Mаvzu: Iqtisodiy siyosat. Tashkilotlar sotsiologiyasi. Iqtisodiy ayirboshlash va qiymat o’lchovining ijtimoiy mohiyati. Reja


Download 169.07 Kb.
bet10/14
Sana17.06.2023
Hajmi169.07 Kb.
#1536943
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-mavzu sitrqi

Birinchisi - harakatlar va munosabatlar (funktsional va nofunk-tsional). Harakat va munosabatlarni tartibga solio tashkilotning rasmiy tarkibining muhim va murakkab funktsiyasidir.
Ikkinchisi - jamoaning asosi, maqsadi va vazifalari. Guruhlarning ko`p turlarida jamoaning maqsadi ko`pincha guruh tashkil bo`lgandan keyin paydo bo`ladi. Boshida guruh tashkil topadi, keyin esa odamlar aloqa predmetini, munosabatlar usulini, vaqtni birgalashib o`tkazish usullarini qidira boshlaydi.
Tashkilotda rasmiy guruh sifatida, guruh tashkil topishidan oldin jamoaning maqsadi bo`ladi. Aniq belgilangan maqsad, tashkilotga bo`lgan munosabatga va odamlar xulqiga yaxshi ta'sir etadi.
Uchinchisi – guruhda a'zolik. Birinchidan, tashkiliy a'zolik - erkin va ixtiyoriy; ikkinchidan - tashkilotga kirish cheklangan va senz bilan bog`liq. Tashkilotning a'zoligi ma'lum bir shartlarni bajarish yoki ularga rioya qilishni talab qiladi, tashkilotdan chiqib ketish esa ma'lum bir nooush oqibatlarga olib keladi.
To`rtinchisiguruhning imidji, ya'ni qiyofasi guruh rasmiylashgandan keyin, u rasmiy maqomga ega bo`ladi. Tashqi muhit guruhni odamlar birlashmasi deb qabul qiladi va u bilan ma'lum bir munosabatlarni o`rnatadi. «Tashqi muhit guruhni qanday qabul qiladi va qanday munosabatlar o`rnatadi», - degan savollarga javoblar ijtimoiy guruhning a'zolari uchun befarq emas.
Inson shaxsi uchun tashkilotning rasmiy tarkibi ikki qarama-qarshi ma'noni bildiradi.
Birinchi tomondan, u shaxsni bosadi va axborotni katta hajmdagi massa deb odam bilan qabul qiladi. Bu axborotni bilish, yodda tutish va hisobga olish lozim. Rasmiy tarkib nisonni soddalashtiradi va uning xulqini ijtimoiy me'yorlar bilan chegaralab qo`yadi.
Ikkinchi tomondan, rasmiy tarkib shaxsiy javobgarlikni pasaytiradi, shaxsga yordam beradi, uning xulqini belgilaydi va jamoada mumkin bo`lgan o`zboshimchalik va boshqarib bo`lmaydigan ijtimoiy muhitdan himoya qiladi.
Tashkilotning rasmiy tarkibiga odamning munosabati ijobiy yoki nisbiy bo`lishi mumkin.
III. Uzoq muddat yashaydigan guruh. Qisqa muddatga paydo bo`ladigan har xil diffuz guruhlarga nisbatan, tashkilot odatda uzoq muddat mavjud bo`ladi. Tashkilotni yashash muddatining ikki turi bor: ob'ektiv (haqiqiy, hozirgi momentga ko`ra) va sub'ektiv (rejalashtirilgan).
Tashkilot yashash muddatining birinchi turi bo`yicha guruh individlarining o`zaro moslashishi yuqori daarining o`zaro moslashishi yuqori daunday tashkilot nafaqat samarali, balki yangi qo`yilgan maqsadlarga faol yondashadi, muammolik holatlarni tezroq hal etadi. Qanchalik tashkilot uzoq yashasa, shunchalik u ko`p tajriba orttiradi.
Rasmiy tarkibning boshlang`ich bosqichida mehnat jamoasi uni asosan mensimaydi, nazariga ilmaydi. Keyinchalik esa boshga tushgan kechinmalar, muammolar va oavf-xatar ta'sirida jamoa a'zolari ko`proq rasmiyatchilar bo`lib qoladi va faqatgina keyinchalik, balog`atga yetganda, jamoa o`z tashkilooining rasmiy optimal darajasini «topadi».
Tashkilot yashash muddatining ikkinchi turi bo`yicha (sub'ektiv yashash muddat turi) xodimlar o`z tashkilotining yashash muddatini uzoq muddatga rejalashtiradi.
IV. Referent va noreferent guruhlar. Shaxsni guruhga bo`lgan sub'ektiv munosabatini sotsiologiyada referent va noreferent guruhlar tushunchasi belgilaydi. Guruhning referentligi - bu odamning guruhni qabul qilishi. Guruh esa, o`z navbatida, uni qanoatlantirishi kerak va uning uchun optimal va etalon bo`lishi lozim. Bunday guruh a'zosi inson bo`lishni xohlaydi.
Tadqiqotlarga asosan, odamlar nafaqat ish haqi bilan qiziqadi, balki o`ziga mos tashkiliy va mehnat munosabatlarda ehtiyoj sezadi va tartibsizlikka nisbatan tanqidiy yondashadi.
Tashkilotning noreferentligiga odamlarni quyidagi tipik reaktsiyalarini kiritish mumkin:

  • intizom, tashkiliy va mehnat munosabatlari yaxshiroq bo`lgan boshqa tashkilotlarga ketish;

  • o`z tashkilotini tuzish va yuksak maqsadlarini unda joriy etishga intilish;

  • yakka tartibdagi mehnat faoliyatiga intilish.


Download 169.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling