Mavzu: Iqtsodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyotni rivojlanishi va aholi bandligini ta’minlashda korhonaning o’rni va ro’li


KICHIK BIZNES VА XUSUSIY TАDBIRKORLIKNING АHOLI


Download 21.35 Kb.
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi21.35 Kb.
#1165238
1   2
Bog'liq
Иктисод модернизация

KICHIK BIZNES VА XUSUSIY TАDBIRKORLIKNING АHOLI
BАNDLIGINI OSHIRISH JАRАYONIDАGI OʼRNI
Bandlik muammosini, jumladan kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʼbatlantirishga yoʼnaltirilgan faol bandlik siyosatini olib borish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda kichik biznes muhim oʼrin tutadi. Kichik biznes yangi ishchi oʼrinlarini yaratish va daromad olish manbai hisoblanadi. Mazkur soha hozirgi paytda yuqori malaka talab etmasligi, yetarli darajada egiluvchan va moslashuvchan ish tartibiga egaligi bois, ayollar oʼrtasida bandlik darajasini oshirish imkonini beradi. 2017 - 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida «xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yoʼlidagi barcha toʼsiq va cheklovlarni bartaraf etish, unga toʼliq erkinlik berish, “Аgar xalq boy boʼlsa, davlat ham boy va kuchli boʼladi» degan tamoyilni amalga oshirish” 1 zarurligi belgilab qoʼyilganligi ham ushbu sohani jadal rivojlantirish aholi bandligini oshirish, munosib turmush darajasini taʼminlab berishning muhim omili ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Kichik biznes mehnat bozorining nisbatan egiluvchan sohasi hisoblanib yuqori malaka, maʼlumot yoki katta ishlab chiqarish tajribasiga ega boʼlmagan mehnatga layoqatli aholining sezilarli qismini, shuningdek, ishdan boʼshatilgan va ishlashni hohlovchi shaxslarni ish bilan taʼminlash imkoniyatini yaratadi. Shu bilan bir qatorda aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini oshirishning samarali vositasi hisoblanadi. Bu holat yirik ishlab chiqarishni samarali tashkil etish mumkin boʼlmagan hududlar va sohalarda yaqqol namoyon boʼladi. Kichik biznes iqtisodiy konʼyunktura oʼzgarishlariga tez moslasha oladi, oʼz faoliyatini tashkil etish uchun nisbatan kam resurs talab etadi. Kichik biznesning bunday imkoniyatlari tufayli mazkur soha oʼtish davrida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda hal qiluvchi strategik omillardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga mamlakatimizda tadbirkorlik sohasida soliq yukining yuqoriligi, ushbu faoliyatni rasmiylashtirishdagi byurokratik toʼsiqlar, kredit olish borasidagi qiyinchiliklar, eksportga chiqishdagi turli xil cheklovlar kabi muammolar mavjud. Bundan tashqari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatida oʼz biznesini amalga oshirishda aylanma mablagʼlarning yetishmasligi, ishlab chiqarish vositalarining eskirganligi, tadbirkorlik infratuzilmasida muammolar mavjudligi ham eʼtirof etilmoqda. Jumladan, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan kichik bixznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari oʼrtasida oʼtkazilgan soʼrov maʼlumotlariga koʼra respondentlarning 74 foizi ishlab chiqarish vositalarining maʼnaviy eskirganligi va ularning koʼp energiya va xomashyo sarf qilishi, 71 foizi aylanma mablagʼlarning yetishmovchiligi hamda elektroenergiya va tabiiy gazni yetkazib berishdagi cheklovlar sababli ishlab chiqarishdagi tez-tez uzilishlar mavjudligi, 69 foizi esa transport xarajatlarining muntazam oʼsib borayotganligini bildirishgan
2. Bu boradagi mavjud muammolarni bartaraf etish va sohani yanada rivojlantirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining
tashabbusi bilan 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʼoyalar va texnologiyalarni qoʼllab-quvvatlash yili” deb nomlandi va maxsus davlat dasturi qabul qilindi. Mazkur Dasturga muvofiq “...faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy, tashkiliy sharoitlar yaratish, innovatsion gʼoyalar va texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlik subʼektlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini va ular faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish mexanizmlarini, soliq va bojxona siyosatini, bank-moliya sohasini yanada takomillashtirish, agrar sektorni isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga imtiyozlar taqdim qilgan holda individual imtiyozlar berishdan voz kechish, hududlarni faol rivojlantirish” ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi
3. Bu boradagi eng muhim tadbirlardan biri tadbirkorlik subʼektlarining moliya-xoʼjalik faoliyatini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy eʼlon qilinganligi boʼldi.
Fikrimizcha, qayd etilgan muammolarni bartaraf etish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini yanada rivojlantirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:
• kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida ishlab
chiqarishga ichki va tashqi investitsiyalar qoʼyilishini ragʼbatlantirish;
• tovar ishlab chiqaruvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
korxonalari oʼrtasida raqobatchilik muhitini kengaytirish;
• ishlab chiqarish uchun berilayotgan kreditlar muddatlarini uzaytirish
va foiz stavkalarini pasaytirish;
• kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini soliqqa
tortish tizimini yanada takomillashtirish va ayniqsa, huquqiy bazani
yetarli darajada aniqlashtirish;
• kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini eksportga mahsulot chiqarishini yanada ragʼbatlantirish.
Xulosa qilib aytganda, keltirib oʼtilgan chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirish, koʼrsatilgan kamchilik va muammolarni barataraf etishda hamda mamlakatimiz iqtisodiyotini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini taʼminlashda ayniqsa, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishiga salmoqli hissa qoʼshadi. Bu esa iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarini jadallashtirish, ijtimoiy farovonlikni oshirish va aholi bandligini taʼminlash, jahon moliyaviy inqirozining ehtimoliy tahdidlari oldini olish imkonini yanada oshiradi.
Download 21.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling