Mavzu. Ish joylarini attestatsiyalash ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish maqsadi
Ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazishni huquqiy asosi
Download 14.64 Kb.
|
7-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi
2.Ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazishni huquqiy asosi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari, Xizmatchilar va ishchi kasblarning asosiy lavozimlari klassifikatori, shuningdek sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlari, qurilish normalari va qoidalari, mehnatni muhofaza qilish standartlari tizimi, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normalar, qoidalar va yo‘riqnomalar, boshqa qonun hujjatlari attestatsiyani o‘tkazishning huquqiy asosi hisoblanadi. 3.Ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi Attestatsiyani o‘tkazish davriyligini korxonaning o‘zi belgilaydi, biroq u har 5 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Attestatsiyaning o‘z vaqtida o‘tkazilishi yuzasidan mas’uliyat korxona rahbariga yuklanadi. Attestatsiya materiallari qat’iy hisobot beriladigan materiallar hisoblanadi va 50 yil saqlanadi. Qayta tashkil etishda attestatsiya materiallari to‘liq hajmda qayta tashkil etilayotgan korxonaning huquqiy merosxo‘riga, tugatilgan taqdirda esa — belgilangan tartibda davlat arxiviga beriladi. Attestatsiya fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida attestatsiya bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ish beruvchi tomonidan jalb etiladigan attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot bilan birgalikda ish beruvchi tomonidan o‘tkaziladi. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot mehnat sharoitlari va asbobuskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak: – «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; – shtatda mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha mutaxassisning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan hamda faoliyatni faqat ushbu attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotda amalga oshiruvchi kamida uch nafar xodimga ega bo‘lish; – mulkida xo‘jalik yuritish, tezkor boshqarish huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan laboratoriyaga (keyingi o‘rinlarda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan sinov laboratoriyasi deb ataladi) ega bo‘lish; – mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ma’lumotnoma bazasiga, shuningdek attestatsiyani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnoma hujjatlarga ega bo‘lish; – attestatsiyani o‘tkazishda olingan axborotning maxfiyligini ta’minlash; – attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish; – attestatsiyani o‘tkazishda mustaqillikni ta’minlash; – attestatsiya to‘g‘risidagi to‘g‘ri hisobotni taqdim etish. Faqat mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha mutaxassisning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxs attestatsiyani o‘tkazuvchi tashkilotning rahbari bo‘lishi mumkin. Attestatsiya o‘tkazuvchi tashkilot ish o‘rinlarida attestatsiyadan o‘tkazilayotgan korxonaga nisbatan mustaqil shaxs bo‘lishi kerak. Korxona attestatsiya bo‘yicha ishlarni bajarish uchun bir nechta attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotlarni jalb etishga haqlidir. Bunda attestatsiya bo‘yicha ishlar attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotlar o‘rtasida ham attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ish o‘rinlari soni, ham ish o‘rinlarida bajariladigan ishlarning turlari bo‘yicha taqsimlanishi mumkin. Attestatsiyani tashkil etish va o‘tkazish uchun ish o‘rinlarida attestatsiya o‘tkaziladigan korxona rahbarining yozma qarori bilan doimiy ishlovchi attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda attestatsiya komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi hamda attestatsiya bo‘yicha ishlarni amalga oshirish jadvali belgilanadi. Zaruriyat bo‘lganda korxonaning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha attestatsiya komissiyalari tashkil etilishiga yo‘l qo‘yiladi. Attestatsiya komissiyasi tarkibiga majburiy tartibda bosh muhandis (bor bo‘lganda), mehnatni muhofaza qilish xizmatlari rahbarlari va xodimlari, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi vakillari, attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot vakillari kiritiladi. Qonun hujjatlariga muvofiq kichik tadbirkorlik subyektlariga tegishli deb topilgan korxonalarda attestatsiyani o‘tkazishda attestatsiyani o‘tkazuvchi tashkilotning rahbari, vakillari, shuningdek bor bo‘lgan taqdirda mehnatni muhofaza qilish xizmatlari rahbarlari va xodimlari, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi rahbarlari attestatsiya komissiyasi tarkibiga majburiy tartibda kiritiladi. Attestatsiya komissiyasiga ish o‘rinlarida attestatsiya o‘tkazilayotgan korxonaning rahbari yoxud korxona rahbarining tegishli yozma qarori bilan vakil qilingan shaxs boshchilik qiladi. Attestatsiya komissiyasining tarkibi, shuningdek attestatsiya bo‘yicha ishlar jadvali korxona rahbarining yozma qarori bilan tasdiqlanadi. Download 14.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling