Mavzu: iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda davlatning roli


Download 203.12 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi203.12 Kb.
#1142177
Bog'liq
Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi TAQDIMOTI

Mavzu:

IQTISODIY RIVOJLANISHNI TAʼMINLASHDA DAVLATNING ROLI

REJA:


1

2
    • Institutsional islohotlar va iqtisodiyotni tartibga solish tizimini shakllantirishning zarurligi va ahamiyati

3
    • O'zbekistonda institutsional islohotlarning mohiyati va maqsadlari

4
    • O'zbekistondagi ma'muriy islohotlarning asosiy yo'nalishlari

5
    • Institutsional o'zgartirishlar natijasida vujudga keltirilgan davlat boshqaruvining iqtisodiy strategiya va siyosati

1. O'zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilish strategiyasining yaratilishi
O'zbekistonda mustaqillik e'lon qilingandan so'ng ijtimoiy yo'naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyo-satga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Prezidentimiz Islom Karimovning asar hamda ma'razalarida O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li, iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda modernizatsiyalashning nazariy asoslari ishlab chiqilgan.
Yurtboshimiz rahbarligida ijtimoiy yo'naitirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida mashaqqatli taraqqiyot yo'li bosib o'tildi.
Prezidentimiz mustaqil taraqqiyot yo'li va galdagi vazifalarning mazmun-mohiyati, ahamiyati nuqtayi nazaridan bu yo'lni ikki bosqichga bo'lish lozimligini asoslab berdi.
    • Dastlabki bosqich - 1991-2000-yillar o'tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog'liq birinchi galdagi islohot va o'zgarishlarni o'z ichiga oladi.
    • 2001-yildan to hozirgacha bo'lgan muddatni o'z ichiga olgan ikkinchi bosqich faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bo'lib, iqtisodiyoti-mizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta'minlashda muhim rol o'ynadi

2. Institutsional islohotlar va iqtisodiyotni tartibga solish tizimini shakllantirishning zarurligi va ahamiyati
Mustaqillikka erishganimizdan keyin davlatimiz va uning ko'p millatli xalqi manfaatlariga muvofiq keladigan mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish imkoniyati tug'ildi. Bu vaqtda respublikamiz oldida o'ta muhim bo'lgan bir qator vazifalarni hal etish masalasi turardi. Birinchidan, yakkahokimlik tizimidan meros bo'lib qolgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish, ikkinchidan, mustaqil, demokratik jamiyatning mustahkam poydevorini yaratish va o'tish davriga xos muammolarni hal qilish.
Respublikada yakkahokimlik, ma'muriy-buyruqbozlik tizimining amal qilishi iqtisodiyotni nochor ahvolga tushirib qo'ydi- Iqtisodiyotda ziddiyatlar kuchayib bordi, amaldagi xo'jalik yuritish mexanizmi esa mazkur ziddiyatlami bartaraf etishga noqobil edi. Bu holat jamiyat hayotida 60-yillardayoq yaqqol namoyon bo'la boshlagan edi. Iqtisodiyotning rivojlanish sur'ati keskin pasayib, sarf-xarajatlar ortib bordi. Rivojlanishning iqtisodiy vositalari va omillari amalda ishlamadi.
Respublikamiz davlat mustaqilligini qo'lga kiritgandan keyin bu salbiy oqibatlarni tugatish va rivojlanish sari dadil qadam tashlash imkoniyatiga ega bo'lindi. Totalitar tuzumdan qolgan «meros»ning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish lozim, deb qaraldi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish iqtisodiy munosabatlarni yangilash, institutsional o'zgarishlarni amalga oshirish va boshqarishning tegishli strukturasini yaratishni talab etadi. Shuning uchun ham respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida boshqaruv tizimini isloh qilish masalasiga alohida e'tibor qaratildi.
3. O'zbekistonda institutsional islohotlarning mohiyati va maqsadlari
Institutsional o'zgarishlar jarayonida boshqaruv mexanizmlari takomillashtirilib borildi. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida esa ularning xususiyatlariga mos keladigan, xo'jalik yurituvchi subyektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning rivojlanishini rag'batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga keldi.
    • Tarkibiy o'zgarishlami amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarishni markazlashtirilgan tartibda rejalashtirish va tashkil etishdan boshqarishning iqtisodiy mexanizmalariga o'tish ma-salasiga jiddiy e'tibor qaratildi.
    • Boshqaruv sohasidagi o'zgarishlar natijasida ko'plab boshqaruv organlari bo'g‘imining vazifasi o'zgardi, ba'zi o'zini oqlamagan boshqaruv organlari tugatildi va yangi organlar tuzildi.

