3. TAJRIBA DASTGOHINING TUZILISHI:
Tajribani o‘tkazish uchun kalorimetrdan foydalanamiz. Tajriba dastgohining tuzilishi quyidagicha (2.1-rasm): 1 -ikki devor va ikki tubli tashqi po‘lat idish, 2 -issiqlik izolyatsiyalovchi qoplama, 3 -issiqlik o‘tkazmaydigan va ma’lum miqdorda suv solingan kalorimetrik idish, 4 -aralashtirgich, 5 -elektromotor, 6 -elektrqizdirgich, 7 -simobli termometr, 8 -idish qopqog‘i, 9 -ampermetr, 10 -voltmetr.
Amaliyotda kalorimetrlarga haroratni ma’lum miqdordagi aniqlik bilan ushlab turish vazifasi yuklanadi. Mazkur tajriba ishida boshqacharoq masala qo‘yilgan. Idishdagi suvga aniq qiymatdagi issiqlik berib, uni nimalarga sarf bo‘lishini tajribada o‘rganamiz.
2.1-rasm
4. TAJRIBANI O‘TKAZISH TARTIBI:
-
Tajriba natijalarini qayd qilish jadvalini tayyorlang.
-
Kalorimetrdagi boshlang‘ich harorat -t1 ni shisha termometr yordamida aniqlang va jadvalga yozing.
-
Tajriba dastgohini 220 voltli elektr tarmog‘iga ulang.
-
Elektrqizdirgich va sekundomerni bir vaqtda ishga tushiring.
-
Voltmetr va ampermetr ko‘rsatgan qiymatlarni jadvalga yozing.
-
10 daqiqa o‘tganidan keyin qizdirgichni o‘chiring va aralashtirgichni 10....15 soniyaga ishga tushiring, shundan so‘ng yakuniy harorat -t2 ning qiymatini jadvalga yozing.
5. TAJRIBA NATIJALARINI HISOBLASH FORMULALARI
1. Tizimga berilgan issiqlik miqdori Joul-Lents qonuni formulasi yordamida hisoblanadi:
Q=IU,
bu yerda: I -tok kuchi, amper (A);
U -kuchlanish, volt (V);
-tajriba o‘tkazish uchun ketgan vaqt, soniya (s).
2. Tizim ichki energiyasining o‘zgarishi:
U=CPimit,
bu yerda: CPimi -tizimni tashkil etuvchi qismlar izobarik issiqlik sig‘imlarining massalariga ko‘paytmalari yig‘indisi. Mazkur qurilma uchun bu qiymat 45000 j|grad ga teng;
t=t2-t1 -tizim haroratining o‘zgarishi, grad.
3. Termodinamikaning birinchi qonuniga binoan
Do'stlaringiz bilan baham: |