Mavzu: Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozorning amal qilishi Kirish
Bozor - iqtisodiy kategoriya sifatida: mohiyati, klassifikatsiyasi va
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Bozor - iqtisodiy kategoriya sifatida: mohiyati, klassifikatsiyasi va
rivojlanishi “Bozor" tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushuncha bo’lib hisoblanadi. Globallashuv (lotincha globus - yer kurrasi) atamasi jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Globallashuv jararyonining quyidagi bir nechta yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin: - mulkchilik munosabatlarining globallashuvi; - kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o‘tishi; - xo‘jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi; - xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi rolini rivojlanishi. Shuningdek, jahon xo‘jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylariga quyidagilarni keltirib o’tsak bo’ladi: 1) Turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi; 2) Boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi; 3) Ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi; 4) Turli mamlakatlarda aholi sonining o‘zgarishining farqlanishi. Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta'kidlab o‘tishimiz lozim. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. 5 Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo‘ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi. Bozor takror ishlab chiqarishning bitta fazasini, ya'ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa barcha fazalarini shu jumladan: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste'mol jarayonlarini ham o‘z ichiga oladi. Hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste'molchilarning ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ta'sirini bog‘laydigan bo‘g‘in hisoblanib, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta'minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozorning asosiy belgilariga quyidagilarni kiritishimiz mukin: - sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi; - ekvivalentlilik tamoyili asosidagi ayirboshlash; - sotuvchilarning xarajatlari qoplanib foyda olishi va pul to‘loviga qodir bo‘lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilikdan iboratdir. Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo‘lib, hozirgi davrda keng tarqalgan ob'yektiv iqtisodiy jarayondir. Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida pul orqali ayirboshlash ya’ni oldi-sotdi jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Unda oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo‘lgan xizmatlar bajariladi. Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam bo‘lsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi me'yoridan ortiqcha daromad olib, tez boyiydi yoki aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko‘radilar. Buning ustiga ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, 6 no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, zarar yanada oshib ketadi, chunki bozor bunday ortiqcha behuda sarflarni hisobga olmaydi. Bozor sub'yektlarini ikki guruhga bo’lib o’rganamiz: sotuvchi va xaridorlarga. Ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z sub'yektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste'molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste'molni bir-biriga bog‘laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste'molchisini topadi. Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo‘lib, u ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo‘li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o‘rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘ladilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta'minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y beradi. Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o‘zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta'minlaydi. Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko‘plab qo‘shimcha vazifalari ham keltirilganini ko’rishimiz mumkin. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun ularni maxsus chizma ko‘rinishida ifodaladik. (1.1-chizma). 7 Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi. Bozorning mazmunini to‘laroq tushunishimiz uchun uning turlarini va ichki tuzilishini bilishimiz zarur. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashda quyidagi asosiy mezonlarni asos qilib olishimiz mumkin: - bozorning yetuklik darajasi; - sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi; - bozor sub'yektlari xususiyatlari; - bozor miqyosi, - iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar. 1.1-rasm. Bozorning vazifalari. Bozorning yetuklik darajasiga qarab bozorlarni: rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo‘lishimiz mumkin. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko‘proq, tasodifiy tavsifga ega bo‘lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to‘g‘ri kelgan. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul Bozorning vazifalari Rag’batlantirish Tartibga solish Nazorat qilish Narxni tashkil qilish Vositachili k integratsiy alash Iqtisodiyotni sog’lomlashtirish Axborot berish Tejamkorlik Bozor sub’ektlarining manfaatlarini ro’yobga chiqarish. 8 inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, ya'ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo‘lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o‘rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo‘llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori - bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo‘ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o‘rtasidagi farqlar kamayadi. Darhaqiqat, globallashuvning zarurati mamlakatimiz tashqi savdodasida hamkor davlatlarning ahamiyati va integratsiyaning zaruratini o‘zida aks ettirmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlarini mustahkamlash, savdo munosabatlarnini erkinlashtirish blan birga kapital va ishchi kuchi xarakatini soddalashtirilishida integratsion jarayonlarning roli o‘zining dolzarbligini ko‘rsatmoqda. So‘nggi vaqtlarda Jahon Savdo Tashkiloti (JST), YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) haqida, unga mamlakatimizni qo‘shilish qo‘shilmaslik masalalari, umuman olganda xalqaro iqtisodiy integratsiyalarning foyda va zararlari xususida turlicha qarashlar paydo bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda. Iqtisodiy globallashuv – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari va texnologik taraqqiyotning natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallik bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari orqali) anglatadi. Bu tushuncha ba’zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning (texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab harakatini ifodalashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, globallashuv tushunchasi keng madaniy, siyosiy va iqtisodiy holat bilan bog‘liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. Bu 9 tushunchaning ishlatilishi XX asrning 80- yillarida ommaviy tus olgan bo‘lib, u o‘zida xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirishni soddalashtiruvchi va tezlashtiruvchi texnologik imkoniyatlarni aks ettirgan. U inson iqtisodiy faoliyatining turli darajalarida asrlar davomida amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining [1] milliy chegaralarni e’tiborga olmay uzluksiz kengayishini anglatadi. Bozorlar raqobat va ishchi kuchining ixtisoslashuvi orqali samaradorlikni rag‘batlantiradi, ya’ni insoniyat imkon qadar samaradorlikka intiladi. Global bozorlar insoniyatga jahon bo‘ylab ko‘proq va kattaroq bozorlardan foydalanish borasida kengroq imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu shuni anglatadiki, ular yanada ko‘proq kapital oqimi, texnologiya, arzon import va yirik eksport bozorlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Lekin bozorlar samaradorlikning oshishidan ko‘riladigan manfaatlarni barcha uchun teng taqsimlanishini kafolatlay olmaydi. Globallashuv kechagina sodir bo‘lgan voqelik emas. Ba’zi tahlilchilar jahon iqtisodiyoti 100 yillar oldin ham bugungi kundagidek globallashganligini e’tirof etadilar. XIX asr oxirlariga kelib, milliy daromad tarkibidagi tashqi savdo oqimining ulushi deyarli bugungi kundagidek edi, zero, kapital, transferlar nisbatan yirikroq, insonlarning ko‘chib o‘tishi darajasi immigratsiyaga to‘siqlarning mavjudligiga qaramay bugungi kunga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Lekin shuni tan olishimiz kerakki, bugungi kunda tijorat va moliyaviy xizmatlar avvalgi davrdagiga nisbatan ancha taraqqiy etgan va chuqur integratsiyalashgan. Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni hozirgi bosqichining asosiy farqli xususiyati zamonaviy elektron kommunikatsiyalari tufayli moliya bozorlarining yanada integratsiyalashganligidir. Globallashuv XX asrning oxirgi o‘n yilligida hukmron kuchga aylandi va o‘ziga xos yangi xususiyatlar kasb etdi: Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling