Mavzu: Iqtisodiyot modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik foliyatini takomil-lashtirish istiqboli mundarija


Tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari


Download 0.62 Mb.
bet5/10
Sana30.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1417349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiyot modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik foliyatini

1.2. Tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari.


Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik faoliyatining mamlakat iqtisodiyoti rivojida naqadar muhim ekanini yuqorida ko’rib o’tdik. Endigi masala tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy va huquqiy asoslari bilan tanishib chiqish. Tadbirkorlik faoliyatining tub mohiyati tadbirkorlik faoliyatiga borib taqaladi. “Tadbirkorlik faoliyati - tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” 8.
Mikrofirma va kichik korxonalar tadbirkorlikning asosiy sub’ektlari hisoblanadilar. Tadbirkorlikning ushbu sub’ektlari mamlakatimiz qonunchiligida ishchilar soniga ko’ra guruhlanadilar.
Bunday tartib mustaqillikning ilk yillaridan boshlab qonunchilikda belgilab qo’yilgan. Iqtisodiyotda band bo’lgan aholi sonining o’sishi sayin mikrofirma va kichik korxonalarda ishchilar soni ham ortmoqda. Quyidagi jadvalda mikrofirma va kichik korxonalarning ishchilar soniga ko’ra tasniflanishi ko’rsatilgan.
Ushbu qonuning 5-moddasiga asosan kichik tadbirkorlik sub’ektlari: - yakka tartibdagi tadbirkorlar (hodim yollab ishlatish huquqiga ega emas) yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs tomonidan tadbikrolik faoliyatining amalga oshirilishi;

  • oilaviy tadbirkorlar;

  • dehqon xo’jaliklari;

  • fermer xo’jaliklari;

  • ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan hodimlarining o’rtacha yillik soni 20 kishidan oshmagan mikrofirmalar;

  • quyidagi tarmoqlarning o’rtacha yillik hodimlari soni : fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan sohalar - 25 kishidan; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kime sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari - 50 kishidan; yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati - 100 kishidan oshmagan kichik korxonalardir.

3-jadval

Faoliyat tarmoqlari



Ishchilar soni

1998 yil 1 iyuldan

2004 yil 1 yanvardan

Mirofirmada

Kichik korxonada

Mikrofirmada

Kichik korxonada

Yonilg’i, oziq-ovqat, metallni qayta ishlash va asbobsozlik,
yog’ochni qayta
ishlash, mebel va
qurilish materiallari sanoatida

10 kishigacha

40 kishigacha

20 kishigacha

100 kishigacha

Mashinasozlik, metallurgiya,
yoqilg’i-energetika, kimyo sanoati,
qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini
yetishtirish va qayta ishlash, qurilish va
boshqa sanoat ishlab chiqarish tarmog’ida

10 kishigacha

40 kishigacha

20 kishigacha

50 kishigacha

Qishloq xo’jaligi

10 kishigacha

20 kishigacha

10 kishigacha

50 kishigacha

Ishlab chiqarishni boshqa tarmoqlari

10 kishigacha

20 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Fan va ilmiy xizmat

5 kishigacha

10 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Noishlab chiqarish

5 kishigacha

10

10 kishigacha

25

tarmoqlari




kishigacha




kishigacha

Chakana savdo

5 kishigacha

10 kishigacha

5 kishigacha

25 kishigacha

Ulgurji savdo

5 kishigacha

10 kishigacha

5 kishigacha

25 kishigacha

Xizmat ko’rsatish tarmog’i

5 kishigacha

10 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Transport

5 kishigacha

10 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Yuqoridagi jadvalda ko’rsatilishicha, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi 1987-sonli "Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga ko’ra mikrofirmalar va kichik korxonalarda ishlovchilar soni mos ravishda 5 kishidan 10 kishigacha va 10 kishidan 40 kishigacha faoliyatlar guruhlanar edi. Keyinchalik ushbu farmonga kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektor ulushini oshirish, ishlab chiqarish sohasida aholi bandligini to’laroq ta'minlash uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi 3305-sonli farmoniga asosan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilib, ishlovchilar soni 2-2,5 barobar oshirildi. Unga ko’ra, hozirda mikrofirmalarda, agar ular ishlab chiqarish tarmoqlarida faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, band bo’lgan hodimlarning o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yigirma kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan hodimlarning o’rtacha yillik soni ko’pi bilan o’n kishidan, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlarida esa band bo’lgan hodimlarning o’rtacha yillik soni ko’pi bilan besh kishidan oshmasligi lozim.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling