Mavzu: Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozorning amal qilishi Kirish


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana06.10.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1693127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mehnat birjasi vositachilik vazifasini bajaradi, xaridor va sotuvchi nomidan 
ish yuritib ro’yxatga oladi. Yangi hunar o’rgatib malakasini oshiradi. 
Mehnat bozori tushunchasi yangi tizimga faqat ishsizlik tushunchasi bilan 
kirib kelmaydi, shuningdek ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimiga yangi sifatli 
elementlarni jamiyat va ayrim korxona darajasida olib kiradi. 
Mehnat bozorida mehnatga talab yig’indisi va taklif yig’indisi kesishsa 
mehnatga bo’lgan talab qondirilgan hisoblanadi. Ammo bunday muvozanat 
mavjud emas. Buning asosiy sababi – taklif qilingan mehnatga layoqatli aholisi 
sonining unga talab miqdoriga nisbatan tez o’sishidir. 


22 
Iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi tarkibiy o’zgarishlar hozirgi sharoitda 
mehnat bozorida ishchi kuchiga talab taklifning yangi harakatini belgilovchi eng 
muhim iqtisodiy shartlaridan biri hisoblanadi. Bular sanoat va xizmat ko’rsatish 
tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratishni va hududlarni ijtimoiy – iqtisodiy 
rivojlanishda sifat o’zgarishlarini asoslab beradi. Bunday sharoitlarda bir 
tomondan mehnat bozorining yangi infrastrukturasini ko’p sonli mehnat talab 
qiladigan tarmoqlari va ishlab chiqarish bo’g’inlarini qamrab olsa, boshqa 
tomondan iqtisodiyotning an’anaviy sektorlarida bozor munosabatlarini vujudga 
keltiradi va rivojlanadi. 
Mehnat bozori ko’p sektorli tuzilishga ega bo’lib, ishchi kuchini ishlab 
chiqarishga ta’siri, ular harakatlanishi va munosabatini namoyon qiladi. 
Mehnat bozorini shakllantirishda mehnat munosabatlari alohida ahamiyat 
kasb etadi. Hozirgi vaqtdagi sharoitni ko’rib chiqadigan bo’lsak tarmoqlar 
bo’yicha bandlik bir xil taqsimlanmaganligini ko’rishimiz mukin. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitidagi eng asosiy vazifa tarmoqlar bo’yicha mehnatni samarali 
ta’minlanishi uchun sharoit yaratib berishdir. 
Mehnat bozori bozor iqtisodiyotini tarkibiy qismidir, bunda ish beruvchilar 
va yollanma ishchilar qiziqishlari mos kelib, o’zaro kelishuv asosida ish 
yuritadilar. 
Mehnat bozorining tarkibiy qismi: Mehnatga taklif yig’indisi tushunchasida 
iqtisodiy aktiv aholi yollanma ish kuchi sifatida shakllanadi. 
Mehnatga talab yig’indisi esa – yollanma ish kuchiga umumiy extiyoj deb 
tushuniladi. Buni tashkil etuvchilar mehnat bozori yig’indisini tashkil etadilar. 
Mehnatga taklif yig’indisini shuningdek barcha mehnatga layoqatli axolining 
barcha kategoriyalari – ayollar, erkaklar, yoshlar va nafaqaxo’rlar tashkil etadi 
deb izoxlashimiz mumkin. Mehnatga talab yig’indisini – iqtisodiyotda mavjud 
bo’lgan ish joylari soni va uni strukturasini tashkil etuvchi mexanizm deb 
qarashimiz mumkin. 
Mexnatga samarali talab tushunchasi - bu iqtisodiy jixatdan maqsadga 


23 
muvofiq ish joylari soni va samarasiz xisoblangan ish joylari yig’indisidan iborat. 
Mehnatga samarali talab va taklif yig’indisi o’rtasidagi tafovut yashirin 
ishsizlikni keltirib chiqaradi. 
Mexnat taklifi – mavjud mehnat bozorida uning tarkibini tashkil etuvchi 
shaxslar – mehnat faoliyati bilan band bo’lmagan va ish qidirayotganlar, ish 
joyini o’zgartirmoqchi bo’lgan shaxslar, shuningdek bo’sh vaqtida ishlamoqchi 
bo’lgan shaxslar tashkil etadi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling