Mavzu: Ishchi jism ko‘rsatkichlarini aniqlash asboblari va usullari


Download 1.9 Mb.
bet5/19
Sana31.08.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1671866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
AMALIY МАSHG

3.Xaroratni o‘lchash asboblari bilan tanishish.

3.1 KENGAYISH TERMOMETRLARI


Bu guruhga shishadan tayyorlangan va ichiga suyuqlik solingan termometrlar kiradi. Yuqorida aytilganidek, moddalar harorat ta’sirida o‘z hajmini o‘zgartiradi va haroratni TSelsiy shkalasida ko‘rsatadi. Suyuqlik sifatida simob, etil spirti, toluol, pentan va boshqalar ishlatiladi. Termometrlar tayyorlashda termik kengayish koeffitsienti kichik bo‘lgan maxsus shishalardan foydalaniladi.
O‘lchash oralig‘i: -190...650 0S.




3.1-rasm




3.2-rasm

Haroratni o‘lchash chegarasi ishlatilayotgan suyuqlikning fizik xossalariga bog‘liq: pastki chegarasi - muzlash harorati, yuqori chegarasi qaynash harorati bilan cheklangan. Yuqori chegarani ko‘tarish uchun simobli termometrlarda naychaga simob ustidan bosimi kamida 2 MPa atrofida bo‘lgan inert gaz joylashtiriladi. SHisha termometrlarning afzalligi ularning soddaligi, yetarli darajada aniq o‘lchashi, ishlatish osonligi va arzonligidir. Kamchiliklari quyidagilar hisoblanadi: mo‘rtligi, o‘lchangan haroratni uzoq masofaga uzata olmasligi va o‘lchash chegarasining torligidir. Bu termometrlar ilmiy va o‘quv tajribalarida hamda ishlab chiqarishda keng qo‘llanilmoqda (1.1-rasm).


3.2 MANOMETRIK TERMOMETRLAR


Manometrik termometrlar, termotizimda ishlatiluvchi moddaga qarab gazli, suyuqlikli va kondensatsiyali bo‘lishi mumkin. Gazli termometrlar azot bilan to‘ldiriladi va bir maromdagi shkalaga ega bo‘ladi, chunki berk hajmdagi jarayonlar SHarl qonuniga bo‘ysunadi:

bu yerda P1 va P2 -ishchi jismning boshlang‘ich va oxirgi bosimlari, MPa;

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling