Mavzu. Ish joylarini attestatsiyalash ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish maqsadi
Ish joylari attestatsiyasi natijalarining ijrosi
Download 14.64 Kb.
|
7-мавзу
4.Ish joylari attestatsiyasi natijalarining ijrosi
Attestatsiya natijalari attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan attestatsiya to‘g‘risidagi hisobot shaklida rasmiylashtiriladi, unga: – attestatsiya komissiyasini tashkil etish va attestatsiya bo‘yicha ishlarni bajarish jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruq; – attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ish o‘rinlari ro‘yxati – o‘lchashlar protokollari bilan birgalikda mehnat sharoitlari xaritalari; – ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi natijalari yig‘ma vedomosti; – attestatsiya natijalari bo‘yicha belgilangan mehnat sharoitlari darajalarining yig‘ma jadvali hamda shu munosabat bilan xodimlarga belgilanishi zarur bo‘lgan kafolatlar va preferensiyalar; – mehnat sharoitlarini yaxshilash va sog‘lomlashtirish tadbirlari rejasi; – mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining ijobiy xulosasi; – attestatsiya komissiyasining yakuniy (oraliq-yakuniy) majlisi (majlislari) protokoli (protokollari); – attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan sinov laboratoriyasining akkreditatsiya attestati nusxasi. Attestatsiya komissiyasi attestatsiya to‘g‘risidagi hisobot tushgan sanadan boshlab o‘n kalendar kun mobaynida: – attestatsiya to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqadi va uni tasdiqlash uchun korxona rahbariga kiritadi; – ish o‘rinlarida attestatsiya o‘tkazilgan xodimlarni tilxat ostida ish o‘rinlari attestatsiyasining natijalari bilan tanishtiradi; – jamoa shartnomasi va jamoa bitimiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi. Korxona rahbari attestatsiya to‘g‘risidagi hisobot tushgan sanadan boshlab o‘n ish kuni mobaynida attestatsiyaning tugaganligi va attestatsiya to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash to‘g‘risida yozma qaror qabul qiladi. Attestatsiya materiallari ish joylarida attestatsiya o‘tkazilgan korxonada Nizomda belgilangan muddat mobaynida saqlanadi. Download 14.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling