Mavzu: Ishchi jism ko‘rsatkichlarini aniqlash asboblari va usullari
Download 1.9 Mb.
|
AMALIY МАSHG
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimga berilgan Q miqdorli issiqlik shu tizim ichki energiyasining o‘zgarishi U
2- Amaliy ishi
Mavzu: Termodinamikaning birinchi qonunini tajribada o‘rganish 1. ISHNING MAQSADI: Talabalarning ichki energiya, issiqlik, ish va termodinamikaning birinchi qonuni bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash. Tajriba yordamida termodinamika birinchi qonunining fizik mohiyatini ochish. 2. NAZARIY QISM: Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va aylanish qonunini termodinamik tizimlarda sodir bo‘ladigan issiqlik hodisalariga qo‘llash tufayli yuzaga kelgan. Energiyaning saqlanish qonunining ma’nosi shundaki, energiya yo‘qolmaydi va yo‘qdan bor bo‘lmaydi, lekin bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tadi. SHuni ta’kidlash lozimki ma’lum miqdorli biror shakldagi energiya xuddi shu miqdorli boshqa shakldagi energiya ko‘rinishiga o‘tadi. 1842 yil R. Mayer mexanik ishning issiqlikka ekvivalentliligini aniqladi. Termodinamikaning birinchi qonuni tizimga berilgan issiqlik miqdori bilan, shu tizim ichki energiyasining o‘zgarishi va ma’lum qiymatdagi ish bajarishni miqdor jihatdan bog‘lab turadi.
Q = U+L
Issiqlik uzatishning muhim sharti bu issiqlik oluvchi manbaning harorati issiqlik beruvchi tizim haroratidan past bo‘lishidir.
Issiqlik miqdori tizimga berilgan yoki tizimdan olingan issiqlik energiyasini o‘lchovidir. Jism yoki tizimda ma’lum miqdorda issiqlik bor deb aytmasdan balki qandaydir jarayonda jism yoki tizim shuncha miqdorda issiqlik oldi yoki berdi deyish mumkin. Ish va issiqlik miqdorining ichki energiyadan keskin farqi shundaki u gazning boshlang‘ich va oxirgi holatlarigagina bog‘liq bo‘lmasdan birinchi holatdan ikkinchi holatga qanday yo‘l bilan o‘tganligiga ham bog‘liq. Issiqlik miqdori tizim tomonidan olinganda musbat (+q), tizimdan berilganda manfiy (-q) deb qabul qilingan. Bajarilgan ish ham xuddi shunday, agar tizim tashqi qarshilikni yengib ish bajarsa musbat (+l), agar tashqi kuchlar tizim ustidan ish bajarsa manfiy (-l) bo‘ladi. Har qanday tizim tashqi muhit bilan aloqasi bor yoki yo‘qligiga qaramasdan ma’lum bir qiymatdagi ichki energiyaga (U) ega. Termodinamik jarayonda tizim ichki energiyasining o‘zgarishi bu jarayon qanday kechganligiga bog‘liq emas, balki tizimning boshlang‘ich va ohirgi holatlari bilan aniqlanadi. U = U1 -U2 Termodinamika ichki energiyaning absolyut qiymatini aniqlamasdan faqatgina uning o‘zgarishini U aniqlaydi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling