Mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasida ijtimoiy siyosatning o'rni Reja: Kirish Asosiy qism


O‘zbekistonda inson resurslaridan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari


Download 442.44 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi442.44 Kb.
#1567265
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasida ijtimoiy siyosatning o\'rni

4. O‘zbekistonda inson resurslaridan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari.
Bozor munosabatlariga o‘tishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat xo‘jalik subyektlari faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarga ziyon keltirilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Ushbu maqsadlarda davlat, eng avvalo, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko‘paytirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobatbardoshligini rivojlantirish, fond bozori, yer va ko‘chmas mulk bozorlarini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak.
Ilg‘or mamlakatlar asosan iqtisodiyotni «rivojlantirish»ga mo‘ljal olib, sezilarli (katta) muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritmoqdalar.
Xitoy, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha jahon hamjamiyatidagi yetakchilar sirasiga kirdi va bu davlat, jamiyat, insonning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratadi.
Ma’lumot uchun: 2016- yilda YAIMning nominal hajmi 61,8 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilda 249,0 trillion so‘mni tashkil etgan.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi «Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamiz» bo‘lib, inson, jamiyat va davlatning muhim manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Sababi bu milliy iqtisodiyot o‘sishining yuqori sur’atlari va investitsiya resurslariga kuchayib borayotgan talabni qondirishga xizmat qiladi.
Milliy manfaatlarni amalga oshirish mamlakatni iqtisodiy suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan izchil iqtisodiy o‘sish orqali ta’minlanadi. Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy xavfsizlikning muhim sharti hisoblanadi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo‘yicha ro‘y bermaydi.
Shu ayonki, har qanday jamiyatda o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish va farovon yashash uchun iqtisodiy o‘sish yuz berishi kerak. Iqtisodiy o‘sish deganda, iqtisodiy ravnaq, ya’ni iqtisodiyotning dinamik rivojlanishi bo‘lib, yaratilgan tovarlar va xizmatlarning ko‘payib borishini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o‘zgarishlari shaklida ham namoyon bo‘ladi.
Shu bois ham, Harakatlar strategiyasi iqtisodiy o‘sishning «sifati»ni oshirish maqsadini ko‘zlagan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy o‘sishning insonga xizmat qilishining ahamiyatiga to‘xtalar ekan shunday deydi: «Hammamizga ayonki, o‘sish sur’atlari – bu shunchaki bir maqsad emas. Bunday o‘sish avvalo xalqimizga, har bir fuqaroga qanday naf yetkazishi, uning dasturxonida, kundalik hayotida aks etishi biz uchun muhim masala» . bo‘lib qoladi.
Shunday ekan, iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi milliy mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Darhaqiqat, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi shaxs, jamiyat va davlatning muhim manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.
Biroq, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: «Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko‘ra, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha O‘zbekiston dunyo reytingida 187 mamlakat o‘rtasida 134-o‘rinda turibdi. Vaholanki, O‘zbekiston juda boy tabiiy resurslarga, katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan davlat. Yurtimiz zaminida oltin, kumush, mis, uran, neft, tabiiy gaz, ko‘mir kabi tabiiy qazilma boyliklarning katta zaxiralari mavjud. Umuman, Mendeleevning kimyoviy moddalar jadvalidagi barcha elementlarni mamlakatimizdan topish mumkin» .
Darhaqiqat, dunyo mamlakatlari reytingida bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston ham 187 ta mamlakatlar ichida 134-o‘rinda turishi ham quvonarli ko‘rsatkich emas. Agar aholi sonining oshib borishi va har bir kishining tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabi oshib borishini hisobga olsak, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni jadal rivojlantirish o‘ta jiddiy va dolzarb hayotiy masala ekanligi hammaga ayon bo‘ladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish va aholining ularga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, jumladan, maqbul narxlar bo‘yicha keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan xalqimizni to‘liq ta’minlash oldimizda turgan muhim vazifalar qatoriga kiradi» , deb ta’kidlashlari O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish» vazifasi qo‘yilgani muammoning jiddiyligidan dalolat beradi.
2021- yil 12- sentyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakati-miz iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda: «iqtisodiy o‘sish – bu, birinchi navbatda, yangi korxonalarni qurish va kengaytirish, yo‘l- transport, ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, inflyasiya va narxlarni jilovlash hamda odamlarni ish bilan ta’minlash deganidir», deb ta’kidlaydi.
Shuni ta’kidlash muhimki, ko‘plab mamlakatlar statistikasi miqdor indikatorlariga asoslanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barqaror rivojlanishni maqsad qilgan davlatlar yaqin istiqbolda quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim:

––––––––––––


Iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazialar natijadorligi tahlil qilindi// Xalq so’zi. 2018- yil 13- sentabr.
- samarali va raqobatbardosh ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va istiqboli yo‘q, eskirgan ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yish;
- tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiyot infratuzilmalarini rivojlantirish;
- iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash;
- mavjud ilmiy texnika salohiyatining eng qimmatli elementlarini saqlash;
- iqtisodiyot tarkibining deformatsiyalashuviga barham berishda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalgam oshirish, ishlab chiqarish tarkibini to‘lovga qodir talab bilan uyg’unlashtirish;
- korxonalarning bozor sharoitlariga moslashuvini tezlashtirish;
- eksport salohiyatini diversifikatsiyalash;
- ekologik xavfsizlikni ta’minlashni oshirish.


Xulosa
Bozor iqtisodiyoti jarayonida respublikada inson resurslaridan oqilona foydalanish uchun, Farg’ona vodiysidagi aholining zichligidan kelib chiqadigan va aksincha, shimoliy va g’arbiy zonalarda ishchi kuchining yetishmasligi bilan bog’liq muammolar o‘z yechimini topishi zarur. Buning uchun aholi zich yashaydigan hududlarda mehnatni ko‘proq talab qiladigan qo'shimcha sanoat korxonalarini joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini ishlab chiqish, unga siyosiy va xo‘jalik qarorlarini qabul qilish jarayonida normativlik xususiyatini berish, ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mexanizmiga tahdidlarning paydo bo‘lganidan xabar beruvchi indikatorlarni kiritish, ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali choralar — bularning hammasi davlat siyosatining yo‘nalishlarini tashkil etadi.
Xulosa qilib ta’kidlash kerakki, jahon iqtisodiy rivojlanishining hozirgi holatiga jamiyat xo‘jalik faoliyatining har qanday sohasidagi va ishlab chiqarish munosabatlarining har qanday darajasida iqtisodiy xavfsizlik muammolarining mavjudligi xosdir. Bularning barchasi to‘la darajada respublikamizdagi vaziyatga ham taalluqli. Shuning uchun, bizningcha, jamiyatimiz iqtisodiy rivojlanishida iqtisodiy xavfsizlikning ustunligi umuminsoniy qadriyatlar bilan ham, O‘zbekistonning milliy xususiyatlari bilan ham ajralib turadigan ishlab chiqarish munosabatlari tizimining barcha tarkibiy qismlarida saqlanib qoladi.
Shuni aytib o‘tish joizki, iqtisodiy xafsizlikni ta’minlashda davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari Respublika Prezidenti rahbarligidagi Milliy xavfsizlik kengashi tomonidan amalgam oshiriladi. Xavfsizlik kengashi a’zolari mamlakat Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Uning tarkibiga Bosh vazir, Xavfsizlik kengashi kotibi, Tashqi ishlar vaziri, milliy xavfsizlik xizmati rahbari, mudofaa va ichki ishlar vazirliklarining rahbarlari kiradi. Kengash doirasida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha idoralararo doimiy komissiya faoliyat yuritadi. Ushbu komissiya Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining tegishli qo‘mitalari bilan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning qonunchilik bazasini takomillashtirish borasida hamkorlik qiladi, shuningdek, Xavfsizlik kengashiga iqtisodiy xavfsizlik sohasidagi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar, tavsiyalar ishlab chiqadi va bu boradagi turli vazirlik hamda muassasalar, hududiy boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga ko‘maklashadi.
Shu ayonki, har qanday jamiyatda o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish va farovon yashash uchun iqtisodiy o‘sish yuz berishi kerak. Iqtisodiy o‘sish deganda, iqtisodiy ravnaq, ya’ni iqtisodiyotning dinamik rivojlanishi bo‘lib, yaratilgan tovarlar va xizmatlarning ko‘payib borishini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o‘zgarishlari shaklida ham namoyon bo‘ladi.


Download 442.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling