Mavzu: Ishchi jism ko‘rsatkichlarini aniqlash asboblari va usullari


Download 1.9 Mb.
bet4/19
Sana31.08.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1671866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
AMALIY МАSHG

ABSOLYuT HARORAT molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasining mezonidir.

Bu ta’rifni suyuqlik va qattiq jism atom va molekulalari uchun qo‘llash mumkin emas, chunki ularda molekulalar, atomlar va elektronlar gazlardagidek harakat qilmaydi. Absolyut haroratlar shkalasi bo‘yicha o‘lchangan harorat T va TSelsiy shkalasi bo‘yicha o‘lchangan harorat t orasida quyidagicha bog‘lanish bor:




T t  273,15 K

Haroratni o‘lchash asbobi TERMOMETR deb ataladi.


Quyida turli termometrlarning ishlashi va ularning tuzilishi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.


1.2 TERMOMETRLARNING SINFLANISHI:
Ishlatiladigan moddalarning fizik xususiyatlariga qarab termometrlarning quyidagi turlari mavjud:

  1. Kengayish termometrlari. Bu turdagi termometrlar moddalarning harorat ta’siridan o‘z hajmini o‘zgartirishi hisobiga ishlaydi.

  2. Manometrik termometrlar. Manometrik termometr berk hajmlarda gaz va suyuqliklar haroratining bosimga bog‘liqligi asosida ishlaydi. Harorat qanchalik yuqori bo‘lsa termometr tizimi ichidagi bosim shuncha ko‘p bo‘ladi.

  3. Qarshilik termometrlari. Metall o‘tkazgichlari elektr qarshiligining haroratga bog‘liqligi asosida ishlaydi.

  4. Termoelektrik termometrlar. Bu turdagi termometrlarning ishlashi termoelektrik hodisaga asoslangan. Ikki xil metalldan tayyorlangan elektro‘tkazuvchi simlar olinib, uchlari payvandlanib berk xalqa hosil qilinadi. Konturda hosil bo‘lgan termoelektr yurituvchi kuch (TEYuK) o‘tkazgichning ikkala uchi haroratlarining farqiga to‘g‘ri proportsional. Demak haroratni hosil bo‘lgan TEYuK yordamida aniqlash mumkin ekan.

  5. Pirometrlar. Bu turdagi termometrlar qizigan yuza tarqatayotgan nurlanish energiyasini o‘lchash hisobiga ishlaydi.




Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling