Mavzu: Ishchi jism ko‘rsatkichlarini aniqlash asboblari va usullari
Download 1.9 Mb.
|
AMALIY МАSHG
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. NAZARIY QISM
- ISSIQLIK SIG‘IMI
- SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG‘IMI
4- Amaliy ishi
Mavzu: Izobarik issiqlik sig‘imini aniqlash 1. ISHNING MAQSADI: Talabalarning issiqlik sig‘imi to‘g‘risidagi tushunchalarini boyitish, ularni Havoning izobarik issiqlik sig‘imini aniqlash uskunasi va unda o‘lchash uslubi bilan tanishtirish. 2. NAZARIY QISM: Ma’lumki, turli moddalarning issiqlikni o‘ziga qabul qilishi yoki berishi bir xil emas va ularning bu xususiyati issiqlik sig‘imi orqali aniqlanadi.
O‘rtacha va haqiqiy (ayniy) issiqlik sig‘imi mavjuddir. T1-T2 haroratlar oralig‘idagi issiqlik sig‘imiga o‘rtacha issiqlik sig‘imi deyiladi. Sm = Agar jismga cheksiz kichik dQ miqdordagi issiqlik berilganda harorati T dan dT ga oshsa, ushbu nisbatga T haroratdagi issiqlik sig‘imi deyiladi: C= Texnik hisoblash ishlarini osonlashtirish va turli moddalarning issiqlik sig‘imlarini taqqoslash uchun solishtirma issiqlik sig‘imi tushunchasi kiritilgan.
Moddaning o‘lchov birliklariga qarab, issiqlik sig‘imi quyidagilarga bo‘linadi: 1. Issiqlik sig‘imi massasi 1 kg bo‘lgan moddaga nisbatan olingan solishtirma massaviy issiqlik sig‘imi S = 2. Issiqlik sig‘imi hajmi 1 m3 bo‘lgan moddaga nisbatan olingan solishtirma hajmiy issiqlik sig‘imi S = 3. Issiqlik sig‘imi hajmi 1 molq bo‘lgan moddaga nisbatan olingan solishtirma molyar issiqlik sig‘imi S = Qattiq va suyuq moddalardagiga nisbatan farqli bo‘lib gazsimon moddalarning issiqlik sig‘imi jismning issiqlik olishi yoki berishidagi tashqi shart-sharoitga bog‘liq. Issiqlik texnikasida asosan izobarik Sr va izoxorik S issiqlik sig‘imlari katta ahamiyatga ega. Gazni berk idishda (izoxorik) qizdirganimizda hajm o‘zgarmay bosim oshadi, tashqi ish bajarilmaydi. Izobarik qizdirganimizda tashqi kuchlarni yengish ishi bajariladi. Bulardan kelib chiqqan xulosa shundan iboratki, ma’lum miqdordagi gazni bir darajaga qizdirish uchun izobarik jarayonda izoxorik jarayonga nisbatan ko‘proq issiqlik sarf bo‘ladi. Bu munosabat Mayer tenglamasida o‘z ifodasini topgan: CR -C =R Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling