Mavzu: Ishsizlik, uning turlari va O’zbekistonda bandlik muamollari


Ishsizlikni kelib chiqish sabablari va oqibatlari


Download 56.88 Kb.
bet3/5
Sana07.05.2023
Hajmi56.88 Kb.
#1440796
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ro\'zaRajabbayeva kurs ishi

Ishsizlikni kelib chiqish sabablari va oqibatlari.
Iqtisodiy faollikning oshishi yoki kamayishi mamlakatda bandlik va ishsizlikning o’sishi va kamayishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Ishsizlikning quyidagi asosiy sabablarini aniqlash mumkin:
Aholining ortiqcha miqdori( umuman,jahon iqtisodiyoti ishchi kuchining ortiqcha bo’lib ketishi va aholining tez o’sishi) ishsizlikning bitta sababi hisoblanadi.
Kasaba uyushmalari harakatlari va aholining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati bosimi ostida ish haqi stavkalarini muvozanat darajasidan yuqori bo’lib ketishi
Past samarali talab ( chunki tovarga bo’lgan talab qanchalik sust bo’lsa shunchalik ishchi kuchiga bo’lgan talab ham past bo’ladi,chunki ishchi kuchiga talab hosiladir va natijada ishsizlik yuzaga keladi)
Shuningdek ishsizlikni keltirib chiqarishni ulardan tashqari yana bir qancha sabablari bor
Geografik aholi harakati: odam yangi joyga ko’chib o’tganda ko’chib o’tishdan oldin va keyin bir muncha vaqt o’tadi va shu oraliqda odamlar ishsiz qolishi mumkin
Kasbiy qiziqishlarini o’zgartirish : odam borki turli sohalarga narsalarga qiziqishadi vu shu o’rinda agar o’z sohangda o’qib keyin shu sohada biroz ishlash natijasida shu ishda biroz muammo bo’lsa masalan, maosh kam beriladigan bo’lsa yoki vaqtlar o’tib shu ishda ishlash yoqmay qolib boshqa sohaga qiziqib qolish oqibatida ham ishsizlik kelib chiqishi mumkin, chunki boshqa sohani o’rganish uchun ham uzoq vaqt kerak bo’ladi va orada ishsiz bo’lib qolishing mumkin
Insonning shaxsiy hayotida yangi bosqichlarni paydo bo’lishi: o’qish, bolalar tug’ilishi va boshqa sabablar ham ishsizlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Ishsizlik muammosining jiddiyligi bir qator sabablarga ko’ra yuzaga keladi.Birinchidan,shaxs alohida turdagi iqtisodiy resursdir.Ushbu hodisaning nazoratsiz rivojlanishi natijasida jiddiy makroiqtisodiy oqibatlarga olib keladi.
Ikkinchidan, odam ishlamasa ham ,iste’mol qilishni to’xtata olmaydi chunki yurak urib turar ekan odam yashaydi , yashash uchun odam iste’mol qilish kerakdir bundan tashqari u bolalarini boqish kerakdir . shuning uchun ham jamiyat ishsizlarni ochlikdan qutqarish uchun ham turli vositalar izlash kerakdir.
Uchinchidan,ishsizlikni kuchayishi hamma tomonlama davlatga bog’liqdir chunki ishsizlikni ko’payib ketishi tovorga bo’lgan talabni kamaytiradi va shu yo’l bilan mamlakatimizning ichki bozoriga katta ta’sir ko’rsatadi chunki, tovorga bo’lgan talab kam ekan, demak bu tovorlarni sotish qiyinlashadi va bozor iqtisodiyotiga katta ta’sir ko’rsatadi.
To’rtinchidan, ishsizlik mamlakatdagi siyosiy vaziyatni keskinlashtiradi. Buning sababi, o’z oilasini yetarli darajada boqish imkoniyatidan mahrum bo’lgan ekan va kundan-kunga mashaqqatli ish qidirishda o’tkazadigan odamlarning oxir oqibatda sabri to’ladi va g’azabdan siyosatga taqdid qila boshlashadilar
Beshinchidan, ishsizlikni ortishi oqibatida odamlarning kerakli nafaqa olish maqsadida sodir etayotgan jinoyatlar oshishiga olib keladi.
Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari ham mamlakat iqtisodiyotiga sesilarli ta’sir ko’rsatadi .Jumladan, ishsizlikning ba’zi turlarining uzoq muddatli tavsifi ishchilarning o’z malakalarini yo’qotishlari daromad va ijtimoiy mavqei jihatdan past toifaga o’tib qolishiga sababchi bo’ladi.Bu esa ularning turmush tariziga katta ta’sir qiladi jumladan,ijtimoiy faollikning yo’qalishi, atrofdagilarga nisbatan loqaydlikning paydo bo’lishi bularning hammasi ta’sir ko’rsatishi mumkin.bularning natijasida esa uzoq davom etgan surunkali ishsizlik millatning ruhiy sog’lomligiga putur yetkazadi.Ishsizlikning o’sishining muqarrar oqibati bo’lib mamlakatdagi jinoyatchilarning o’sishi va keskinlik darajasining kuchayishi hisoblanadi.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari bu jarayonlarda iqtisodiyotda ishlab chiqarilimay qolgan mahsulotlarning hajmi baholanadi.Iqtisodiyot agar barcha ishlashni hohlagan va ishlay oladiganlar uchun yetarli miqdorda ish joylarini yaratish sharoitiga ega bo’lmasa mahsulot ishlab chiqarish potensial imkoniyatining bir qismini yo’qotadi va natijada yalpi ichki mahsulot hajmining orqada qolishi sifati aniqlanadi hamda u haqiqiy yalpi ichki mahsulotning potensial yalpi ichki mahsulotdan kam bo’lgan hajmi sifatida ko’rinadi va shunday qilib xulosa qilib aytganda ishsizlik darajasi qancha yuqori bo’lsa , yalpi ichki mahsulot hajmi orqada qolishi shunchalik katta bo’lar ekan.
Har bir narsaning bir yaxshi tomoni bo’lganday ishsizlikning ham ijobiy ham salbiy tomonlarini ko’rib chiqamiz.
Ishsizlikning salbiy oqibatlar:


  • mehnat faoliyati qisqarishi

  • aqliy va jismoniy kasalliklarning ko’payishi

  • jinoiy vaziyatning kuchayishi

  • Ijtimoiy farqlashni mustahkamlash


Ishsizlikning ijobiy ta’siri:

  • dam olish vaqtini oshirish;

  • ish joylarini tanlashni kengaytirish;

  • mehnatning muhimligini oshirish;

  • ish joyining qiymatini oshirish.



Yuqoridagi ishsizlikning ijobiy hamda salbiy oqibatlari bir qatorda sanab o’tilgan edi, endi esa ishsizlikning iqtisodiy oqibatlariga ta’sir qiluvchi salbiy oqibatlarini ham aytib o’tsak

Ishsizlikning salbiy oqibatlari:


  • treningning devalvatsiyasi;

  • ishlab chiqarishni qisqartirish;

  • malakaning yo’qolishi;

  • ishsizlik nafaqalari uchun xarajatlar;

  • turmush darajasining pasayishi;

  • milliy daromad ishlab chiqarish etishmasligi;

  • soliq tushumlarining kamayishi;

  • vaqt ta’lim va qayta o’qishni oshirishga qaratilgan;

  • iqtisodiyotni tarkibiy qayta tiklash uchun ishchilar stoku;

  • hosildorlik mehnatkashlar o’rtasida mahoratni oshirishga yordam beradi;

  • raqobot mehnatkashlar o’rtasida mahoratni oshirishga yordam beradi.


Ishsizliliklarning yuqoridagi salbiy va ijobiy ta’sir oqibatlarini ko’rib chiqdik va shu qatorda ishsizlikning noan’anaviy salbiy ta’siri ya’ni bular quyidagilardan iborat depressiya,g’azab,kamsitish hissi,nafrat,alkogolizm,ajralishlar,giyohmadlik,o’z joniga qasd qilish,juftlar va bolalarni jismoniy yoki psixologik ekspuatatsiya qilishlar ham ishsizlikning salbiy oqibatlariga kiradi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qilib aytar ekanmiz, ishsizlik deb juda ko’plab odamlar ruxiy zarba oladi,ko’plab oilalarga katta ta’sir qiladi ishsizlik oqibatida yosh oilalar buzilib ketyapti, ko’plab yosh bolalar ishsizlik oqibatlarda yetim xonalarda qolib ketyapti, ko’plab jinoyatlar sodir bo’lyapti bularning barchasiga ishsizlikni sabab qilib olsak mubolag’a bo’lmaydi.


Download 56.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling