Mavzu: Ishchi kuchi va uning bandligi
Yillar Ko‘rsatkichlar
31.03 nazariya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tug‘ilish O‘lish
- 20.2-jadval O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligi holati (ming kishi hisobida) 2
- (mln.kishi) ishchi kuchi soni bo‘lganlar soni
Yillar
|
|
Ko‘rsatkichlar | ||
| ||||
|
|
|
|
|
|
Tug‘ilish |
O‘lish |
|
Tabiiy o‘sish |
|
|
|
|
|
2010 |
651,3 |
133,6 |
|
517,7 |
|
|
|
|
|
2011 |
669,6 |
138,4 |
|
531,2 |
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
2012 |
625,1 |
146,0 |
|
479,1 |
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
2013 |
679,5 |
145,7 |
|
533,8 |
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
2014 |
718,0 |
149,8 |
|
568,2 |
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
2015 |
734,1 |
152,0 |
|
582,1 |
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
2016 |
726,2 |
154,8 |
|
571,4 |
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
2017 |
715,5 |
161,5 |
|
554,0 |
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
2018 |
768,5 |
154,9 |
|
613,6 |
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
2019 |
815,9 |
155,0 |
|
660,9 |
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
Respublikada 2010 yilda iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni 12286,6 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 14641,7 ming kishini (116,9 foiz o‘sish) tashkil qildi (20.2-jadval).
20.2-jadval
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ishchi kuchi resurslarining ish bilan
bandligi holati (ming kishi hisobida)2
Yil |
Aholi soni, |
Iqtisodiy faol |
Iqtisodiyotda band |
Ishsizlar soni |
(mln.kishi) |
ishchi kuchi soni |
bo‘lganlar soni | ||
|
| |||
|
|
|
|
|
2010 |
28,5 |
12286,6 |
11628,4 |
658,2 |
|
|
|
|
|
2011 |
29,1 |
12541,5 |
11919,1 |
622,4 |
|
|
|
|
|
2012 |
29,5 |
12844,1 |
12223,8 |
620,3 |
|
|
|
|
|
2013 |
30,5 |
13163,0 |
12523,3 |
639,7 |
|
|
|
|
|
2014 |
31,0 |
13606,3 |
12818,4 |
653,8 |
|
|
|
|
|
2015 |
31,5 |
13767,7 |
13058,3 |
709,4 |
|
|
|
|
|
2016 |
32,1 |
14022,4 |
13298,4 |
724,0 |
|
|
|
|
|
2017 |
32,7 |
14357,3 |
13520,3 |
837,0 |
|
|
|
|
|
2018 |
33,3 |
14641,7 |
13273,1 |
1368,6 |
|
|
|
|
|
2018 yilda 2010 yilga |
|
|
|
|
nisbatan % |
116,8 |
119,2 |
114,1 |
207,9 |
|
|
|
|
|
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mеhnat munosabatlari vazirligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.
570
Jadvaldan ko‘rinadiki, 2010 yilda O‘zbekiston aholisi soni 27,1 mln. kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda 33,3 mln. kishiga etgan, ya’ni 116,8% o‘sgan.
Aholining tabiiy o‘sishi, uni takror ishlab chiqarish xususiyati ko‘pgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti va urbanizatsiya darajasi, ijtimoiy shart-sharoitlar, madaniyat va maishiy turmush an’analari, aniq tarixiy omillar bilan belgilanadi.
Ular jumlasiga demografiya omilini hisobga olgan holda uy-joy sharoitlarini yaxshilash, bolalarga nafaqalar berish, ularni bolalar muassasalari bilan ta’minlash, xomiladorlik va bola tug‘ilgandan keyingi ta’tillarni uzaytirish, oilani mustahkamlash, shuningdek, jamoada ma’naviy muhitni yaxshilash kiradi.
Mamlakatdagi yoki ayrim hududlardagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o‘sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta’sir qiladi.
Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta’siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o‘zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib o‘tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya’ni xalqaro darajada va mamlakat ichida ro‘y berishi mumkin. Davlatlar o‘rtasida ro‘y bergan migratsiya tashqi migratsiya deyiladi. Bir mamlakat ichida ro‘y bergan migratsiya ichki migratsiya deb atalib, u quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
tugal migratsiya – aholining doimiy yashash joyini o‘zgartirishi bilan bog‘liq migratsiya;
tebranuvchi migratsiya – ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga
muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog‘liq migratsiya;
mavsumiy migratsiya – mavsumiy ish faoliyati bilan bog‘liq migratsiya;
tasodifiy migratsiya – ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga
borib kelishi bilan bog‘liq migratsiya.
Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro‘y bermay, uning negizida ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi. Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat bo‘ylab ishchi kuchi resurslari samarali taqsimlanishini ta’minlash, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish
571
hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi oshadi.
Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat.
Ishchi kuchini takror hosil qilish uning to‘la va samarali ish bilan band bo‘lish muammosini ham o‘z ichiga oladi. Ish bilan to‘la band bo‘lishni mutlaq ma’noda tushunmaslik kerak. Birinchidan, ishsizlikning ma’lum darajasi iqtisodiyot uchun me’yordagi hol hisoblanadi. Ikkinchidan, ish bilan to‘la band bo‘lish mehnatga layoqatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida) ishlab chiqarishga jalb etilishi zarurligini anglatmaydi. Ularning bir qismi o‘zini oilada xizmat ko‘rsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdek, xususiy korxonalar va shaxsiy tomorqa va yordamchi xo‘jalikda mehnat qilishga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga bag‘ishlashi mumkin. Uchinchidan, ish bilan to‘la band bo‘lish uning samaradorligi bilan, ishchi kuchi resurslaridan g‘oyat oqilona foydalanish bilan qo‘shib olib borilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling