Mavzu: Iqtisodiyotda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari Reja
Biznes tizimlarini ishlab chiqish va tadbiq etish
Download 26.55 Kb.
|
Axborot tizimlari.Temirov Abdullo.docx1
3. Biznes tizimlarini ishlab chiqish va tadbiq etish
Tizim tahlillari va loyihasi quyidagi usulladan foydalanadi: Tahlil usuli o‘rganish predmetini bo‘laklarga bo‘lib o‘rganishni nazarda tutadi. Sintez usuli esa predmetning o‘rganilgan bo‘laklarini birlashtirishni va tahlil natijalarini umumlashtirishni nazarda tutadi. Tahlil tadqiqot boshida amalga oshirilsa, sintez uni yakunlaydi Induksiya usuli - hususiy xodisalar hususiyatlaridan olingan fikr bildirishdan (ya’ni asosdan) umumiy xodisalar hususiyatlaridan olingan fikr bildirishni (ya’ni xulosani) keltirib chiqarish usulidir. Bunda hususiy fikr bildirish (asos) haqiqat deb faraz qilinadi. Deduksiya usuli – umumiy fikr bildirishdan (asosdan) hususiy fikr bildirishga (xulosaga) o‘tish usulidir. Bunda umumiy fikr bildirish (asos) haqiqat deb faraz qilinadi. Analogiya usuli – muayan predmetni o‘rganish natijasida hususiyatlar bo‘yicha olingan bilimlarni analogik predmetga qo‘llash usulidir. Saralab olish usuli – predmet uchun ob’ektning eng muhim bo‘lgan hususiyatlari, qismlari, ularning orasidagi munosabatlarini alohida ajratib olish va boshqa ahamiyatsiz hususiyatlari, qismlari va munosabatlaridan voz kechish usulidir. Ideallashtirish usuli – muayan predmetni o‘rganish natijasida real xayotda uchramaydigan, etalon yoki ideal sifatida ko‘riladigan modelni yaratish va uning hususiyatlarini real xayotda uchraydigan ob’ekt hususiyatlari bilan taqqoslash usulidir. Konkretlashtirish usuli – ob’ekt va predmet to‘g‘risidagi abstrakt, hamda ideallashtirilgan bilimlarni real hayotdagi xodisalar to‘g‘risidagi bilimlar orasidagi tafovutni kamaytirish usulidir. Tasniflash (klassifikatsiya) usuli – muayan ob’ektlar (elementlar) to‘plamidan muayan tasniflash alomati bo‘yicha tasniflar (klasslar, quyi to‘plamlar) ni tuzish usulidir. Tasniflash alomati – elementning hususiyati yoki tavsifidir. Alomatlar sifatiy va miqdoriy ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin. SODDA VA MURAKKAB TIZIMLAR. Tizim – bu elementlardan tashkil topgan ob’ekt. Ushbu ta’rif umumiy bo‘lib ham sodda, ham murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Murakkab tizim – bog‘langan elementlardan tashkil topgan va maqsadga intilayotgan ob’ektdir. Bu ta’rif faqat murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. azkurs.org 3. www.arxiv.uz 4. Axborot tizimlari ma’ruza matni 5. elib.buxdu.uz 6. hozir.org Download 26.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling