Mavzu: iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni
Download 27.16 Kb.
|
Mavzu iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy tahlilning predmeti va uning boshqa fanlar bilan aloqasi
Mavzu: iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni MAVZU: IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNIREJA Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida tahlilning tutgan o’rni, ahamiyati va vazifalari Iqtisodiy tahlilning predmeti va uning boshqa fanlar bilan aloqasi3. Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan axborot manbalari va ularni tahlilga tayyorlash. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida tahlilning tutgan o’rni, ahamiyati va vazifalari Mamlakatimizda iqtisodiy sohada islohotlarni chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu esa, iqtisodiyot tarmoqlarini iqtisodiy va moliyaviy faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qilish asosida ichki xo‘jalik imkoniyatlaridan unumliroq foydalanishni, ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda sifat ko‘rsatkichlarni muttasil yaxshilab borishni taqozo etadi. Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: «2011 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi – bu islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, 2009-2010 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini so‘zsiz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir»1. Shu munosabat bilan talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” nomli asarida keltirilgan materiallar, qoidalar va xulosalarni puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondoshishlarini ta’minlash fanni o‘rganish oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlili xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini yaxshilashda va ularni samaradorligini oshirishda muhim shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi. U xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish darajasini, foydalanilmagan ishlab chiqarish rezervlarini aniqlashda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni kelgusida moliyaviy holatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish imkonini yaratadi. Auditorlik tashkilotlari oldiga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo‘jalik, shuningdek ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirish, xususiy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, sub’ektlar o‘rtasida hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘yish hamda debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish, byudjet bilan soliq va boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisoblashishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan maslahatlar berish va boshqa malakali xizmatlar ko‘rsatish masalasini dolzarb qilib qo‘yadi. Shularni e’tiborga olganda, auditorlik tashkilot (auditor) lar xizmatiga ehtiyoj oshmoqda. Download 27.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling