Mavzu: Ishchi jism ko‘rsatkichlarini aniqlash asboblari va usullari


Download 1.9 Mb.
bet11/19
Sana31.08.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1671866
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
AMALIY МАSHG

3. TAJRIBA DASTGOHINING TUZILISHI:

Tajriba dastgohining tuzilishi quyidagicha (3.6-rasm): asosiy qism shisha idish 1 dan iborat bo‘lib, tashqi muhit bilan jo‘mrak 2 orqali bog‘lanadi. Jo‘mrak 3 orqali esa kompressor 4 bilan ulangan. SHisha idishdagi bosim U-simon suv manometri 5 bilan o‘lchanadi.





3.6-rasm


4. TAJRIBANI O‘TKAZISH TARTIBI:

  1. Jadvalni tayyorlang.

  2. Jo‘mrak 2 yopiqligiga ishonch hosil qilgach, jo‘mrak 3 orqali kompressor yordamida shisha idishga qiymati 200…400 mm suv ustuniga teng bo‘lgan bosimda havo yuboriladi. Belgilangan bosim hosil qilingach, jo‘mrak 3 yopiladi. Kompressor havoni siqib haydaganda havo harorati ozgina ko‘tariladi. SHu sababdan 5…7 daqiqa kutsak, shisha idishdagi havo harorati xona harorati T1 bilan tenglashadi. Bu hodisa issiqlik muvozanati deyiladi.

  3. U-simon manometrdan sathlar farqi h1 yozib olinadi.

  4. Jo‘mrak 2 ni shunchalik qisqa vaqtda (taxminan 2 soniya) ochamizki, bunda U-simon manometr sathlari tenglashgan hamon yana yopish kerak. Idish ichida R1 atmosfera bosimi hosil bo‘ldi. Tajribaning eng nozik tomoni ham shundaki, agar talaba bu jo‘mrakni o‘z vaqtida yopa olmasa, tajriba natijasi hatolik bilan chiqadi. Biz jo‘mrak 2 ochish orqali gazga (havoga) adiabatik kengayish sharoitini yaratdik. (Albatta bu shartli, chunki havo idishdan chiqar ekan, albatta idish devorlariga va jo‘mrakka ishqalanadi). Gaz adiabatik kengayish natijasida soviydi, harorati T2 bo‘ladi. Umuman olganda tizim ikkinchi holatga ega bo‘ladi.

  5. Idishdagi sovugan gaz-havo idish devorlari orqali issiqlik olib, xona haroratigacha isiydi. Buning natijasida berk idishda bosim ko‘tarilib R3 ga to‘g‘ri keluvchi h3 sathlar farqini olamiz. Tizim uchinchi holatga ega bo‘ladi.

  6. Tajribani bosim qiymati h1 ning uch xil kattaliklarida o‘tkazing.




Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling