Mavzu: Ishchi jism ko‘rsatkichlarini aniqlash asboblari va usullari


Download 1.9 Mb.
bet1/19
Sana31.08.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1671866
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
AMALIY МАSHG


AMALIY МАSHG‘ULOTLARI МАТЕRIALLARI


1- Amaliy ishi

Mavzu: Ishchi jism ko‘rsatkichlarini aniqlash

asboblari va usullari


1. ISHNING MAQSADI:
Tizimning asosiy o‘lchanadigan parametrlaridan hisoblangan bosim va harorat to‘g‘risidagi talabalar bilimlarini oshirish, ularni bosim va haroratni o‘lchashning asosiy uslublari va turli xil manometrlar va termometrlarning xususiyatlari bilan tanishtirish.


1. Bosim va haroratni o‘lchash asboblari
Ishchi jismning asosiy o‘lchanishi mumkin bo‘lgan parametrlari bosim va haroratdir.
Bosimni o‘lchash
Birlik yuzasiga (S) tik ta’sir etuvchi kuch (F) ra bosim deyiladi:


. (2.1)
Bosim quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • atmosfera (barometrik) bosimi – Rbar

  • ortiqcha (manometrik) bosimi – Rman

  • vakuum (siyraklashgan havo) bosimi – Rvak

  • mutloq bosim – Rmut.

Atmosfera, ortiqcha va vakuum bosimlar manometrlar bilan o‘lchanadi, ular quyidagilarga bo‘linadi:
a) barometrlar – atmosfera bosimini o‘lchash uchun;
b) ortiqcha bosimni o‘lchaydigan manometrlar;
v) kichik vakuum va bosimni o‘lchaydigan manovakuummetrlar;
g) vakuummetrlar – vakuum bosimni o‘lchaydigan.
Ishlashiga qarab manometrlar – suyuqli, prujinali, porshenli va elektr turlarga bo‘linadi.


2.Bosimni o‘lchash asboblari bilan tanishish.

Mutloq bosim quyidagi uch xil yo‘l bilan hiso6lanadi:


– Agar idishdagi bosim atmosfera bosimi bo‘lsa (2.1 – chizma), u holda
(2.2)


2.1 – chizma
– Agar idishdagi bosim atmosfera bosimidan yuqori bo‘lsa
(2.2 – chizma), u holda . (2.3)


2.2 – chizma

2.3 – chizma


– Agar idishdagi bosim atmosfera bosimidan kichik bo‘lsa
(2.3 – chizma), u holda . (2.4)
Amalda suyuqlikli manometrlardan keng foydalaniladi, ular aniq va oddiy asboblar hisoblanadi. Suyuqlikli manometrlar bosimni va bosimlar farqini o‘lchash uchun ishlatiladi. Bu manometrlarda ishchi suyuqlik sifatida simob, distillangan suv, etil spirti ishlatiladi.



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling