtiga e’tibor qaratsak, ushbu fikrimiz yana bir bor o’z tasdig’ini topadi.
Bundan tashqari, so’mning almashuv kursini barqaror ravishda saqlab turilishi respublikamizning valyuta, pul va moliya bozorlarini mustaxkamlaydi, inflyatsion jarayonlarni hamda valyuta kursi bilan boq’liq xavf-xatarni kamaytiradi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini yuritish, soliqlar, bojxona hamda boshqa to’lovlarni amalga oshirish jarayonini engillashtiradi.
Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish joizki, valyuta rejimining erkinlashtirilishi nafaqat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, balki aholi uchun ham xorijiy valyutalarga bo’lgan ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Shu bilan birga, valyuta siyosatini erkinlashtirish iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilgan tarmoqlarini raq’batlantirishda muxim turtki bo’ladi. Bu esa o’z navbatida, iqtisodiyotning an’anaviy va yangi tarmoqlarida markazlashmagan eksport hajmining oshishiga, kichik va o’rta byuiznes korxonalarining tashqi bozordagi faoliyati jadallashuviga hamda xalqaro bozor konúyunkturasiga moslashib borishiga va oxir-oqibat ularning mamlakat YAIMdagi salmoq’ining ortishiga olib keladi.
Nihoyat milliy ishlab chiqaruvchilar, xususan, xalq istemoli mollari, oziq-ovqat va engil sanoat korxonalarining yanada samarali faoliyat ko’rsatishi uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi. Bunday korxonalarda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan va xorijdan keltiriladigan xomashyo hamda ehtiyot qismlarni import qilish uchun valyuta mablaq’larini erkin sotib olish imkoniyati yanada kengayadi. Bu esa ichki bozorni o’zimizda ishlab chiqariladigan sifatli iste’mol mahsulotlari bilan to’ldirishga olib keladi.
Bir so’z bilan aytganda, valyuta rejimining erkinlashtirilishi O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatdagi nufuzini yanada oshirish, mamlakatimizdagi investitsion muhitni yaxshilash, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni raq’batlantirish, iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini oshirish hamda maxalliy ishlab chiqaruvchilarni raq’batlantirish orqali iqtisodiyotimizga salmoqli ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
So‘m davlatimizning Bayroq, Gerb, Madhiya kabi ramzlari qatori milliy iftixorimiz timsollaridandir. So‘m biz uchun nafaqat to‘lov vositasi, balki xalqimizning boy tarixi, qadriyatlari, buyuk bunyodkorlik salohiyatini o‘zida aks ettirgan ma’naviy vosita sifatida ham qadrlidir. Samarqanddagi Registon maydoni, Tillakori, Sherdor madrasalari, Go‘ri Amir maqbarasi, Buxorodagi Chashmai Ayyub ansambli kabi tarixiy obidalar, poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri, “Istiqlol” san’at saroyi, shuningdek, shavkatli sohibqiron bobomiz Amir Temurga o‘rnatilgan muazzam haykal tasviri tushirilgan kupuralar nafaqat mamlakatimizning iqtisodiy qudrati, balki xalqimiz ma’naviy salohiyatining yanada yuksalishiga ham xizmat qilmoqda. Qo‘liga o‘zbek so‘mini olgan har bir yurtdoshimizning qalbida unda aks etgan tasvirlar ta’sirida Vatani, bunyodkor xalqi, ajdodlar merosi bilan faxr-iftixor tuyg‘ulari jo‘sh urishi shubhasiz.



Download 66.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling