Mavzu: iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda davlatning roli
Download 203.12 Kb.
|
Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi TAQDIMOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- E`tiboringiz uchun rahmat !!!
Mavzu:IQTISODIY RIVOJLANISHNI TAʼMINLASHDA DAVLATNING ROLIREJA:1
2
3
4
5
1. O'zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilish strategiyasining yaratilishi O'zbekistonda mustaqillik e'lon qilingandan so'ng ijtimoiy yo'naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyo-satga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Prezidentimiz Islom Karimovning asar hamda ma'razalarida O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li, iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda modernizatsiyalashning nazariy asoslari ishlab chiqilgan. Yurtboshimiz rahbarligida ijtimoiy yo'naitirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida mashaqqatli taraqqiyot yo'li bosib o'tildi. Prezidentimiz mustaqil taraqqiyot yo'li va galdagi vazifalarning mazmun-mohiyati, ahamiyati nuqtayi nazaridan bu yo'lni ikki bosqichga bo'lish lozimligini asoslab berdi.
2. Institutsional islohotlar va iqtisodiyotni tartibga solish tizimini shakllantirishning zarurligi va ahamiyati Mustaqillikka erishganimizdan keyin davlatimiz va uning ko'p millatli xalqi manfaatlariga muvofiq keladigan mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish imkoniyati tug'ildi. Bu vaqtda respublikamiz oldida o'ta muhim bo'lgan bir qator vazifalarni hal etish masalasi turardi. Birinchidan, yakkahokimlik tizimidan meros bo'lib qolgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish, ikkinchidan, mustaqil, demokratik jamiyatning mustahkam poydevorini yaratish va o'tish davriga xos muammolarni hal qilish. Respublikada yakkahokimlik, ma'muriy-buyruqbozlik tizimining amal qilishi iqtisodiyotni nochor ahvolga tushirib qo'ydi- Iqtisodiyotda ziddiyatlar kuchayib bordi, amaldagi xo'jalik yuritish mexanizmi esa mazkur ziddiyatlami bartaraf etishga noqobil edi. Bu holat jamiyat hayotida 60-yillardayoq yaqqol namoyon bo'la boshlagan edi. Iqtisodiyotning rivojlanish sur'ati keskin pasayib, sarf-xarajatlar ortib bordi. Rivojlanishning iqtisodiy vositalari va omillari amalda ishlamadi. Respublikamiz davlat mustaqilligini qo'lga kiritgandan keyin bu salbiy oqibatlarni tugatish va rivojlanish sari dadil qadam tashlash imkoniyatiga ega bo'lindi. Totalitar tuzumdan qolgan «meros»ning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish lozim, deb qaraldi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish iqtisodiy munosabatlarni yangilash, institutsional o'zgarishlarni amalga oshirish va boshqarishning tegishli strukturasini yaratishni talab etadi. Shuning uchun ham respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida boshqaruv tizimini isloh qilish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. 3. O'zbekistonda institutsional islohotlarning mohiyati va maqsadlari Institutsional o'zgarishlar jarayonida boshqaruv mexanizmlari takomillashtirilib borildi. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida esa ularning xususiyatlariga mos keladigan, xo'jalik yurituvchi subyektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning rivojlanishini rag'batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga keldi.
O'zini oqlamagan Davlat reja qo'mitasi o'rniga Davlat istiqbolini belgilash va statistika qo'mitasi tuzildi. Mazkur Qo'mita 1997-yildan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga aylantirildi. Hozirgi davrda bu vazirlik Iqtisodiyot vazirligi, deb ataladi. Narxlarni erkinlashtirish sharoitida Davlat narx qo'mitasi batamom tugatildi. Yakkahokim bo'lib olgan taqsimot idorasi - Davlat ta'minot qo'mitasi va uning vorisi — «O'zshartnomasavdo» o‘rniga yangi bozor strukturasi — Respublika ulgurji va birja savdosi aksiyadorlik uyushmasi tuzildi. 4. O'zbekistondagi ma'muriy islohotlarning asosiy yo'nalishlari O'zbekistondagi ma'muriy islohotlarning asosiy yo'nalishlari quyidagilarda o'z ifodasini topadi: Birinchidan, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning rolini keskin cheklash, davlatning boshqaruv tuzilmalari va ularning vazifalarini qisqartirish, davlat boshqaruv organlarini saqlab turishga sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirish zarur. Davlat vazifalari va vakolatlarini tobora ko'proq jamoat, nodavlat tashkilotlarga, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlariga o'tkazish kerak.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, ayrim tarmoq va hududiy boshqaruv tuzilmalarini qayta tuzish, birlashtirish, qisqartirish va tugatish asosida iqtisodi-yotni boshqarish tuzilmalarining samaradorligini ta'minlash. Bugungi kunda nafaqat ayrim bo'g'inlarni, balki qilinayotgan sarf-xarajatlarni deyarli oqlamayotgan ayrim idoralarni ham saqlab qolish qay darajada maqsadga muvofiq, degan masalani qayta ko'rib chiqish payti keldi. 5. Institutsional o'zgartirishlar natijasida vujudga keltirilgan davlat boshqaruvining iqtisodiy strategiya va siyosati O'zbekistonda institutsional o'zgartirishlarning amalga oshirilishi natijasida vujudga keltirilgan davlat boshqaruvi tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish bo'yicha iqtisodiy strategiya va siyosat ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Davlatning iqtisodiy strategiyasi uning siyosiy strategiyasini amalga oshirish uchun iqtisodiyotga davlatning aralashuvi mexanizmlari va ustuvorliklarining transformatsiyalashuvini belgilab beradi.
Davlatning iqtisodiy siyosati Tashqi iqtisodiy siyosat Tarkibiy-investitsiyaviy siyosat Agrar siyosat Narx siyosati Pul-kredit siyosati Institutsional siyosat Sanoat siyosati Ijtimoiy siyosat Moliyaviy, soliq-budjet siyosati E`tiboringiz uchun rahmat !!!Download 203.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling