Braziliya federativ respublika bo’lib,
u 26 shtat va 1 ta poytaxt federal
okrugidan tashkil topgan.
Qonun chiqaruvchi organi –
Milliy Kongress.
Asosiy siyosiy partiyalari :
Milliy tiklanish partiyasi
Demokratik harakatdagi partiya .
Sosial – Demokratlar partiyasi.
Liberal front partiyasi
Mehnatkashlar partiyasi
Braziliya 1500-yildan XIX asrgacha Portugaliya mustamlakasi bo’lib kelgan. 1888- yil qullik bekor qilingan. 1891-yil Braziliya qo’shma shtatlari tashkil topdi. Braziliya ADT (OAG) BMT, LAIX, LAES va Amazoniya paktiga a’zo.
Sanoati . braziliya sanoati ishlab chiqarish xajmiga ko’ra dunyoda 1-o’nlik mamlakatlari qatoriga kiradi. U rivojlanayotgan mamlakatlarning eng etakchisi, peshqadami, nihoyat tayanchidir.
Braziliya industrial- agrar mamlakatdir. Eng rivojlangan sanoat tarmoqlari: avtomobilsozlik (yiliga 1 mln avto ishlab chiqaradi); samolyotsozlik (“Embraer”dunyo bo’yicha 17% 3-o’rin); EHM, mikro va mini kompyuterlar (dunyoda AQSH, Yaponiya va Germaniyadan keyin 4- o’rinda);
Qora metallurgiya (yiliga 26 mln t. dunyo bo’yicha 7- o’rin);
Ximiya sanoati (yiliga 30 mln t. neft qazib oladi, chetdan 100 mln t. keltiradi.); kemasozlik, aerokosmika, o’rmon, engil sanoat tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati tarmoqlaridan: kofe sanoati, qand-shakar sanoati, konditer, sitrus, kakao, soya yog’i olish, tamaki sanoati kabilar.
Braziliyada yirik harbiy sanoat barpo etilgan. Hozirda fantalab sanoat tarmoqlari tez rivojlanmoqda. Dunyodagi eng yirik GES lar (Chitayku, Tukurui, Ksinda) shu mamlakatda qurilgan.
Braziliyada qishloq xo’jaligi yuksak rivojlangan bo’lib,
qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilish xajmi
bo’yicha u dunyoda 3- o’rinni egallaydi. Braziliya
dunyoda shakarqamish etishtirish bo’yicha (yiliga
250 mln t.), kofe etishtirish bo’yicha, banan etishtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |