Mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasida ijtimoiy siyosatning o'rni Reja: Kirish Asosiy qism


Download 442.44 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi442.44 Kb.
#1567265
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasida ijtimoiy siyosatning o\'rni

«Inson resurslari » tushunchasi XX asrning oxirlarida yuzaga keldi. Bu davrda yirik korxonalar kadrlarga ehtiyoj seza boshladi. Kadrlar tayyorlashni rejalashtirish va ulardan samarali foydalanish yo‘llarini izlab topish harakati kuchaydi. Har bir xodimning qobiliyatini oshirish maqsadida katta mablag’lar ajratila boshlandi. Ishchi kuchining tarkibi va unga qo'yiladigan talablar oshib bordi. Ishchilarda yuqori egiluvchanlik, turli imtiyozlarga moyillik, kasbiy tayyorgarlik va kompyuterlashgan ishlab chiqarishda ishtirok etish ishtiyoqi paydo bo‘ldi. Fan-texnika taraqqiyotining tezlashishi iqtisodiyotda ham tub burilishlar yasadi. Inson texnologik jarayonlarni nazorat qiluvchi va tartibga soluvchiga aylandi. Undan yangi bilimlarni egallash, kasbiy malakasini oshirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faollik va tashabbuskorlik talab etila boshladi.
Inson resurslari — odamlardir. Ular faqat moddiy ne’matlar yaratibgina qolmay, ne’matlarni iste’mol ham qiladilar. Odamlar o'zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan bir xil emaslar. Bunga ularning jinsi, yoshi, sog’lig’i, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi va boshqa ijtimoiy, psixo-fiziologik sifatlari sabab bo‘ladi. Shuning uchun biri ikkinchisiga o‘xshamaydi.
Mehnat sohasida odamlarning muhim ehtiyojlari amalga oshadi, lekin hamma ehtiyojlari ham ro‘yobga chiqavermaydi. Shu boisdan inson mehnatidan samarali foydalanish uchun uning shaxs sifatidagi talablarini ham esda tutish muhimdir. Boshqacha aytganda, iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishi shuni taqozo qiladiki, murakkab xo‘jalik mexanizmining amal qilishi inson resurslarining sifat darajasi bilan belgilanadi. Har qaysi fuqaro, har qaysi inson jamiyat taraqqiyoti va uni yangilashga bo‘lgan o‘z munosabati va o‘rnini aniqlab olishi zarur.
Inson resurslari nazariyasi inson omilining korxonadagi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari yig’indisidan tashkil topgan. Rivojlanish va taraqqiyot natijasida, iqtisodiy hayotning sub’ekti sifatida inson to‘g’risida «ishchi kuchi», «inson omili», «inson resurslari», «inson kapitali» tushunchalari yuzaga keldi. Ushbu kategoriyalarni alohida ko‘rib chiqsak, ularning mazmunini ham ochib bergan bo’lamiz. Fan-texnika taraqqiyoti inson resurslariga sifat jihatidan yangicha yondashuvni talab etadi.
Har qanday mamlakat asosini unda mavjud bo‘lgan aholi tarkibidagi inson resurslari soni tashkil etadi. Inson resurslari jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo‘lib, mehnat jarayonida moddiy ne’matlar va xizmatlarni yaratadilar. Ularda jamiyatning mehnatga bo’lgan ijtimoiy qobiliyati jamlangan bo‘ladi.
Inson resurslari tarkibiga ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan ayrim shaxslar (uy bekalari, talabalar) ham kiritilishi mumkin. Bu tarkib mehnat zahiralarini tashkil etadi. Ulardan kelajakda foydalanish mumkin.
Jamiyatning inson resurslari demografik, tarmoq, kasbiy daraja va hududiy ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi. «Ishchi kuchi» va «mehnat resurslari» tushunchalari bir xil mazmunga ega emas. Chunki mehnat qobiliyat va ko‘nikmasiz amalga oshirilmaydi. Inson qobiliyati faqat mehnat jarayonida ro‘yobga chiqadi. Ishchi kuchi esa insonlarning qobiliyat salohiyatini aks ettiradi.
Inson resurslarining ishchi kuchiga aylanish jarayoni bir qancha bosqichlarni bosib o‘tadi. Dastlabki bosqichda mehnat resurslari ishchi kuchining salohiyatli qismi bo‘lib, ular mehnat vositalari va qurollari bilan ishlash tajribasini orttirgan.

––––––––––––


Mamatov A.A., Mamatov S.A., Saidgazieva S.S., Abulkasimov H.P., “Iqtisodiy xavfsizlik”. Darslik. –Toshkent 2022. 732 bet.
Ikkinchi bosqichda esa mehnat resurslari ish joylariga taqsimlanadi. Shu tariqa jismoniy va aqliy qobiliyatlaming mehnat jarayonida sarflanishi ro‘y beradi. Mehnat resurslari bu jarayonda ishchi kuchiga aylanadi.
Uchinchi bosqichda ishchi kuchi vaqt sarflab, moddiy ne’mat yaratadi va bu ne’mat iste’mol qiymatiga ega bo'ladi. Ishchi kuchi mehnat faoliyatini to'xtatishi bilan yana mehnat resursi tusini oladi. Shu sababli mehnat resursi mehnat salohiyatidan o‘z mehnati bilan ishlab chiqarishda ishtirok etish imkoniyatiga ko‘ra farqlanadi. «Mehnat salohiyati», «ishchi kuchi», «mehnat resurslari» tushunchalari bir-biridan farq qiladi.
Bozor iqtisodiyoti jarayonida respublikada inson resurslaridan oqilona foydalanish uchun, Farg’ona vodiysidagi aholining zichligidan kelib chiqadigan va aksincha, shimoliy va g’arbiy zonalarda ishchi kuchining yetishmasligi bilan bog’liq muammolar o‘z yechimini topishi zarur. Buning uchun aholi zich yashaydigan hududlarda mehnatni ko‘proq talab qiladigan qo'shimcha sanoat korxonalarini joylashtirish maqsadga muvofiqdir.


  1. Download 442.44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling