Mavzu: Iqtisodiyot modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik foliyatini takomil-lashtirish istiqboli mundarija
Download 0.62 Mb.
|
Iqtisodiyot modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik foliyatini
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2010-yilda mamlakatimizda jami 950 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari tashkil etilgan bo’lsa, shundan qariyb 600 minggi tadbirkorlik hissasiga to’g’ri kelgan. 2011-yilda esa bir milliondan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi. Ta’kidlash joizki, yangi ish o’rinlarining 64 % dan ortig’i tadbirkorlik, xususiy tadbirkorlik va fermerlik rivojini rag’batlantirishni yanada kuchaytirish, xususan ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish, 28 % dan ziyodi esa yangi korxonalar tashkil etish, kasanachilikning turli shakllarini kengaytirish hisobidan yaratildi. 2011-yilda tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sohasida mamlakatimizning iqtisodiyotida band bo’lgan jami aholining 74,8 % i faoliyat ko’rsatdi. Quyidagi diagrammadagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, tadbirkorlik sub’ektlarining bandlikdagi ulushi 2000-yilda 49,7 % ni tashkil etgan bo’lsa, 2011-yilda bu ko’rsatkich 74,8 % ga yetdi yoki 2000-yilga nisbatan 25,1 % ga ko’paydi.bu esa tadbirkorlik sub’ektlarining aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o’rinlarini tashkil qilishdagi muhim o’rin egallashini ko’rsatmoqda. 3-diagramma Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning bandlikdagi ulushi 7 Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “…O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ma’qullangan 2012-yilda ish o’rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturi barchamizning diqqat markazimizda turishi zarur. Ushbu dasturga binoan 967 mingdan ziyod ish o’rni yaratish, ularning qariyb 600 minggini qishloq joylarda tashkil etish ko’zda tutilmoqda. Bunda tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hisobidan 480 mingdan ziyod kishini ishga joylashtirish, korxonalar bilan hamkorlikda mehnat shartnomalari asosida kasanachilikning turli shakllari, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 210 mingdan ortiq kishining bandligini ta’minlsh rejalashtirilgan. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasi doimo jiddiy e’tibor markazida bo’lib kelgan. Bu yil yurtimizda 516 ming nafardan ziyod o’quvchilar kollej va litseylarni tamomlaydi. Ularning aniq qayerga ishga joylashishini hozirdan aniq belgilab olish, korxonalar bilan aniq ishlab chiqarish amaliyotini o’tash va undan so’ng ishga qabul qilish bo’yicha shartnomalarning o’z vaqtida tuzilishini ta’minlashda bunday masalalarni alohida nazoratga olish lozim” 8 - deb ta’kidladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling