Magistartura - O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2011-yil 3-dekabrdagi N487 sonli buyrug’iga asosan “Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashning namunaviy tartibi” to’g’risida qonuni chiqqan. 2012-yil 29-oktabrdagi N419 sonli buyrug’iga asosan “Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilishga doir” talablari tasdiqlandi.
Magistratura - Magistrlik dissertatsiyasi to’g’risidagi qonunni yangi talablari 12 qismdan iborat deb belgilandi. Yangi qonunga kiritilgan yangi qism “Professional etika” qismidir. Bu qismda professional etika qoidalarini buzishlariga yo’l qo’ymasliklariga katta e’tibor qaratilishi kerak deya ta’kidlangan. Bunday qoida buzilishlariga avvalambor plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish hamda yolg’on sitata keltirish kabilar kiradi.
Magistratura - Eng katta yangiliklardan biri bu magistrlik dissertatsiyasi mavzularni oktabr-noyabr oylarida ilmiy rahbarlar va magistrlar ismi-sharifi hamda dissertatsiya mavzularining qisqacha maqsadi, vazifalari ko’rsatilib oliy ta’lim muassasasi rasmiy saytida e’lon qilinishi belgilab qo’yilganligi.
Dissertatsiyaning tarkibi quydagi qismlardan iborat bo’lishi kerak: - Titul varaq;
- Ikki tildagi dissertatsiyaning qisqacha annotatsiyasi;
- Mundarija;
- Kirish;
- Asosiy qism;
- Xulosa;
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
- Ilovalar (agar mavjud bo’lsa).
Dissertatsiyaning kirish qismi quydagilarni o’z ichiga oladi: O’qi, izla ,erinma, muhabbatga berilma!
Do'stlaringiz bilan baham: |