Mavzu: Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozorning amal qilishi Kirish
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasmiy mexnat
- 1.1- chizma. Mexnat bozori strukturasi . Mehnatga talab va taklif
Mexnatga talab – mavjud bozorda vakant ish joylarini to’lg’azish uchun,
shuningdek bir martalik ishlarni bajarish uchun ehtiyoj tashkil etadi. Mavjud mehnat bozorini tashkil etuvchi elementlar bilan tanishib chiqishmiz mumkin. Ochiq mehnat bozori – barcha iqtisodiy aktiv axoli hisoblanib, ish qidiruvchilar, qayta tayyorgarlik ko’ruvchilar, shuningdek vakant ish joylaridan tashkil topadi. Ochiq mehnat bozori rasmiy va norasmiy mehnat bozoridan iborat. Rasmiy mexnat bozori – bandlik xizmati tomonidan ro’yxatga olingan ish joylarini o’z ichiga oladi. Norasmiy mexnat bozori ish beruvchilar va ish qidiruvchilar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida xech qayerda ro’yxatdan o’tmagan ish joylarini o’z ichiga oladi. 24 1.1- chizma. Mexnat bozori strukturasi. Mehnatga talab va taklif Yashirin mehnat bozori bu xalq xo’jaligida band bo’lgan, lekin mahsulot xajmi qisqarishi yoki boshqa sabablarga ko’ra qisqartirilgan ishsizlardan tashkil topadi. Birlamchi mehnat bozorida faqatgina "yaxshi ishlar" ishtirok etadi. Birlamchi mehnat bozoridagi mavjud ishlarini quyidagi belgilari keltirib o’tamiz: - Ishchini barqaror bandligi; - Yuqori ish xaqi; - Karyera uchun imkoniyat; - Ilg’or texnologiyadan foydalanish va xizmat zinapoyasidan ko’tarilish uchun imkoniyatlar. Ikkilamchi mehnat bozori – bu yerda "yomon ishlar" ishtirok etadi. Ikkilamchi mehnat bozorini mavjud quyidagi belgilarini keltirib o’tamiz: 25 – beqaror bandlik; - kam ish xaqi; - xizmat zinapoyasidan ko’tarilishi uchun imkoniyat yo’q; - ishlab chiqarishdagi texnologiya ko’p mehnat talab qiladi. Ishsizlikni qisqartirish va bandlikni to’liq ta’minlash maqsadida mehnat bozorida faol siyosat o’tkazish kerak. Faol siyosatning mavjud quyidagi yo’nalishlarini keltirib o’tamiz : 1. Korxonalarda yangi ish joylari tashkil etish. 2. Ish xaqini oshirishdagi cheklashlar. 3. Nostandart xolatdagi bandlikni oshirish. 4. Ish vaqtini qisqartirish. 5. Nafaqa yoshiga chiqishni yoshini kamaytirish. Ishsizlik bilan kambag’allik tushunchasi o’zaro uzviy bog’langan. Kambag’allikka qarshi kurash - bu asosiy extiyoj uchun zarur bo’lgan konsepsiyani ishlab chiqishdan iborat. Ma'lumki, iqtisodiy faol aholining o‘z daromadini maksimallashtirish, doimiy yashash, o‘qish yoki uni davom ettirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga chiqish ko‘rsatkichlari o‘rganilganda, 2019 yil mart oyida uzoq muddatga chetga chiqqanlar umumiy soni Buxoro viloyati bo‘yicha 85032 kishini tashkil etgan, shundan, Buxoro shahri bo‘yicha 13379 kishini tashkil etgani holda, bu ko‘rsatkich 2018 yildagiga nisbatan viloyat miqyosida o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 7022 kishiga kamayganini,shahar miqyosida esa 1043 kishiga kamayganligini ko‘rsatadi. Bu tendensiya viloyatning boshqa hududlariga ham xos deb aytish mumkin. Gender 26 nuqtai nazaridan, erkaklar uzoq muddatga chetga chiqib ketganlar tarkibida 74,6 foizni tashkil etgan. Uzoq muddatga chiqib ketgan shaxslarning chiqish sabablarini tahlil etadigan bo‘lsak, asosan ishlash uchun ketganlar 60795 kishini tashkil etib, mos ravishda bu ko‘rsatkich 92 % bo‘lgan. O‘qish maqsadida 325 kishi chetga chiqqan bo‘lib, umumiy hisobda 0,5 foizni tashkil etadi. Uzoq muddatga chiqib ketganlarning xorijiy davlatlar bo‘yicha ma'lumotiga e'tibor beradigan bo‘lsak, katta ulush jami 66115 kishidan 46910 kishi, ya'ni 71 foizi Rossiya Federatsiyasiga, 2342 kishi Turkiyaga ketgan bo‘lib, umumiy hajmda 3,2 %ni, Qozog‘istonga chiqqanlar soni esa 13854 kishi, ya'ni 21%ni tashkil etadi. 27 XULOSA Globallashuv hayot sur’atlarning tezlashishi bilan bog’liq jarayondir. Globallashuv turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma`naviyati, odamlari o`rtasidagi o`zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishi oqibatida sodir bo’ladigan jarayondir. Tanganing ikki tomoni bo`lganidek, globallashuvning ham salbiy va ijobiy tomoni mavjud. Globallashuv jarayonida xalqlarning iqtisodiy, ma’naviy hayotidagi aloqalari kuchayishi bilan bir vaqtda ularning madaniyati va ma’naviyatiga turli xil yot unsurlar o`z ta’sirini ko`rsatishi uning salbiy tomoni bo`lsa, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi globallashuvning ijobiy tomonlaridan biridir. Iqtisodiyotning globallashuv jarayoni hukm surayotgan XXI asrda ta’lim mazmunini takomillashtirish muhim masala bo`lib turibdi. Xususan, mamlakatimizda ham mustaqillikka erishgan ilk yillardan yetuk mutaxassis kadrlarni, barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida “Ta’lim to`g’risidagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” buning yorqin dalilidir. “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insolar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz”, deb ta’kidlab o`tdilar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Jamiyat, albatta, iqtisodiy yuksalishni (ko’proq mahsulot ishlab chiqarish) va insonlarni turmush darajalarini oshishini istaydi (kishi boshiga ko’proq daromatga erishilishi). Bozor tizimi jamiyatdagi insonlarni turmush darajalarini oshishini belgilovchi omillaridan hisoblangan, ham texnologiyalarni takomillashuvi, ham davlat byudjetini to’planishiga erishishiga yordam beruvchi yagona tizimdir. Biz bitiruv malakaviy ish mavzusiga asoslangan holda Buxoro viloyatida mehnat bozorining holatini baholash va rivojlantirishga doir anketa so’rovnomasini o’tkazdik. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishda ta'lim sohasi ham alohida o‘ziga xos o‘ringa ega. Ayniqsa, butun dunyoda va 28 jamiyatda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi turmush farovonligi yaxshilanishiga va jamiyatning yangilanishi hamda takomillashishiga qaratilgan hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar va farmonlarning mazmun va mohiyatini ochib berishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham roli katta. Ushbu mavzuni o‘rganish jarayonida o‘qitishning ochiq va muammoli ma'ruzalar ya’ni yangi ped-texnalogiyalardan, metodlardan foydalanildi, dolzarb masalalar keng o‘rganildi, bilimlarda test usulidan foydalanish va reyting nazoratini amalga oshirish kabi yangi texnologiyalar qo‘llanildi. Hozirgi paytda ko‘rgazmali qurollardan tashqari o‘quv-texnik vositalar, internet tizimi hayotimizga kirib kelmoqda. Ayniqsa, bunday texnik vositalardan iqtisodiyot fanlarini o’rganishda ularni talabalarga yangi metodlar orqali o’tishda foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling