4. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va uni tartibga solishda kasaba uyushmalari ro`li.
Mehnat munosabatlari – bu bir tomondan ish beruvchilar boshqa tomondan ishga yollanuvchilar hamda davlat va kasaba uyushmalari o`rtasida ishchi kuchini yollash yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatardir.
Ishga yollash bo`yicha ma`muriyat va ishchilar o`rtasidagi mehnat munosabatlari mehnat shartnomalari yordamida tartibga solinadi.
Mehnat shartnomalarining tarkibiy tuzilishi:
- Ish haqi stavkasi;
- Me`yorida ortiqcha bajarilgan ishlar uchun ish haqi to`lash tartibi;
- Dam olish kunlari, tanaffuslar va mehnat ta`tilining belgilanish tartibi;
- Pensiya fondlari va sog`liqni saqlashga ajratmalar miqdori;
- Narxlar o`zgarishini hisobga olib, iste`molchilik savatini tartibga solish sharoitlari;
- Mehnatning boshqa umumiy va tashkiliy shart – sharoitlari.
Davlatning mehnat munosabatlariga ta`sir ko`rsatish usullari va yo`llari:
Maqsadli ijtimoiy dasturlarni (kam ta`minlangan oilalarga yordam, ishsizlik bo`yicha nafaqa, turli ijtimoiy to`lovlar, pensiya ta`minoti) ishlab chiqarish va amalga oshirish;
Bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini amalga oshirish;
Ishga yollashning umumiy shart – sharoitlarini belgilash;
Mehnat munosabatlarining barcha tomonlari qamrab oluvchi qonunchilik faoliyati;
Davlat ta`lim tizimi orqali ishchilarni o`qitish va qayta tayyorlashni tashkil qilish.
Ish haqining eng kam darajasi (minimal ish haqi) ni aniqlash va o`zgartirish;
Kasaba uyushmalarining mehnat munosabatlariga ko`zlangan asosiy maqsadlar:
Ish haqini oshirishga erishishga qaratilgan chora – tadbirlar:
- Ishchi kuchiga talabni ko`paytirish:
- Ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatga talabni rag`batlantirish;
- Mehnatni unumdorligini oshirish;
- Ishchi kuchi billan birgalikda foydalaniladigan boshqa resurslar narxini o`zlashtirish.
II. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish:
- Immigratsiyani cheklash;
- Bolalar mehnatini qisqartirish;
- Pensiyaga o`z vaqtida chiqishni qo`llab – quvvatlash;
- Ish havtasini qisqartirishga erishish.
- Kasbni malakali lisenziyalash:
- Ta`lim darajasi, mutaxassislik bo`yicha ish staji, atestatsiya natijalari va shaxsiy fazilatlari bo`yicha.
E`tiboringiz uchun raxmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |