Mavzu: iqtisodiy taraqqiyotda pulning ro’li


Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi


Download 15.22 Kb.
bet4/5
Sana31.03.2023
Hajmi15.22 Kb.
#1314446
1   2   3   4   5
Bog'liq
pul tizimi va uning mazmuni

Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi

  • Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi
  • Pul tizimining barqarorligi va elastikligi prinsipi. Pul tizimining barqarorligi deganda pulning barcha funksiyalarini to’liq bajarilishini ta’minlash tushuniladi. Pul tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan talabini o’zgarishiga o’z vaqtida javob bera olishiga aytiladi.
  • Muomalaga chiqarilgan pullarning ta’minlanganlik prinsipi. XX asrning 70-yillariga qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta’minlanar edi. Muomaladagi har bir AQSh dollari 1$=0.88 gramm sof oltin asosiga ega edi. 1 unsiya = 35$ bahoda almashtirib berdi. 1 unsiya = 31.1 gramm sof oltinga teng. Milliy valyutaning oltin bilan ta’minlanishi baho masshtabi deb ataladi. 1976-1978 yillarda bo’lib o’tgan Yamayka jahon valyuta tizimida oltinni demonitizatsiya qilish tugatildi. Bu oltindan to’lov vositasi sifatida foydalanishni ta’qiqlash. Natijada baho masshtabi dunyo mamlakatlarida bekor bo’ldi, eng oxirgi davlat Shvetsariya baho masshtabini 2011-yilda bekor qildi. Hozirgi davrda muomalga chiqarilayotgan pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta’minlanadi.
  • Pul aylanmasini rejalashtirish va prognoz qilish prinsipi.
  • Pul aylanmasini nazorat qilish prinsipi

Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va tanga muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul zimlariga bulinadi.

  • Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va tanga muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul zimlariga bulinadi.
  • Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (kupincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan xam tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan.Parallel valyuta tizimida ikki metall qiymati stixiyali, metallning bozor bahosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar orasidagi mutanosiblikni o`rnatib qo`ygan. Oltin va kumush tangalarning chiqarilishi va ularning axoli tomonidan qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan.
  • Bimetallizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo’lib G’arbiy Yevropaning qator mamlakatlariga esa XIX asrgacha yetib kelgan. 1865 yili Fransiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya mamlakatlari bimetallizmni xalqaro sulh - Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga urinishgan. Tuzilgan konvensiyada ikkala metalldan ham 5 frank va undan yuqori qiymatli tangalarni chiqarish, oltin va kumush o’rtasida 1:15,5 qiymat mutanosibligini o’rnatish shartlari ko’zda tutilgan.
  • Biroq, bimetallik pul tizimining qo`llanilishi rivojlangan kapitalistik xo`jalik extiyojlariga mos kelmasdi, chunki qiymat o`lchovi sifatida bir vaqtning o`zida ikki metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funksiyasi tabiatiga to’g’ri kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bo`lib faqat birgina tovar xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat ularning bozor narxiga to’g’ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo’qotishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya’ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan.

Download 15.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling