Mavzu: Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy ilmiy oqimlar
Download 1.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Hasanboy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Merkantelizm va fiziokratizm – birinchi ilmiy iqtisodiy maktablar ekanligi Merkantilizm
- T. Men, A. Serra, A. Monkretyen
Milton Fridmenlar hisoblansa, 2)Neoliberalizm bo’lib, uning namoyondalari
Ludvig fon Mizes, Fridrix Avgust fon Xayek va Ludvig Erhardlardir. Ikkinchisi — Keynschilik yoʻnalishi boʻlib, uning yirik vakillari Jonn Meynard Keyns, Joan Robinson, Elvin Xansen va Poll Samuelson lar hisoblanadi. 4 Uchinchisi — institutsional ijtimoiy yoʻnalish boʻlib, uning koʻzga koʻringan vakillari Torsteyn Veblen, Jonn Rojers Komons, Uesli Kler Mitchelllardir. XXI asr boshiga kelib, Monetarizm maktabi ustuvorlikka ega boʻldi, chunki uning tavsiyalari koʻpchilik mamlakatlardagi iqtisodiy siyosatda oʻzining amaliy ifodasini topdi. 1.Merkantelizm va fiziokratizm – birinchi ilmiy iqtisodiy maktablar ekanligi Merkantilizm - Iqtisodiy tafakkur tarixida muhim yoʻnalishlardan biri boʻlib, hukmron hokimiyat va savdogarlar mafkurasini nazariy asoslashga xizmat qilgan. Kapitalning dastlabki jamgʻarilishi davrida davlatning xoʻjalik hayotiga faol aralashuvini yoqlovchi iqtisodiy siyosat. Merkantilizmning vujudga kelishi va rivojlanishi Buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik tizimining paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Merkantilizm, dastlab, qonuniy yoʻl bilan pulni koʻpaytirishga qaratilgan siyosatni targʻib qilgan. Xorijdan kelgan savdogarlarning pulni oʻz mamlakatiga olib ketishini taqiqlagan, savdodan tushgan pulga mahalliy sanoat mahsulotlarini xarid qilish zarur boʻlgan. Merkantilizm davlatning iqtisodiyotga faol aralashishini talab etadi. Merkantilizm taʼlimotiga koʻra, boylik ishlab chiqarishda emas, balki muomala sohasida yuzaga keladi va u aynan mamlakatdagi oltin, kumush va boshqa javohirlarda oʻz aksini topadi. Merkantilizm XV asrning 2-yarmidan rivojlana boshlab, XVII asrda ravnaq topdi va XVIII asrning 1-yarmiga qadar nufuzini saqlab keldi. Uning asosiy nazariyotchilari boʻlmish T. Men, A. Serra, A. Monkretyen faol savdoni targʻib qildi, yaʼni mamlakatdan tayyor sanoat mahsulotlarini boshqa joylarga olib borib sotish, bir mamlakatdan arzon bahoda tovar sotib olib, boshqa davlatga qimmat narxda sotish tamoyilini ilgari surdi. Merkantilizm mohiyatan oʻtkinchi taʼlimot boʻlishiga qaramasdan, uning gʻoyalari tovar-pul, moliya-kredit, savdo rivojiga muhim hissa qoʻshdi. Kapitalizmning paydo boʻlishi bilan merkantilizmning asosiy 5 qoidalari yangi iqtisodiy sharoitga mos kelmay qoldi. Merkantilizmning oʻrnigaga erkin iqtisodiy (proteksionizmga qarshi) faoliyatni nazariy asoslagan klassik siyosiy iqtisod maktablari vujudga keldi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling