3. Maxsus, oʻziga xos iqtisodiy qonunlar - alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida
amal qiladi. Masalan, qoʻshimcha qiymat qonuni.
Iqtisodiy qonunlarning yuqorida sanab oʻtilgan guruhlarini bir-biridan farqlash uchun
quyidagi shartli chizmadan foydalanamiz (1.3-rasm).
Rasmdan koʻrinadiki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bir necha bosqichlarni bosib oʻtib,
ularni 1, 2, 3, … va h.k. tartibida belgilangan. Yuqorida ta’kidlanganidek, maxsus iqtisodiy
qonunlar bu bosqichlarning har biri uchun alohida tarzda amal qilib, ular mazmunan bir-biridan
farqlanadi. Davriy iqtisodiy qonunlar esa taraqqiyotining bir necha (bizning chizmada 3 ta)
bosqichi uchun tegishli boʻladi va ularda amal qiladi. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik
jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarini qamrab olib, ularning har birida toʻliq amal qiladi.
1
2 3
4 5 … va hokazo
Do'stlaringiz bilan baham: |