Mavzu: Iqtisodiyot modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik foliyatini takomil-lashtirish istiqboli mundarija
Download 0.62 Mb.
|
Iqtisodiyot modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik foliyatini
XulosaMamlakatimizda xususiy sektorning ulushi tobora ortib bormoqda. Bu borada Respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlar samara berayotganligini ko’rib o’tdik. Mavzuni o’rganish davomida olingan natijalarga ko’ra, olingan ilmiy xulosalar quyidagilardan iborat: Tijorat banklarining tadbirkorlikga berayotgan moliyaviy ko’maklarini yil sayin kengaytirib borish iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini orttirishga qaratilgan tub islohotlar ko’rinishiga aylantiradi. Mavzuni o’rganish davomida shu narsa ayon bo’ldiki, tadbirkorlarning kredit olish uchun hujjatlarni yig’ish bilan bog’liq xarajatlarini kamaytirish, tijorat banklari kreditlarining jozibadorligini oshiradi. Joylarda aholining yangi mahsulot turiga bo’lgan talabini aniqlash tizimini joriy qilib, shu mahsulotlarni ishlab chiharishga ixtisoslashgan kichik korxonalarga alohida imtiyozli kreditlar berishni kengaytirish kichik tadbirkorlikning tobora rivojlanishiga turtki beradi. Tijorat banklari lizing xizmatlarining rivojlanishi tadbirkorlarga zamonaviy uskunalarni sotib olishlarida soliq va bojhona imtiyozlarini qo’llashni kengaytirish tartibotlarida namoyon bo’ladi. Tadbirkorlik subektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq muammolarga barham berish eng avvalo huquqiy bazaning mukammal yaratilishi sharoitida erishiladi. Budjetdan tashqari jamg’armalarning davlat budjeti mablag’lari hisobidan subsidiyalanishi tadbirkorlikni kreditlashda mazkur jamg’armalarning hissasini orttiradi. Tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlarning qaytmaslik muammosi kreditlar birlamchi ta'minot asosida qaytarilish imkoniyatining oshishi natijasida hal etiladi. Kichik korxonalarda hisob yuritish bazasining mukammal ishlab chiqilishi bankdan olgan kreditlarni qaytarishga qulaylik yaratadi. Garov ta’minotini to’g’ri tan olish va uni baholash kreditlarni to’liq qaytarilishiga olib keladi. Jahon amaliyotida kreditlarni ta'minlashning qulay garov turlarini mamlakatimiz amaliyotiga qo’llash, tadbirkorlarimizning garovni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarini kamaytirishga erishishimiz mumkin. Yirik va tadbirkorlik o’rtasidagi manfaatdorlik hissini uyg’otish, kichik korxonalarning to’xtab qolish holatlarini oldini olishda yordam beradi. Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga ta'sir qiluvchi beshta asosiy jarayonni ko’rsatish mumkin: davlat nazorati asosida davlat va biznes manfaatlarining muvozanatlashuvi, ro’yhatdan o’tkazishning sodda va tushunarli bo’lishi, soliq qonunchiligining barqarorligi, banklarning imtiyozli kreditlar bilan ta'minlashi, samarali eksport-import jarayoni. Kurs ishi davomida aytib o’tilgan takliflarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga amaliyotga tadbiq etilsa, o’ylaymizki bu tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling