Mavzu: Iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida O’zbekistonda metallurgiya sanoatini rivojlantirish yo’llari


Metallurgiya sanoatiga yetishib chiqadigam kadrlar sifati


Download 0.8 Mb.
bet13/15
Sana09.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1180211
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Новый документ

3.2 Metallurgiya sanoatiga yetishib chiqadigam kadrlar sifati.

Yer shari xaritasiga nazar tashlab, unga ilmiy yondashadigan bo‘l­sak, uzoq mulohazaga, chuqur o‘yga toldiruvchi bir holatga tushish mumkin. Bugungi kunda mis metalini ishlab chiqarayotgan yirik mam­lakatlarni xaritada bir-biri bilan tutashtirib chiqsangiz, ulardagi o‘x­shash­lik, qan­daydir sirli mutanosiblik borligiga, ayniqsa, kimyoviy tar­kibi­ning o‘x­shash­ligiga hayron qolasiz. “Misli belbog‘” zonasini hosil qil­­gan bu mam­lakatlar haqida chuqur mulohaza yuritiladi.


Biroq hozirgi paytda dunyoda eng rivojlanib kelayotgan, xom­ashyo man­basidan mis ishlab chiqarish bo‘yicha oldingi o‘rinlarni egallab tur­gan mamlakatlar qatoriga Chili, AQSH, Yaponiya, Rossiya, Xitoy, Belgiya va “Misli belbog‘” nuqtalarida joylashgan Afrika qit’asi, Kanada va Qo­zo­g‘is­ton Respublikasini qo‘shsak, hech ham mubo­­lag‘a bo‘lmaydi. Bular ora­sida Yaponiya va Belgiya mamlakat­larini hisobga olmaganda, boshqa bar­cha mamlakatlar o‘z yurtlaridagi mis ashyosi manbaidan tashqari, chet­dan xomashyo olib kelib, qayta ishlash hiso­biga o‘z korxonalari unum­dorligini oshirmoqdalar. Rivoj­langan mam­la­kat­­larda 60% gacha olin­gan mis aynan ikkilamchi misli ashyolar, ya’ni chetdan keltirilgan ashyo­lar hisobiga to‘g‘ri keladi. Shvetsiya va Finlandiyani e’tiborga ol­ma­ganda, qolgan barcha G‘ar­biy Yevropa zavod­lari, asosan, tashqaridan kel­tirilgan ashyolarni qayta ishlashga mo‘l­jallangan. Bu diyorlarda, asosan, mis, oltin­­gugurt birik­masi, ya’ni sulfidli mis ashyosi qayta ishla­nayotgan bo‘lsa-da, lekin avval ta’kidlab o‘tilgan “Misli belbog‘” nuqta­la­ri atro­fidagi mam­lakat­la­r va AQSHda oksidli mis ashyolarini gidro­metal­lurgiya usuli bilan qayta ishlash natijasida ham qo‘shimcha mis metali olinmoqda. Dunyo­da sulfidli rudalarni deyarli bir xil usul bilan qayta ishlash yo‘lga qo‘yilgan, ya’ni


R uda→Maydalash→Boyitish→Eritish→Mis olish
Umumiy o‘xshash texnologiya hisoblangan deyarli bir xilli piro­metallurgiya usuli unchalik qimmatga tushmasa-da, asosiy sarf-xarajatlar rudani fabrikaga keltirish, maydalash va uni keng qo‘llanib kelinayotgan flotatsiya yo‘li bilan boyitishga ketadi. Boyitish natija­sida olingan mis boyitmasi tarkibida mis 10% dan 50% gacha bo‘ladi, go­hi­da polimetall shteyn yoki mis-nikelli faynshteynlardan misni nikeldan ajratib olishga to‘g‘ri keladi, buning natijasida olingan mahsulot tarkibidagi mis 60–70% gacha bo‘lishi mumkin.

Yuqorida qayd etilgan asarga murojaat qilib, ushbu satrlarni keltirsak: “O‘zbekiston o‘z yerosti boyliklari bilan haqli suratda faxr­lanadi – bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deya­r­­li barcha ele­mentlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarini o‘z ichi­ga oladi. Shundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi”1.




1Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sagasida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent: O’zbekiston, 1997. 230 bet.

G‘oyat muhim strategik manbalar – neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo‘yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo‘yicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo‘yicha 40, konchilik-kimyo xomashyosi bo‘yicha 15 ta kon qidirib topilgan.


Bir qator foydali qazilmalar (metall) bo‘yicha O‘zbekiston tasdiq­lan­gan zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDH mamlaka­tlari­dagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o‘rinlardan birini egal­laydi. Masalan, oltin zaxiralari bo‘yicha respublika dunyoda 4-o‘rinda, uni qazib olish bo‘yi­cha 7-o‘rinda, mis zaxiralari bo‘yicha 10–11-o‘rinda, uran zaxirasi bo‘yi­cha 7–8-o‘rinda turadi [1].


O‘zbekiston Respublikasining salohiyati juda yuqori. Ayniqsa, mus­ta­­qil­lik yillarida og‘ir sanoat, ya’ni konchilik sanoati tez sur’at­larda rivoj­lanmoqda. Qisqa tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bugun­gi kunda 2000 dan ortiq sanoat korxonalari ishlab turgan bo‘lsa, ular­dan 50% ga yaqini og‘ir sanoat tarmog‘iga mansubdir. Shulardan ko‘pchiligi, 1970–1980-yillarda yarim mahsulot holida olingan mah­su­lotlar boshqa respub­likalarda, xususan, Rossiyada tayyor holda olinar edi.


1926-yilda geolog V. N. Nasledov tomonidan Qoramozor tog‘la­ri­da bir qator konlarning topilishi bu hududda ilk ma’danli konlar­ning ochi­lishiga zamin yaratdi. 1925-yilda mineral xomashyoning turli xil­­larini qidirib topish va ularni o‘rganish ishlarini tezlashtirish maq­sadida Geolo­giya qo‘mitasining O‘rta Osiyo bo‘limi tashkil qilindi. Geologiyada ma­halliy aholiga suyangan holda tog‘ yo‘llarini, eski g‘or­larni, qadimiy kon­larni yaxshi biladigan tog‘lik aholi yordamida birin-ketin yaxshi natijalarga erishila boshlandi. 1929-yilda Samarqand viloyatida Langar molib­den koni ochilgan bo‘lsa, oradan 5 yil o‘tgach, shu konda volfram rudalari borligi aniqlandi. 1933–1934-yillarda geolog D. M. Bogdanovich Angren­dagi Jigariston hududida kaolin xom­­ashyo­si bo‘yicha qidiruv ishlarini amalga oshirish jarayonida ko‘mir zaxirasi borligini aniqladi. 1940-yilda G. S. Chekrisov bu kon­ning sanoat miqyosida xalq xo‘jaligi ahamiyatiga molik ekanligini aniqladi. Ora­dan 1–2 yil o‘tgan­dan so‘ng Angren ko‘mir havzalarida qurilish ishlari boshlab yuborildi.


Asrimiz boshida Toshkent viloyatiga qarashli bo‘lgan Angren ko‘miri O‘zbekiston ehtiyojining 58–60% ini qondirib kel­moq­da, ya’ni bir yilda o‘rtacha 3 mln.t.dan ortiq qazib chiqarilmoqda (2005-y.). Respub­lika­­mizda ko‘mir Angren konidan tashqari, Surxondaryo viloya­­tining Sharg‘un va Boy­sun konlarida ham 1950-yillar oxiridan boshlab yerosti usulida qazib olinmoqda.





Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling