Mavzu: Ishchi kuchi va uning bandligi


Download 42.32 Kb.
bet1/5
Sana23.10.2023
Hajmi42.32 Kb.
#1717868
  1   2   3   4   5
Bog'liq
31.03 nazariya


Mavzu: Ishchi kuchi va uning bandligi
Reja
1.Ishchi kuchi tushunchasi
2 Ishchi kuchi resurlari
3. Ishchi kuchini takror xosil qilish
Iqtisodiyotning barcha sohalarida, shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hamma fazalarida ishchi kuchi eng faol omil hisoblanadi. Chunki boshqa hamma omillar ishchi kuchi yordamida harakatga keltiriladi, ularning qiymatlari saqlab qolinib, yangi mahsulotga o‘tkaziladi, yangi mahsulot yangi qiymat shu ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida ishchi kuchi tomonidan yaratiladi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishchi kuchining mazmuni, tarkibi, ishchi kuchi bozorini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Ushbu bob ishlab chiqarishning shaxsiy omili va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo‘lgan ishchi kuchini takror hosil qilish hamda uning xususiyatlari bilan bog‘liq muammolar bayon qilish bilan boshlanadi. Ishchi kuchi bozori va ishsizlik muammolari batafsil qarab chiqiladi. Shuningdek, ishsizlikning turlari va uning darajasini aniqlash usullari, ishsizlarni ijtimoiy himoyalash kabi masalalarga ham e’tibor qaratiladi.


20.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning xususiyatlari
Ishchi kuchi – bu insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida faqatgina ishlab chiqarishning

moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.




Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda eng avvalo ishchining mehnat qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uning ovqatlanishi, kiyinishi, dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi.

Bu esa ishchi uchun oila, uy-joy va boshqa shart-sharoitlar yaratilishi bilan


bog‘liqdir. Bundan tashqari, ishchi va xizmatchilarning hozirgi avlodi ma’lum vaqt


o‘tishi bilan qariydi. Ularning o‘rinlarini bosadigan o‘rinbosarlar ham tayyorlanishi lozim bo‘ladi. Buning uchun esa ishchining oilasi, farzandlari bo‘lishi lozim, ularning o‘sib-ulg‘ayishi, o‘qishi, zamon talabiga javob beradigan ishchi kuchi sifatida kamol topishi uchun ham shart-sharoit bo‘lishi zarur.


Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat





Download 42.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling