Mavzu: Iqtisodiyot modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik foliyatini takomil-lashtirish istiqboli mundarija
Tadbirkorlik korxonalarini kreditlash “Agrobank” OATB misolida
Download 0.62 Mb.
|
Iqtisodiyot modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik foliyatini
2.2. Tadbirkorlik korxonalarini kreditlash “Agrobank” OATB misolidaO'tgan yillar davomida mamlakatimiz iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o'sdi, bank tizimi likvidliligini yanada mustahkamlash, uning barqarorligini kuchaytirish bo'yicha katta ishlar amalga oshirildi. Banklarning kredit va investitsiya faoliyatida ham ijobiy o'zgarishlarga erishildi. Yildan yilga iqtisodiyotning real sektoriga yo'naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi ortib bormoqda. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarda davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari dasturilamal vazifasini o'tamoqda. Bugungi kunda yurtimiz iqtisodiy ko’rsatkichlarining o’sib borishida "Agrobank" ochiq aksiyadorlik tijorat bankining ham ulkan hissasi bor desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. 2011 yil davomida Agrobank tomonidan mamlakat iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqib belgilangan vazifalarni bajarish, bankning kapitallashuvi va investitsiyaviy faolligini yanada oshirish, iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini yanada kengaytirish, yangi ish o’rinlarini tashkil etish bo’yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bankning kapitallashuv darajasini oshirish, aholi va xo’jalik sub’ektlarining bo’sh pul mablag’larini jalb qilishni kengaytirish maqsadida 2011-2015 yillarga mo’ljallangan dastur ishlab chiqilib, parametrlar belgilandi. Ushbu dastur doirasida 11,2 mlrd. so’mlik aksiyalar emissiya qilindi va to’liq joylashtirilib, ustav kapitali 126,2 mlrd. so’mga yetkazildi. Bank resurs bazasi 1 trln. 561 mlrd. so’m, aktivlar 1 trln. 666 mlrd. so’mni tashkil etdi. Hisobot yilida aholining 92,6 mlrd. so’mlik bo’sh pul mablag’lari omonatlarga jalb etilib, ularning miqdori yil boshiga nisbatan 140 %ga o’sishiga erishildi. Muomalaga chiqarilgan 85,4 mlrd.so’mlik depozit sertifikatlarni joylashtirildi. Agrar kompleksni moliyaviy qo’llab-quvvatlash, sanoatda ishlab chiqarishni ko’paytirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, fermer xo’jaliklarini moliyalashtirishga asosiy e'tibor qaratilib, 1 trln. 384 mlrd. so’mlik kreditlar ajratildi. O’tgan yil davomida bank tomonidan tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llabquvvatlash uchun 355,4 mlrd. so’mlik kreditlar ajratildi. Dehqon va fermer xo’jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashni yo’lga qo’yish maqsadida 2011 yilda 46,7 mlrd. so’m kreditlar ajratildi. Bank mablag’lari hisobiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan faoliyatini qo’llab-quvvatlash, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish orqali 51 255 ta ish o’rinlari tashkil etildi. Bugungi kunda tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik o’zining respublika iqtisodiyotidagi o’ta muhim hamda salmoqli hissasi bilan alohida o’rin egallaydi. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlashga oid farmon va qarorlarning ijrosini ta'minlash borasida Agrobank juda katta miqyosda ishlarni amalga oshirmoqda. Bank tomonidan kredit mablag’lari iqtisodiyotning real sektorlariga, shu jumladan aholi uchun zarur bo’lgan istemol mahsulotlari ishlab chiqaradigan ixcham minitexnologiyalarni sotib olish hamda xizmat ko’rsatishni rivojlantirishga ajratilmoqda. 7-diagramma Agrobank tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlarning o'sish dinamikasi (mln.so’mda) 12 Diagrammada ko’rsatilishicha Agrobank tomonidan hisobot yiliga ya’ni 2011-yilga tadbirkorlik sub’ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlarning qiymati 355473 mln.so’mni tashkil etgan. O’tgan 2010yilga nisbatan bu salkam 1,5 baravar ko’pdir. 2007-yilda berilgan kreditlar miqdori 29752 mln so’mni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkichni 2011-yil bilan solishtirganimizda, 2011- yilda 2007-yilga nisbatan deyarli 12 baravar oshganini ko’rishimiz mumkin. Bu albatta tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan imkoniyatlardan dalolatdir. Berilgan mikrokreditlar 82,4 mlrd. so’mni tashkil etib, 2010-yilga nisbatan 25,2 mlrd. so’mga yoki 1,4 barobarga o’sdi. Ajratilgan mikrokreditlar hisobiga 11637 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Shu asosda 2011-yil “Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan bank tomonidan o’tgan yil davomida tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 355,5 mlrd. so’mni tashkil etdi. Belgilangan reja 123 % ga bajarildi. Bu ko’rsatkich 2010-yilga nisbatan 72,1 mlrd. so’mga yoki 125 % ga oshdi. Ushbu kreditlar hisobiga 51255 ta ish o’rinlari yaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047sonli qarori talablarini bajarish maqsadida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlash yuzasidan 86,5 mlrd. so’m kreditlar ajratildi va 12128 ta yangi ish o’rinlari yaratildi, aholining nooziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida 67,4 mlrd. so’m kredit ajratildi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling