Mavzu: Ishsizlik, uning turlari va O’zbekistonda bandlik muamollari


Ishsizlik darajasi va uning asosiy ko’rsatkichlari


Download 56.88 Kb.
bet4/5
Sana07.05.2023
Hajmi56.88 Kb.
#1440796
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ro\'zaRajabbayeva kurs ishi

Ishsizlik darajasi va uning asosiy ko’rsatkichlari.
Iqtisodchilar friksion va tarkibiy ishsizlikning bo’lishini tabiiy deb hisoblaydilar,shu sababli to’la bandlike ishchi kuchining 100% dan kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi.Aniqroq aytganda,to’la bandlike sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo’ladi.Siklik ishsizlik nolga teng bo’lganda to’la bandlike sharoitidagi ishsizlik darajasiga erishiladi.To’la bandlike sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi deb ataladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan bog’liq bo’lgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi,iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini ko’rsatadi.To’la bandlike yoki ishsizlikning tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga erishganda, ya’ni ish qidiruvchilar soni bo’sh ishchi o’rinlar soniga teng bo’lganda vujudga keladi.Ishsizlikning tabiiy darajasi qandaydir darajada iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi.Chunki “ friksion” ishsizliklarga mos keluvchi ish o’rinlarini topish,”tarkibiy ishsizliklarga” ham yangi kasbni o’zlashtirish yoki yangi yashash joyida ish toppish uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi.” Ishsizlikning tabiyy darajasi” tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni talab qiladi.Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikning tabiiy darajasida amal qilishi va shu orqali o’zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro’yobga chiqarishni bildiirmaydi. Chunki,ko’pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan oortiq,ayrim hollarda,masalan,ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o’rindoshlik ishlarida band bo’lish natijasida tabiiy darajada past ham bo’lishi mumkin.Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi o’z-o’zicha doimiy miqdor hisoblanishi shart emas, u tarkibiy o’zgarishlar ( qonunlar va jamiyat urf-odatlaridagi o’zgarishlar) oqibatida o’zgartirib turishi mumkin.Masalan,AQSHda ishsizlikning tabiiy darajasi dastlab xx asrning 60-yillari o’rtalarida 4,5% deb belgilangan bo’lsa,70-yillarning boshiga kelib 5,5%, 80-yillarning boshida esa 6% gacha o’sadi.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozdan keying davrda Ispaniyada 2012-yil ohiriga kelib ishsizlik darajasi 24,44% gacha o’sdi,ishsizlarning umumiy soni 5,6 mln kishiga yetib bordi.
Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.
Ishsizlik darajasini hisoblash uchun ishsizlar sonini ishchi kuchining umumiy soniga bo’lib 100 ga ko’paytirganimizga teng.
Bilamizki 2019-yil koronavirus oqibatida faqat O’zbekistonda emas balki butun jahon bo’ylab ishsizlik darajasi ortib ketgan va bu jarayonlar hozirgacha davom etmoqda .Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, ish soatlarining qisqarishi oqibatida jahonning turli mamlakatlarida norasmiy iqtisodda faoliyat yuritadigan 1,6 mlrd ishchi daromadsiz qolish xavf ostida. Ta’kidlashicha,2020 yilning ikkinchi choragi mehnat bozori uchun kutilganidan ko’ra ayanchliroq kelishi, ushbu davrda 300 mlndan ortiq ish o’rni yo’qotilishi mumkin deb aytib o’tgan.Koronavirus oqibatida ko’plab davlatlar aholisi ishsiz qolgan,masalan bunga misol qilib aytadigan bo’lsak AQSh ni olaylik bu davlatda koronavirus oqibatida ishsizlar soni 40 mln ga yaqinlashib qolgan,ishsizlik bo’yicha ariza topshirganlar soni esa 39 mln dan ortgan. Bu ko’rsatkichlar buyuk tushkunlik davriga qaraganda ancha yuqori.
G’aznachilik kotibi Stiven Mnuchin AQSh uchun joriy yilning ikkinchi choragi birinchi choragidan ham qiyinroq bo’lishini kutish kerakligini aytgan edi.” Bu iqtisodiy inqiroz Amerika biznesining aybi emas, bu amerikalik ishvhilarning aybi ham emas va bu virusning aybbidir”,-dedi Mnuchin
AQSH mamlakati aholisiga yordam berish uchun past va o’rta daromadga ega fuqorolar bir marotabalik to’llov tarzda 1200 dollardan berishdi va undan tashqari har bir yosh bola uchun ya’ni 17 yoshdan kichik bo’lgan qoshimcha 500 dollardan berildi.
Buyuk Biritaniyani koronavirus davrida ishsizlik darajalarini ko’rib chiqadigan bo’lsak, karantin davrida Britaniya aholisining ishsizlik darajasi 9 foizga yaqinlashishi mumkin deya aytib o’tilgan va bu ko’rsatkichlar hozirda 4 foiz atrofida bo’lishi mumkinigini ta’kidlab o’tishgan. Aprel oyi natijalariga ko’ra, Britaniyada ishsizlik bo’yicha imtiyoz so’rab murojaat qilganlar soni 2,1 mln kishiga yetgan. Bir oy davomida ushbu imtiyozlarni olishga ariza topshirganlar soni esa deyarli 70 foizga o’sgan, ya’ni aprel oyidan 865500 kishi ushbu masala bo’yicha murojaat qilgan. Va bu muammolarga yechim toppish va vaziyatni yanada yengillashtirish maqsadida hukumat tomonidan vaqtida qo’llangan choralar 8 mln kishining ish o’rinlarini saqlab qolishga yordam bergan va bulardan tashqari 1 mln atrofidagi kompaniyalarda hukumat ishchilar oylik maoshining 80 foizini to’lab bergan.
Ishsizlikning eng yuqori darajasi Afrika va arab mamlakatlarida kuzatilgan, jumladan xalqaro mehnat tashkilotining “ Global bandlik va ijimoiy istiqbollar: 2023 yildagi tendensiyalar” hisobotiga ko’ra,joriy yilda ishsizlar darajasi oshadi deb aytib o’tishgan. Tashkilot ma’lumotlariga ko’ra, o’tgan yil oxirida dunyoda ishsizlar soni 205,2 million kishi tashkil qilgan.Bu esa 2021 yilga nisbatan 11,2 million kishiga va pandemiya boshlangan 2020 yilgaa nisbatan 30 millionga kamligi aniqlangan.Biroq pandemiyadan oldingi davrga 2019 yilga nisbatan bu ko’rsatkich 13,3 million kishiga ko’pligi aytib o’tilgan.
O’tgan yili dunyoda ishsizlik darajasi 5,8 foizni tashkil qilgan. Bu 2021 yilga nisbatan 6,2 foizga va pandemiya boshlangan yilga nisbatan bu ko’rsatkich 5,5 foizga ko’p ekanligi ma’lum bo’lgan.XMT prognoziga ko’ra, ishsizlik darajasi 2023-2024 yillarda o’zgarishsiz qoladi.
Mintaqalar bo’yicha ishsizlikning eng past darajasi (5,2 foiz) o’tgan yili Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarida kuzatilgan. 2023-2024 yillarida vaziyat saqlanib qolishi va ko’rsatkich 5,1 foizga kamayishi kutilishi ko’rsatib o’tilgan
Shu bilan birga, lotin amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarida bu ko’rsatkich 7 foizni, Shimoliy Amerika mamlakatlarida ( AQSH va Kanada) 3,8 foizni,Yevropa va Markaziy Osiyoda yili bu ko’rsatkich 9,3 foizni tashkil qilgan.
Ishsizlikni eng yuqori ko’rsatkichlari arab mamlakatlarida ko’rsatib o’tilgan, o’tgan yili bu ko’rsatkich esa 9,3 foizni tashkil etgan.


Download 56.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling