3
Kirish.
Insonlarning cheksiz
ehtiyojlarini, cheklangan resurslardan oqilona
foydalangan holda qondirish –
“Iqtisodiyot Nazariyasi”
fanining asos
solinishiga sabab bo’lgan. Iqtisod so’zi Qadimgi Yunon tilidan
“Economics”
so’zidan olingan bo’lib,
“Oikos” –uy,
“Nomos” – qonun, umumiy holda
“Uy
xo’jaligin yuritish qoidalari” yoki
“Uy xo’jaligini boshqarish” degan ma’nolarni
bildiradi.
.
Iqtisodiyot nazariyasi faniga XVII asrda Yevropada asos
solingan, bu bozor
munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini
bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo bo’lgan
boʻlsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar
dastlab Sharqda, xususan, Markaziy
Osiyoda shakllangan. Bu oʻrinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon
Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek asarlarini eslash kifoyadir.
Iqtisodiyot nazariyasi dastlab "Siyosiy iqtisod" nomi bilan yuzaga kelgan. Bu
tushunchani birinchi marta
Antuan de Monkretyen oʻzining "Siyosiy Iqtisod
Xaqida Traktat" asarida qoʻllagan.
Antuan de Monkretyen va
Tomas Man
Iqtisodiyot nazariyasidagi
“Merkantilizm” oqimiga asos solishgan.
Ulardan soʻng “
Fiziokratlar maktabi” paydo boʻldi . Uning eng yirik namoyandasi
"Iqtisodiy jadvallar" kitobining muallifi Fransua Kenedir. Iqtisodiyot nazariyasi
tarixda eng nufuzli oʻrin egallagan oqim bu
“Klassik Siyosiy Iqtisod” boʻlib, uning
namoyandalari
Adam Smit va
David Rikardolar hisoblanadi
Bu maktab XVIII asr oxiri —XIX asrning boshlarida tanilgan va obroʻli oqim
hisoblangan. XIX asrning 2-yarmidan XX asr boshlariga
qadar Iqtisodiyot
nazariyasida
“Marjinalizm maktabi” asosiy oʻrinni egallab keldi.
Buning asosiy
vakillari
Karl Menger,
Fridrix fon Vizer, va
Uilyam Jevonslar hisoblanadi
XIX asrning oxiri va XX asr davomida Iqtisodiyot Nazariyasida 3 ta yoʻnalish
vujudga keldi:Birinchisi -
Neoklassik yoʻnalish boʻlib, uning oʻzi ham 2 gurxga
bo’linadi: 1)
Monetarizm deb nomlangan va namoyondalar
Alfred Marshall