O'zini oqlamagan Davlat reja qo'mitasi o'rniga Davlat istiqbolini belgilash va statistika qo'mitasi tuzildi. Mazkur Qo'mita 1997-yildan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga aylantirildi. Hozirgi davrda bu vazirlik Iqtisodiyot vazirligi, deb ataladi.
Narxlarni erkinlashtirish sharoitida Davlat narx qo'mitasi batamom tugatildi.
Yakkahokim bo'lib olgan taqsimot idorasi - Davlat ta'minot qo'mitasi va uning vorisi — «O'zshartnomasavdo» o‘rniga yangi bozor strukturasi — Respublika ulgurji va birja savdosi aksiyadorlik uyushmasi tuzildi.
4. O'zbekistondagi ma'muriy islohotlarning asosiy yo'nalishlari
O'zbekistondagi ma'muriy islohotlarning asosiy yo'nalish­lari quyidagilarda o'z ifodasini topadi:
Birinchidan, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning rolini keskin cheklash, davlatning boshqaruv tuzilmalari va ularning vazifalarini qisqartirish, davlat boshqaruv organlarini saqlab turishga sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirish zarur. Davlat vazifalari va vakolatlarini tobora ko'proq jamoat, nodavlat tashkilotlarga, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlariga o'tkazish kerak.
    • Ikkinchidan, boshqaruvni nomarkazlashtirish, ayrim vazifalarni esa hududiy boshqaruv bo'g'inlariga keng ko'lamdatopshirish, ortiqcha ma'muriy vertikal tuzilmalarni tugatish zarur. Barcha darajadagi hokimliklarning islohotlarni amalga oshirish, joylardagi ishlarning ahvoli, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, bandlik muammolarini yechish hamda aholi turmushini farovonlashtirish borasidagi mas'uliyatini kuchaytirish lozim.

Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, ayrim tarmoq va hududiy boshqaruv tuzilmalarini qayta tuzish, birlashtirish, qisqartirish va tugatish asosida iqtisodi-yotni boshqarish tuzilmalarining samaradorligini ta'minlash. Bugungi kunda nafaqat ayrim bo'g'inlarni, balki qilinayotgan sarf-xarajatlarni deyarli oqlamayotgan ayrim idoralarni ham saqlab qolish qay darajada maqsadga muvofiq, degan masalani qayta ko'rib chiqish payti keldi.
5. Institutsional o'zgartirishlar natijasida vujudga keltirilgan davlat boshqaruvining iqtisodiy strategiya va siyosati
O'zbekistonda institutsional o'zgartirishlarning amalga oshirilishi natijasida vujudga keltirilgan davlat boshqaruvi tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish bo'yicha iqtisodiy strategiya va siyosat ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Davlatning iqtisodiy strategiyasi uning siyosiy strategiyasini amalga oshirish uchun iqtisodiyotga davlatning aralashuvi mexanizmlari va ustuvorliklarining transformatsiyalashuvini belgilab beradi.
    • Iqtisodiy strategiya uzoq muddatli davr ichida davlat faoiiyatining yo'nalishi va uning amalga oshirish prinsiplarini ifodalaydi. Davlatning iqtisodiy siyosati uning strategik vazifalaridan kelib chiqib jamiyatda ishlab chiqarish, daromad va ne'matlarni taqsimlash jarayonlarini tartiblash uchun davlat tomonidan joriy davr ichida qo'llaniladigan chora-tadbirlar tizimini ifodalaydi.

Davlatning iqtisodiy siyosati
Tashqi iqtisodiy siyosat
Tarkibiy-investitsiyaviy siyosat
Agrar siyosat
Narx siyosati
Pul-kredit siyosati
Institutsional siyosat
Sanoat siyosati
Ijtimoiy siyosat
Moliyaviy, soliq-budjet siyosati

E`tiboringiz uchun rahmat !!!


Download 203.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling